Аgrobiznes vа rаqаmli iqtisodiyot fakulteti

AGROLOGISTIKA VA BIZNES FAKULTETI DEKANI

faculty-2
  • F.I.SH Iskandarov Sanjarbek Tursunbekovich
  • Telefon raqami +(998) 91-475-14-84
  • E-mail sanjarbekti1985@mail.ru
  • Qabul kunlari Dushanba, chorshanba, juma 14:00-16:00

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PQ-37-04-sonli (Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida) qaroriga muvofiq Andijon qishloq xo‘jalik instituti negizida Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali tashkil etildi. “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 avgustdagi PQ-4421-sonli qaroriga asosan “Agrologistika va biznes” fakulteti tashkil etildi. Ushbu fakultet tarkibida hozirgi kunda Qishloq xo‘jaligida menejment, Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligi), Buxgalteriya hisobi va audit, Agrobiznes va investitsion faoliyat, Agrosanoatda buxgalteriya hisobi ta’lim yo‘nalishlarida talabalar taxsil olmoqda. Fakultetda 800 nafardan ortiq talabalarga yuqori malakali professor-o‘qituvchilar ta’lim bermoqda.

Agrologistika va biznes fakultetida talabalarni mutaxassislikka qiziqtirish va ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida birqancha to‘garaklar tashkil etilgan. Soliq va hisobotlar Yosh matematiklar Chet tillari Yoshlarga kompyuter savodxonligi.

Fakultetda talabalarga bilim berish ishlari yaxshi tashkil etilgan bo‘lib, Ilm fanni ishlab chiqarish bilan integratsiya asosida yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilar bilim berishmoqda. Qishloq xo‘jaligida menejment, Buxgalteriya hisobi va audit, Agrobiznes va investitsion faoliyat, Agrosanoatda buxgalteriya xisobi ta’lim yo‘nalishlarini talabalari chet el mamlakatlarida bilim va ko’nikmalarini oshirib kelishmoqda.

Fakultetda ilmiy izlanishlar olib borishda yosh ilmiy izlanuchi va ilmiy xodimlar o‘z faoliyatlarini olib bormoqda . 2019-2020 o‘quv yilida 2 ta (PhD) falsafa doktori darajasini olish uchun muvaffaqiyatli dissertatsiya ishlari himoya qilindi. Bundan tashqari professor-o‘qituvchilar ilmiy jurnal va xalqaro konferentsiyalarda o‘z maqolalari bilan faol qatnashib kelishmoqda.

Fakultetda talabalarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda ularni ma’naviy barkamol vatanga sadoqatli ruhda tarbiyalash ishlari tizimli ravishda filialda soha vakillari yoshlar ittifoqi bilan birgalikda ishlar olib borilmoqda.

Tursunov Abrorbek Xabibullo o‘g‘li +99891 475 14 84, abrorbek1484@mail.ru -qabul kunlari dushanbadan chorshanbagacha soat 14:00dan 16:00 gacha

Ortiqov Islombek Ziyodullo o‘g‘li +99891 600 39 63 islombek3963@mail.ru -qabul kunlari dushanbadan jumagacha soat 14:00dan 16:00 gacha

Asranov Abdurasul Xoshimjonovich +99890 541 22 12 axasranov@mail.ru -qabul kunlari dushanbadan jumagacha soat 14:00dan 16:00 gacha

Xolmirzayev Isroil – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i;

Qosimov Akmal – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida sektor rahbari;

Abduraximov Xurshid – Andijon shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i;

Haydamov Azizillo – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i