Hujjatlar ro’yxati

⚡️ Barcha abiturientlar diqqatiga!

▶️20 iyunь kuni 2021/2022 oʼquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga abiturientlarni onlayn roʼyxatga olish boshlanadi.

❗️Bunda,

— abiturient telefon raqami avtorizatsiyadan oʼtkaziladi;
— pasport maʼlumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan taʼlim muassasasi boʼyicha maʼlumotlar kiritiladi;
— imtiyozlari mavjud boʼlsa hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʼlsa, sertifikat maʼlumotlari kiritiladi.

❗️Taʼlim yoʼnalishlarini esa 2021/2022 oʼquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan soʼng tanlash mumkin boʼladi.

👨‍💻Аbiturientlarni roʼyxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

🗓 Roʼyxatga olish 20 iyulga qadar (20 iyulь kuni ham) davom etadi va abiturientlar 20 iyulga qadar oʼz maʼlumotlarini oʼzgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʼladigan boʼlsa, sertifikat maʼlumotlarini kiritishlari mumkin boʼladi.