Institut yangiliklari

❗️Hukumat qarori (605-son, 24.09.2021 y.) bilan Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʼlovining bir qismini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʼgʼrisidagi nizom tasdiqlandi

☑️ Nizomga koʼra, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning oylik ijara toʼlovi bir qismini qoplab berish davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobga qoʼyilgan koʼchmas mulk ijara shartnomasiga muvofiq ijara huquqi asosida yashaydigan ariza beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.

🚫 Roʼyxatga olingan doimiy yashash joyi doirasida (tuman, shahar miqyosida) ariza beruvchilarga oylik ijara toʼlovining bir qismini qoplab berish amalga oshirilmaydi.

❕Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan boʼlishlari shart.

✅ Mazkur tartib davlat OTMning faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʼqib, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalariga nisbatan tatbiq etiladi.

📂 Bunda ariza beruvchi tegishli maʼlumot yoki hujjatlarni oʼzi taʼlim olayotgan fakulьtetning yoshlar bilan ishlash boʼlimi dekan oʼrinbosari yoki OTMning talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʼlimiga topshiradi.

🔎 Masʼullar 1 hafta davomida ariza beruvchi maʼlumotlarining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini oʼrganadi.

➡️ Soʼng maʼlumotlarni umumlashtirib, koʼrib chiqish va xulosa berish uchun navbatdagi haftaning birinchi kunida talabgorlarni tanlab olish komissiyasiga taqdim etadi.

📌 Komissiya bir ish kunida talabgorlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni oʼrganib chiqib, qaror qabul qiladi.

🧾 Shunga koʼra, davlat OTM rektori (filial direktori)ning buyrugʼi rasmiylashtirilib, arizalari qanoatlantirilgan talabgorlar toʼgʼrisidagi tegishli maʼlumotlar va ularning roʼyxati toʼlovlarni amalga oshirish uchun buxgalteriyaga taqdim etiladi.

💰 Аrizasi ijobiy hal etilgan talabalar uchun ijara toʼlovining bir qismi Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan ular ariza bergan sanadan boshlab qoplab beriladi.

🔰 Ijara toʼlovining bir qismini qoplab berish:

➖ oʼquv yili davomida (har yili 1 sentyabrdan 1 iyulgacha) yoki oʼqitish dasturi boʼyicha oʼquv yilining davomiyligiga qarab belgilanadi;
➖ ariza beruvchi tomonidan har oyning 7-sanasigacha arizalar masʼullarga taqdim etilganidan soʼng amalga oshiriladi.

❌ Ushbu muddatlar tugagandan keyin berilgan arizalar koʼrib chiqilmaydi.

Eslatib oʼtamiz, ijara toʼlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari, qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan oshmasligi lozim.