Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar instituti Oʼzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʼjalik tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlay-digan yirik oliy taʼlim muassasalaridan biri-dir. Bugungi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan agrar isloxotlarni izchil va sobitqadamlik bilan oʼtkazishda filial jamoasining va bu yerda tayyorlanayotgan koʼplab mutaxassislarning salmoqli hissalari bor.
Taʼlim muassasasi 1964 yil iyunь oyida sobiq Toshkent irrigatsiya
va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Аndijon filiali bazasida Аndijon paxtachilik instituti nomi bilan tashkil etilgan. Oʼtgan davr davomida Respublikamiz qishloq xoʼjaligi korxona va tashkilotlari uchun 23000 dan yuqori malakali olim-agronomlar, injener–mexaniklar va injener-gidromelioratorlar tayyorlagan.
Yosh mutaxassisdan bilimdan tashqari yerga, dexqonchilik kasbiga, qishloq xoʼjalik texnikasiga mehr qoʼyish, zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan xabardorlik talab qilinadi. Shuni hisobga olib filial professor-oʼqituvchilari va yordamchi xodimlari oʼqitishni amaliyot bilan bogʼlab olib borish, ilm va texnikaga ishtiyoqi zoʼr boʼlgan yoshlarni har tomonlama kamol toptirishga, qishloq xoʼjalik ishlab chiqarishi va qayta ishlashning boʼlgʼusi yetakchilari qilib tayyorlashga harakat qilmoqdalar.
Ushbu dargoh qishloq xoʼjaligi sohasida yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlaydigan, agrar sohada energiya va resurstejamkor texnologiyalarni keng qoʼllaydigan va joriy etadigan yetakchi va istiqbolli oliy taʼlim maskanidir.

INSTITUT TАRIXI

• 1964 yil
• Toshkent davlat agrar universiteti Аndijon filiali 1964 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Аndijon shoxobchasi bazasida Аndijon paxtachilik instituti nomi bilan tashkil etilgan edi.
• 1992 yil
• Oliy taʼlim muassasalarining ixtisosligini kengaytirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.А.Karimovning 1992 yil 15 martdagi farmoniga asosan Аndijon paxtachilik instituti negizida Аndijon qishloq xoʼjalik instituti tashkil etildi
• 2018 yil
• Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2018 yil 8 maydagi «Toshkent davlat agrar universitetida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ-3704-son qarori asosida Аndijon qishloq xoʼjalik instituti negizida Toshkent davlat agrar universiteti Аndijon filiali tashkil etildi.
• 2020 yil
• Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2020 yil ______dagi PQ-4795-son qarori asosida Toshkent davlat agrar universiteti Аndijon filiali negizida Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etildi.