Monitoring va ichki nazorat boʼlimi

Boʼlimni boshligʼi

14
  • F I O Baratov Hakimbek Аbdufattaxovich
  • Telefon qarami 74-373-11-65 тел. 97-464-07-27
  • E-mail khokim0103075@mail.ru
  • Qabul qunlari Xar ish kuni

TDАU Аndijon filiali «Monitoring va ichki nazorat» boʼlimi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, oʼquv-taʼlim jarayonida meʼyoriy hujjatlar va uslubiy koʼrsatmalarning ijro etilishini, shuningdek, filial boʼyicha buyruqlar va qarorlarning oʼz vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan. «Monitoring va ichki nazorat» boʼlimi oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2001 yil 29-avgust 207-sonli buyrugʼi bilan tasdiqlangan «Oliy taʼlim ichki inspektsiya va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini roʼyobga chiqarishning monitoringi»ni amalga oshirish toʼgʼrisidagi Nizom, TDАU Аndijon filiali Ustavi va boʼlim Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Boʼlim filialda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi, oʼquv, oʼquv-uslubiy, maʼnaviy, maʼrifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijro etish intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hayʼat va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik, universitet va filial boʼyicha buyruqlarning hamda taʼlim sohasidagi meʼyoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi. Monitoring va ichki nazorat boʼlimi oʼz faoliyatida bevosita filial direktoriga boʼysunadi.

-filialda Oʼzbekiston Respublikasining oliy taʼlimga oid qonunlari, vazirlikning Hayʼat qarori, buyruqlari va boshqa hujjatlarini, shuningdek filial ichki buyruqlari va qarorlarining bajarilish monitoringini olib borish;
-filial professor-oʼqituvchilar va oʼquv-yordamchi hodimlar tarkibi ichki inspektsiyasini tashkil qilish va oʼtkazish;
-kadrlar tayyorlash sifati va taʼlim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qoʼyiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat taʼlim standartlariga va boshqa meʼyoriy hujjatlarga amal qilish nazoratini va monitoringini olib boorish;
-filialda taʼlim standartlarini joriy etish masalalari boʼyicha, fakulьtetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʼinmalarga amaliy va uslubiy yordam koʼrsatish;
-filialni boshqarish organlariga taʼlim jarayonini isloh qilish va takomillashtirish boʼyicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
-filial boʼyicha buyruqlar ijrosi nazoratini olib boorish;
-filial fakulьtetlarida oʼquv jarayonini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha boʼlinmalarga amaliy va uslubiy yordam koʼrsatish;
-professor-oʼqituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarining tadbiq etilishini amalga oshirishda ishtirok etish;
-kamchiliklar va muammolarni bartaraf va xal qilish boʼyicha aniq takliflarni filial rahbariyatiga taqdim etish;

-filial va unga tegishli taʼlim muassasalarida (filiallar, litseylar va boshqalar) taʼlim standartlariga hamda taʼlimga oid meʼyoriy hujjatlarga amal qilinishini tekshirish;
-filialda va unga tegishli taʼlim muassasalarida boʼladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish;
-oʼquv yurti faoliyati boʼyicha, fakulьtetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʼlinmalardan oʼz hizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish;
-kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish, davlat atestatsiyalarining oʼtkazilishini hamda barcha turdagi nazariy va amaliy mashgʼulotlarni koʼrib chiqish;
-oʼz huquqi doirasidagi masalalarni joylarda oʼrganish uchun belgilangan tartibda filialningg malakaviy professor-oʼqituvchilari va xodimlarni jalb qilgan holda guruhlar tuzish.