O’simlikshunoslik kafedrasi

Kafedra mudiri

9
  • F.I.SH Tursunov Xayrullo Odiljonovich
  • Telefon raqami (+99891) 175-55-53
  • E-mail x.tursunov@tdauaf.ru
  • Qabul kunlari Dushanba, chorshanba, juma 14:00-16:00

Dotsentlar T.Uraimov, Z.M.Jumaboyev va K.S.Komilov “Dehqonchilik ilmiy izlanish asolari” fanidan darslik, Z.M.Jumaboyev va Q.O’razmatov “O’simlikshunoslik va paxtachilik” fanidan o’quv qullanma chop etdilar.

Kafedrada o‘tiladigan barcha fanlar darslik, o‘quv qo‘llanmalar bilan yetarli darajada ta’minlangan. Bundan tashqari o‘quv-uslubiy majmualar kafedraning tajribali o‘qituvchilari tomonidan yozib ko‘paytirilib, o‘quv jarayonida ishlatilib kelinmoqda. Ayniqsa, 2007 yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tavsiyasi bilan fizika-matematika fanlari nomzodlari, dotsentlar A.Davlatov, R.Jo‘raqulovlar tomonidan tayyorlangan “Oliy matematikadan misol va masalalar to‘plami” o‘quv qo‘llanmasining 500 nushada, 2015 yilda dotsent A.Davlatov, dotsent v.b. D.Toshpo‘latovlar tomonidan “Oliy matematika misol va masalalarda” nomli uslubiy qo‘llanmasi 200 nusxada nashrdan chiqarildi, talabalarga yetkazilishi bu sohadagi ishlarning to‘la qondirilishiga imkoniyat yaratdi. 2017 yilda katta o‘qituvchi I.Zulfixarov hammualliflikda “Oliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma chop ettirdi. 2018 yilda dotsent A.Davlatov, dotsent v.b. D.Toshpo‘latovlar tomonidan “Matematika misol va masalalarda” nomli uslubiy qo‘llanmasi nashrdan chiqarildi

2019-2020 o’quv yilida kafedradaning quyidagi professor-o’qituvchilari dotsent S.O.Abduraxmonov doktorlik, assistent X.Jo’raeva q.x.f.f.d., (PhD) muvofaqqiyatli himoya qilishdilar

kafedrada Respublika prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2019 yil 3 apreldagi “YOshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus” dasturi bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

Janubiy Koreya respublikasi KOICA tashkilotining professori Lee Sang-bok bilan hamkor aloqalari orqali sholining Koreys navlarini O’zbekiston sharoitida yetishtirish bo’yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda.