Talabalar ilmiy kengashi

Аgrobiologiya fakulьteti qoshida yosh ilmiy tadqiqotchi loyihasi doirasida talabalar ilmiy kengashi tashkil qilindi.

Prezidentimizning PQ-2909, PQ-4421, PQ-4795-sonli qarorlarida keltirilgan fan-taʼlim integratsiyasini yoʼlga qoʼyish, 5+1 dasturini amalga oshirish, hamda talabalar bilan professor-oʼqituvchilarni ustoz shogird tizimini yoʼlga qoʼyish maqsadida Аgrobiologiya fakulьteti qoshida yosh ilmiy tadqiqotchi loyihasi tashkil qilindi. Bu loyihaga institutimizdagi mavjud 5 ta fakulьtetdan ilmga qiziqqan 40 nafar talabalar qamrab olindi.

Loyiha doirasida ustozlar hamda talabalar birgalikda kelgusida amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqot ishlarini kelishib olishdi. Ilm – fan integratsiyasi uchun tashkil qilingan loyihada fakulьtet dekan oʼrinbosarlari, professor-oʼqituvchilar, malakali agronomlar fikr muloxazalari bilan qatnashdilar. Shuningdek, yosh ilmiy tadqiqotchilar kengashi tuzildi va kengash rahbari etib Beruniy stipendiyasi sohibi X.Masardinov saylandi. Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar Germaniya va Xitoy davlatlaridan keltirilgan laboratoriya jixozlari xamda institut qoshida tashkil etilgan axborot maslahat markazida joylashgan chorva kompleksidagi Аvstriyada davlatidan keltirilgan zotdor qora mollar va asalarichilik faoliyati bilan tanishdilar. Keyingi manzil esa Baliqchi va Buloqboshi tumanida joylashgan klaster korxonalari shartnomaga asosan tanlab olindi.