Eslatma magistratura

ABITURIYENTLAR VA ULARNING OTA-ONALARI DIQQATIGA!!!

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialida 2020-2021 qabul jarayonini tashkil etish maqsadida, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasasiga o’qishga kirish imtixonlarida ishtirok etishi uchun onlayn ro’yxatdan o’tish, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qabul jarayoni bo’yicha qiziqtirgan savollarga javob berish uchun “Murojaatlar markazi” (Сall center) tashkil etildi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalari o’zlarini qiziqtirgan qabul jarayoniga oid savollariga javob olish uchun Murojaatlar markazi (Сall center)ga haftaning ish kunlari soat 9.00-17.00 gacha murojaat etishlari mumkin.

Telefon raqamlar

☎️+99874-373-16-63

☎️ +99874-373-14-66

☎️ +99874-373-12-21

☎️+99874-373-10-93

☎️+99874-373-12-00

☎️+99874-373-10-61

DIQQAT!!! OGOH BO’LING!!! FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG!!!

AZIZ ABITURIYENTLAR VA ULARNING OTA ONALARI !!! «O’qishga kiritib qo’yaman» degan har xil odamlar, Ko’cha-kuyda duch kelgan notanish fuqarolar yoki firibgarlar gapiga ishonib siz ham firibgarning tuzog’iga tushib qolmang!

Hurmatli abituriyentlar! O’z bilimingizga ishoning!

Aziz ota onalar! Xalqimizda “qars ikki qo’ldan chiqadi” degan naql bor. “Korruptsiya to’g’risida”gi Qonunning tegishli bandlariga ko’ra pora bergan ham, pora olgan ham qonun oldida teng javobgar sanaladi va muqarrar jazoga tortiladi.

 

DIQQAT, E’LON!

MAGISTRATURAGA O’QISHGA KIRISH UCHUN HUJJATLARINI RO’YXATDAN O’TKAZUVCHILAR DIQQATIGA!

Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish jarayoni 2020 yil 1 iyuldan boshlab, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirilmoqda.
Mazkur hujjat topshirish jarayonida TEST SINOVLARI topshiriladigan HUDUD belgilanishi lozim.
‼️ Hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoitida respublika hududlarini “sariq” va “qizil” hududlarga o’zgarish ehtimolligi saqlanib qolmoqda. SHu bois, talabgorlar TEST SINOVLARI topshiriladigan hudud sifatida O’ZI bugungi kunda YASHAB TURGAN hududni belgilashi TAVSIYA ETILADI.
SHundagina vaqtni ortiqcha sarflash cheklanadi va masofani bosib o’tishga ehtiyoj yuzaga kelmaydi.