Qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti

Kaferda mudiri

ll
  • Ф.И.О. Shermatov Odiljon A’zamjonovich
  • Tel nomer -+99897 3380468
  • E-mail Shermatovodiljon68@gmail.com
  • Qabul kunlari: Juma 800 dan 1600 gacha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “Agrar tarmoq tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4795 sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi Vazirligining 2020 yil 29 avgustdagi “Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnogiyalari institutining Ustavi va tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash haqida”gi №135 sonli buyrug‘i hamda  Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari institutining 2020 yil 12 oktabrdagi 321-A(B)-sonli buyrug‘i  asosida «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» kafedrasi tashkil etilgan.

kafedrada “Yosh iqtisodchi”  to‘garagi tashkil etilgan

  • Kafedra katta o‘qituvchilari Z.Israilov, B.Nosirov, X.Baratov va B.Raxmonovalar tomonidan 1 o‘quv qo‘llanma, dotsent G.Zufarova va kafedra katta o‘qituvchisi M.Qobulovalar tomonidan 3 ta monografiyalar chop etildi. Kafedra katta o‘qituvchisi B.Nosirov dotsentlik ilmiy unvonini oldi.
  • kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2019-2020-yillar davomida xorijiy jurnal va xalqaro konferensiyalarda 30 dan ortiq , OAK platformasiga kiritilgan jurnallarda 30 ta hamda  Respublikada o‘tkazilgan ilmiy va amaliy konferensiyalarda  20dan ortiq maqolalar chop etildi. Kafedra dotsenti Nosirov Bahodirjon “European Journal of Life Safety and Stability” (Hayot faoliyati va barqarorlik Yevropa jurnali) xalqaro ilmiy jurnalining tahrir hay’ati a’zoligiga 2020 yil 27 dekabrda qabul qilindi. Bu jurnal Oz’bekiston OAK ilmiy maqolalarni chop etish uchun tavsiya etgan indekslar ro’yhatida 25-o’rindagi “Directory of Open Access Journals” bazasi hamda Google Scholar tarkibiga kiradi. Shuningdek,kafedra dotsenti      G.Zufarova Rossiyaning “Aktualnaya nauka” ilmiy-amaliy jurnali tahrir hay’ati a’zoligiga qabul qilindi

kafedra professor-o‘qituvchilari “Iqtisodiyot” va “Turizm” ta’lim yo‘nalishidagi akademik guruhlarga rahbarlik qilishadi.Shuningdek, kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohaga oid mutaxassislar bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

kafedrada 18 nafar iqtidorli talabalarga ilmiy rahbar sifatida professor-o’qituvchilar  biriktirilgan va ular bilan iqtisodiyotning dolzarb muammolari bo’yicha ijodiy va ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Kafedra bitiruvchilari bilan iqtisod fanining arboblari, ish beruvchi tashkilotlarning rahbarlari va yetuk mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.

Shermatov Odiljon A’zamjonovich – kafedra mudiri i.f.n. dotsent, Nosirov Baxodirjon Zokirovich – i.f.n. dotsent, Israilov Ziyoydin Abdurasulovich- i.f.n, dotsent v.b, Zufarov Gulmira Abduxalilovna – i.f.n., dotsent, Baratov Xokimbek Abdufattaxovich -i.f.n., dotsent v.b., Raxmonova Barno Soxibjonovna–katta o‘qituvchi, Islamova Dilobar Tayirjanovna-katta o‘qituvchi, Qobulova Maxbuba Yaqubovna–katta o‘qituvchi, Ergashev Akmal Abduqoxxorovich – assistent, Imomov Rustambek Davronbekovich – assistent,  Ergashev Ilxomjon Ikramovich  – assistent, Ahmadaliyeva Dilfuza Bekmuxammedovna,  Rasulova Inoyatxon Mo‘ydinovna – kabinet mudiri.

  • Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining TOPAS (From Theoretical-Oriented to ‘ractical education in Agrarian Studies) loyihasi 2017-2020 yillarda bajarilmoqda. Ushbu loyihada qishloq ho’jaligida menejment sohasidagi oliy tahlimda yangi,  kasbga yo’naltirilgan amaliy dasturlarni tanishtirish va takomillashtirish, mehnat bozori hamda taklif qilinayotgan mutaxassisliklar talablari asosida haqiqiy ish muhitidagi real ma’lumotlarni yetkazib amaliy holatda tushuntirish mo’ljallangan.  Almashuv dasturlari asosida professor-o’qituvchilar va talabalar Yevropaning yetakchi universitetlarida tajriba almashish amaliyotlarini o’tkazib kelmoqdalar.