Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish boʼlimi

Bo'lim boshlig'i

14
  • F.I.SH Qodirov Roʼzimuxammad Nuridinovchi
  • Telefon raqami 99890 259-75-20.
  • E-mail raxmatillo0975@mail.ru
  • Qabul kunlari Xar ish kuni 14:00-16:00

Tashkil topgan yili O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi PQ-4795 sonli qarori hamda Qishloq xo’jaligi vazirligining 2020 yil 5 avgustdagi 117-sonli buyrug’iga asosan Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialiga Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti tuzilmasida yangidan Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo’limi tashkil etilgan.

To’garaklar institutning 23 ta kafedralarida jami 15 ta ilmiy to’garaklar faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, Agrobiologiya fakultetida 2 ta (YOsh izlanuvchilar, YOsh dexqon), Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakultetida 5 ta (YOsh auditor, Buxgalter amaliyotchi, Moliyachi, YOsh menendjer, YOsh iqtisodchi), O’simliklar ximoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetida 2 ta (Bioolam, YOsh entomolog), Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetida 4 ta (Ekoturizm, YOsh oʼrmonchilar, Sohibkor, YOsh bog’bonlar), Agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakultetida (YOsh elektriklar, Meliorator) ilmiy to’garaklarda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Iktidorli talabalar bugungi kunda institutning 5 ta fakultetlarida jami 940 nafar iqtidorli talabalar tahsil oladi. Jumladan, Agrobiologiya fakultetida 250 nafar, O’simliklar ximoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetida 180 nafar, Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetida 200 nafar, Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakultetida 150 nafar, Agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakultetida 160 nafar iqtidorli talabalar bilim olmoqdalar.

Qodirov Ro’zimuxammad Nuridinovich bo’lim boshlig’i. Donchilik magistr. Qosimova Muxarramxon Qodirjonovna Ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi, Umirzaqova Xurshidaxon Bulishevna Ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi

2020 yilning may oyida o’tkazilgan fan olimpiadasining II-bosqichi (Respublika bosqichi)da 27 ta fandan 33 nafar talabalar ishtirok etmoqdalar. SHulardan 2 nafar iqtidorli talabalari 2 ta fanlardan Respublika fan olimpiadasida II-III o’rinni egalladilar.

SHuningdek joriy yilning iyul oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Islom Karimov va Beruniy nomli Davlat stipendiyalari tanlovining I-bosqichi (institut bosqichi) o’tkazildi. Tanlovda jami 28 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etdilar. SHulardan eng yuqori ballarga ega bo’lgan 9 nafar talabalarning xujjatlari II-bosqichi (Respublika bosqichi)ga taqdim etildi.

Andijon viloyati hokimligi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, bilan hamkorlikda “Viloyat hokimining stipendiyasi” tanlovida ishtirok etuvchi talabalarni xujjatlari e’londa berilgan talablar asosida tayyorlanib Andijon viloyati xokimligining YOshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti bo’limiga 2020 yilning 18 yanvar kuni taqdim etilgan. Uch bosqichda o’tkazilgan nominatsiyalar yakuniy natijalariga ko’ra institutning 5 nafar iqtidorli talabalari “Viloyat hokimi stipendiyasi”ga munosib deb topildi.

2020 yilning eng yaxshi ilmiy maqolasi tanlovida Meva-sabzavotchilik va uzumchilik ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi Akromova Moxinur Muzaffar qizi tanlov g’olibi deb topilib 2020 yil 7 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining maxsus esdalik sovg’alari va diplom bilan taqdirlandi.