Institut yangiliklari

BELORUS RESPUBLIKASINING GRODNO DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI bilan hamkorlikda QO‘SHMA fakultet:

Ta’lim yo‘nalishi: O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)

Ta’lim shakli: Kunduzgi

O‘qitish tili: Rus

Qabul kvotasi: 25 ta

Ta’lim yo‘nalishi: Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi

Ta’lim shakli: Kunduzgi

O‘qitish tili: Rus

Qabul kvotasi: 25 ta

ROSSIYA FEDERATSIYASI, BOSHQIRDISTON RESPUBLIKASINING BOSHQIRDISTON DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI bilan hamkorlikda QO‘SHMA fakultet:

Ta’lim yo‘nalishi: Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis

Ta’lim shakli: Kunduzgi

O‘qitish tili: Rus

Qabul kvotasi: 25 ta

 

Hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma fakultetda talabalar 1-2-bosqichlarda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida tahsil oladi, 3- va 4-bosqichlarda esa o‘qishni xorijiy oliy ta’lim muassasalarida davom ettiradi. Talabalarni o‘qitish tolov shartnoma asosida olib boriladi. Fakultetni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga ikki tomonlama (Double degree) diplom beriladi.

ABITURIYENTLAR QABUL KOMISSIYASIGA ONLAYN SHAKLDA QUYIDAGI HUJJATLARNI TAQDIM ETADILAR:

📖 – o’rta yoki o’rta maxsus ma’lumoti haqidagi hujjat (attestat yoki diplom);

📗 – fuqarolik  pasporti.

📆 Xujjatlar 2021 yil 15 oktyabrga qadar qabul qilinadi.

Onlayn ro’yxatdan o’tish uchun xavola

https://bit.ly/3ztNxKl

📚Kirish imtihonlari:

1-bosqich: Xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari tomonidan tuzilgan test sinovi (rus tilida). Birinchi bosqichda kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning kamida 30 foizini to‘plagan abituriyentlar ikkinchi bosqichda o‘tkaziladigan imtihonda ishtirok etishga haqli.

2-bosqich: Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari (rus tilida) dan iborat. Ikkinchi bosqichda chet tili bo‘yicha kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning kamida 40 foizini to‘plagan abituriyentlar qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etadi hamda qabul parametrlaridan kelib chiqib, o‘qishga qabul qilinadi

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun tel:

📞 +99897-338-48-55