Institut yangiliklari

Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti VOLONTYORLAR MARKAZIga arizalar qabul qilish boshlandi;

🔸A’zolar uchun beriladigan imkoniyatlar:

🔹Markazning eng faol volontyorlari oliy ta’lim muassasalari rahbariyati,
Yoshlar ishlari agentligi, mahalliy hokimliklar tomonidan har chorakda kamida bir marotaba diplom, sertifikat va esdalik sovg’alari bilan rag’batlantirib boriladi.

🔹Volontyorlik markazi koordinatori tavsiyasiga ko’ra, kamida
olti oy davomida faollik ko’rsatgan yoshlarga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ID-karta beriladi, mazkur kartaga uning Volontyorlik faoliyati yuzasidan ma’lumotlar joylashtiriladi.

🔹ID-kartaga ega bo’lgan volontyorlar uchun respublikaning barcha
hududlariga sayohatlar tashkil etiladi, eng faol volontyorlar xalqaro va respublika miqyosida forumlarga jalb qilinadi.

Institut Yoshlar yetakchisiga murojaat qiling:
Abdullayev Orifjon
☎️ +998999091919
🌐 @OrifjonAbdullayev