Qishloq xo’jalik ekinlar genetikasi,selektsiyasi va urug’chiligi kafedrasi

Kafedra mudiri

kafedra-5
  • F. I. Sh Kimsanov Ibroxim Xayitmurodovich
  • Telefon raqami (+99891) 327-04-37
  • E-mail ibroxim.kimsanov@umail.uz
  • Qabul kunlari Chorshanba va Payshanba 8:00 16:00

1964 yilda kafedra «Botanika va o’simliklar fiziologiyasi» nomi bilan tashkil etilgan.
1995 yilda “Botanika va o’simliklarni ximoya qilish” nomi bilan faoliyat ko’rsata boshlagan.
2004 yildan boshlab kafedra «Dehqonchilik va ekologiya» nomi bilan ish boshladi.
2012 yil 3 dekabrdan O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi vazirligining 2012 yil 27 noyabrdagi 185 sonli buyrug’iga asosan kafedra nomi «Genetika, qishloq xo’jalik ekinlar selektsiyasi va urug’chiligi» nomiga o’zgartirildi.
2016 yil yanvardan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 noyabrdagi 311 sonli buyrug’iga asosan kafedra nomi “Qishloq xo’jalik ekinlar genetikasi, selektsiyasi va urug’chiligi” nomiga o’zgartirildi..

Kafedraning ish faoliyatida 2 ta fan doktori proffessor. Mamadaliyev A.X. va proffessor. Topvoldiyev T. va 7 nafar fan nomzodlari Rustamov K., Altunina N.A., Umarxo’jaev O., Botirov O., Mirzaeva S.,O’rinboyeva G.lar shu kafedrada dissertatsiya ximoya qilganlar.

Kafedraning salohiyati yuqori, 3 nafar dotsent, fan nomzodlari hamda 10 ta assistent o’qituvchilar talabalarga bilim bermoqdalar.

1989 yilda Toshkent qishloq xo’jalik instituti Agronomiya fakultetini tamomlagan. Andijon qishloq xo’jalik institute Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasida assistentlik lavozimida, «Qishloq xo’jalik ekinlari genetikasi, selektsiyasi va urug’chiligi» kafedrasida mudir lavozimlarida ishlab kelmoqda, shu davr mobaynida 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlarni chop etgan. Foydalanuvchi bilan aloqa detallari:

Kafedrada quyidagi fanlardan darslar olib boriladi:
1. Biologiya va genetika.
2. Qishloq xo’jalik ekinlar selektsiyasi va urug’iligi.
3. Qishloq xo’jalik ekinlar genetikasi.
4. Qishloq xo’jalik ekinlar genetikasi, selektsiyasi va urug’iligi.
5. G’o’za selektsiyasi va urug’chiligi.
6. Dala ekinlari selektsiyasi va urug’chiligi.
7. Ekologiya va atrof muhofazasi.
8. Ekologiya.
9. Sitologiya va embriologiya.
10. Ishchi kasbini egallash.
11. G’o’za genetikasi.
12. Umumiy selektsiya va urug’iligi.
13. Navshunoslik va urug’shunoslik.
14. Donli ekinlar seleksiyasi va urug’chiligi.
15. Irsiyat va o’zagaruvchanlik.