Xalqaro munosabatlar

Bugungi kunda institut Yevropa Ittifoqining Erasmus+ PAWER, TOPAS, BUZNET loyihalarida ishtirok etib kelmoqda. Loyixalar doirasida o‘quv-uslubiy materiallarni takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning yetakchi Yevropa universitetlarida malaka oshirish, moddiy-texnika bazasini yaxshilash kabi natijalarga erishilgan va bu yo‘nalishdagi ishlar barqaror davom ettirilmoqda.

Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti, ISMA universiteti (Latviya), Plovdiv agrar universiteti (Bolgariya), Nitra agrar universiteti (Slovakiya), Michigan shtati universiteti (AQSh), Oxayo universiteti (AQSh), Portu universiteti (Portugaliya), Sumы agrar universiteti (Ukraina), Krakov agrar universiteti (Polsha), Vroslav atrof muhit va tabiiy fanlar universiteti (Polsha), “Ion Ionessu de la Brad” Iasi qishloq xo‘jaligi fanlari va veterinariya Universiteti (Ruminiya), Rossiyaning Kubanskiy, Yujno-Uralskiy, Bashkirskiy, Sankt-Peterburgskiy, Stavropolskiy, Kazanskiy, Voronejskiy, Kemerovskiy agrar universitetlari, Novi Pazar davlat universiteti (Serbiya), Banya-Luka universiteti (Bosniya va Gersogovina), Qirollik agrar universiteti (Kambodja), Belarus Milliy fanlar akademiyasining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy amaliy markazi, Belarusning Grodno davlat agrar universiteti bilan memorandumlar imzolandi.

2018-2019 o‘quv yili davomida 15 nafardan ortiq xorijiy professorlar va mutaxassislar filial o‘quv jarayoniga jalb etildi. O‘z navbatidan filialining 40 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilari xorijiy oliy ta’lim muassalariga malaka oshirish va stajirovkalarga yuborildi. 24 nafar talabalar AZ Germany loyixasi doirasida Germaniyaning ilg‘or fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash uchun yuborildi.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti bilan Belarus Respublikasining Grodno davlat agrar universiteti o‘rtasida imzonlangan hamkorlik shartnomasi va yo‘l haritasiga asosan kadrlar tayyorlash maqsadida qo‘shma fakultet tashkil etilgan. Unga ko‘ra 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab bakalavriatning O‘simliklarni ximoya qilish yo‘nalishida 20 nafar, Chorvachilik maxsulotlarini saqlash va qayta ishlash ta’lim yo‘nalishida 20 nafar jami 40 nafar talaba qabul qilindi. Bu talabalar 1-2 bosqichlarni Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida o‘qib, 3-4 bosqichlarni Grodno davlat agrar universitetida davom ettirishlari ko‘zda tutilgan. Xamkorlik shartnomasi asosida Grodno davlat agrar universitetidan xar yili 4 nafar professor-o‘qituvchilar tashrif buyurishi rejalashtirilgan.