Agrokimyo va tuproqshunoslik

Kafedra mudiri

kafedra-6
  • F. I. Sh Ro’ziyev Ikromjon Ergashevich
  • Telefon raqami 99890 385 78 06
  • E-mail ruziyevikrom@tdauaf.uz
  • Qabul kunlari Chorshanba va Payshanba 8:00 16:00

1964 yil Agronomiya fakulteti tarkibida “Agrokimyo va tuproqshunoslik” kafedrasi nomi bilan mustaqil kafedra sifatida faoliyat boshladi.

Katta o’qituvchi I.E.Ro’ziyev tomonidan “Sug’oriladigan bo’z tuproqlarda ekinlarni hamkor sifatida ekish agrotexnologiyasini yaratishning ilmiy asoslari”, dotsent T.Uraimov tomonidan “Dexqonchilik va ilmiy izlanish asoslari” fanidan darslik, “Dexqonchilik va ilmiy izlanish asoslari” nomli o’quv qo’llanma, X.Mo’ydinov tomonidan “Qisqa rotatsiyali navvbatlab ekishda kuzgi bug’doy va takroriy ekinlarni oziqlantirish orqali tuproq unumdorligini saqlashning ilmiy asoslari” nomli monografiyasi chop etildi.

2018-2020 yillarda kafedra professor-о‘qituvchilaridan I.Ro’ziyev, X.Mo’ydinov, M.Turgunovlar ilmiy-tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, falsafa doktori diplomiga ega bo’ldilar. Kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan Respublikada va xorijda 2019-2020-yillar davomida 25 dan ortiq maqolalar chop etildi.

Respublika prezidenti SH.Mirziyoyevning 2019 yil 3 apreldagi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus” dasturi hamda soxaga oid tadbirlar rejalari asosida ishlar olib borilmoqda. Bu yo’nalishda bitiruvchilar klubi, davlat arboblari hamda soha ziyolilari bilan muntazam aloqalar yo’lga qo’yilgan.

I.Ro’ziyev kafedra mudiri, q.x.f.f.d.,
dotsent T.Uraimov,
katta o’qituvchi X.Mo’ydinov,
katta o’qituvchi S.Hatamov,
katta o’qituvchi U.Nabiev,
assistent M.Yaxyoqulova,
assistent M.Turg’unov,
assistent Q.Jo’raeva