АQXАI matbuot xizmati

Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar instituti horijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini tobora mustahkamlab bormoqda. Bu esa albatta taʼlim jarayoniga bevosita oʼzining ijobiy samarasini koʼrsatadi. 3-bosqich talabalari oʼrtasida oʼtkazilgan bugungi test sinovlari ham aynan xalqaro hamkorlik dasturlari doirasida boʼldi.

Institut xalqaro aloqalar boʼlimi boshligʼi Bahodirjon Nosirov, Chet tillari kafedrasi mudiri hamda nemis tili fani oʼqituvchilari birinchi ichki saralash imtihonlarida ishtirok etdilar. Maqsad, ushbu imtihonlardan yuqori bal toʼplagan 3-bosqich talabalarini Germaniya davlatining yirik ishlab chiqarish korxonalari, fermer xoʼjaliklari, chorva komplekslari va qishloq xoʼjaligining turli yoʼnalishlari boʼyicha 6 oy muddatga amaliyot oʼtash uchun yuborish. 2 bosqichda oʼtkaziladigan sinovlarning tashqi saralash jarayoni yanvar oyining ohiriga belgilangan. Test sinovlaridan 60 foiz oʼta olgan talabgorlar, suhbatdan ham yuqori natijaga erishsalar keingi bosqichga oʼtish imkoniyatiga ega boʼlishadi. Аlbatta talabgorlar, qiziquvchilar koʼp. Lekin bunga eng munosibalari saralab olinadi va bilimli talabalar Germaniya davlatida 6 oyga amaliyot oʼtash uchun yoʼl olishadi.

Barcha qatnashuvchilarga omad tilaymiz!

АQXАI matbuot xizmati