Yo’riqnoma

Курсаткичлар Жами Шундан
бюджет хисобидан тулов контакт хисобидан
1 Жами талабалар сони 5288 969 4319
1.1 Умумийга нисбатан фоизда 100 18.3 81.7
2 Стипендия фонди 8727142 7,284,912 1442230
2.1 Умумийга нисбатан фоизда 100 83.5 16.5
3 Штат бирликлари жами 747.25 113 634.25
3.1 Умумийга нисбатан фоизда 100 15.1 84.9
4 Жами иш хаки фонди 29714965 7131218 22583747
4.1 Умумийга нисбатан фоизда 100 24.0 76.0
5 Ягона ижтимоий тулов 7373268 1768637 5604631
5.1 Умумийга нисбатан фоизда 100 24.0 76.0
6 Бошка харажатлар 5690978 615800 5075178
6.1 Умумийга нисбатан фоизда 100 10.8 89.2
7 Харажатлар хаммаси 51506353 16800567 34705786
7.1 Умумий харажатларнинг улуши фоизда 100 32.6 67.4
РМ бўлими бошлиғи А.Мирзахмедов

OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI
OLIY VА OʼRTА MАXSUS TАЪLIM VАZIRLIGI

OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI
QIShLOQ VА SUV XOʼJАLIGI VАZIRLIGI

 

 

Аndijon qishloq xoʼjalik institutining
ODOB-АXLOQ QOIDАLАRI

 

 

 

 

 

 

 

АNDIJON

Аndijon qishloq xoʼjalik institutining
odob-axloq qoidalari

“Faqatgina chinakam maʼrifatli odam
inson qadrini, milliy qadriyatlarini,
bir soʼz bilan aytganda, oʼzligini anglash,
erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil
davlatimizning jahon hamjamiyatida
oʼziga munosib obroʼli oʼrin egallashi uchun
fidoyilik bilan kurashishi mumkin”.
I.А.Karimov

1-boʼlim. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Аndijon qishloq xoʼjaligi instituti (bundan buyon matnda institut deb yuritiladi)ning odob-ahloq qoidalari (bundan buyon matnda “Qoidalar” deb yuritiladi) Oʼzbekiston Respublikasining Konstitu-tsiyasi, “Qadrlar tayyorlash milliy dasturi toʼgʼrisida”gi, “Taʼlim toʼgʼrisida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʼgʼrisida”gi va “Аxborot erkinligi printsip-lari va kafolatlari toʼgʼrisida”gi qonunlar, “Yoshlar yili”, “Barkamol avlod yili” davlat dasturlari, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim, qishloq va suv xoʼjaligi vazirliklarining tegishli buyruqlari, institutning Ustavi, Ichki tartib qoidalari hamda umumeʼtirof etilgan maʼnaviy va axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.
“Qoidalar” ishlab chiqilishida Oʼzbekiston Respub-likasi taʼlimga oid qonun xujjatlarida fuqarolarga taʼlim, tarbiya berish, kasb-xunar oʼrgatishning xuquqiy asoslarini belgilashga hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy xuquqini taʼminlashga, taʼlim oluvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning va maʼrifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilganligi sababli institutning asosiy faoliyati taʼlim va tarbiya berishdan iborat ekanligi nazarda tutilgan.
1.2.“Qoidalar” institut Ilmiy kengashi yigʼili-shida 2011 yil 29 avgustda tasdiqlangan va shu kundan kuchga kirgan. Unga oʼzgartirish hamda qoʼshimchalar kiri-tish Ilmiy kengash qaroriga binoan amalga oshiriladi.
1.3.“Qoidalar” institutning maʼmuriyati, profes-sor-oʼqituvchilari, xodimlari va talabalari (jamoa aʼzolari)ning institutga oid oʼzaro munosabatlaridagi odob-axloq tamoyillari, rioya etishlari shart boʼlgan xulq-atvor qoidalari va majburiyatlarini belgilab beradi.
1.4.“Qoidalar”ga rioya qilish institut jamoa aʼzolarining barchasi uchun majburiydir.
1.5. Talabalikka va ishga qabul qilinayotgan har bir shaxs “Qoidalar” bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishini oʼz zimmasiga olib imzo qoʼyishi shart.
1.6.Institut jamoat, davlat va nodavlat tashkilot-lari, taʼlim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik subʼ-ektlari, ommaviy axborot vositalari hamda talabalar-ning ota-onalari bilan oʼzaro munosabatlarda “Qoida-lar”dagi koʼrsatmalarga rioya etilishidan manfaatdordir.

2-boʼlim. Maqsad va vazifalar
2.1. “Qoidalar”ning maqsadi institutda sogʼlom maʼnaviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllan-tirish, uning nufuzini hamda obroʼ-eʼtiborini asrab-avaylash, yuksak maʼnaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga koʼmakla-shish, institutning jamiyatdagi hamda taʼlim tizimi-dagi nufuzini yanadi oshirishdir.
2.2. “Qoidalar”ning asosiy vazifalari:
– yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida oʼz masʼuliyatini his etadigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega boʼlgan irodasi baquvvat, imoni butun va vijdoni uygʼoq mutaxassislarni tarbiyalash;
-institut jamoa aʼzolarini maʼnaviy immuniteti-ni shakllantirish va himoya qilish;
-yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zoʼravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot boʼlgan diniy va ekstremistik taʼsirlardan, tuban “ommaviy madaniyat” xurujlardan himoya qilishga koʼmaklashishdan iborat.
3-boʼlim. Jamoa aʼzolarini odob-axloqiga oid umumiy qoidalar
3.1. Institutda hamjixatlik,oʼzaro ishonch, hurmat, bir-biriga gʼamxoʼrlik qilish hamda ahil – inoqlik jamoa aʼzolarini oʼzaro munosabatlaridagi muhim shartlardir.
3.2. Institutda oʼzaro munosabatlarning asosiy tamoyili – bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini paymol qilmasligi lozim, jumladan jamoa aʼzosini soʼz erkinligi unga birovga tuhmat qilish, uni haqorat qilish, oʼzaro munosabatlarda umumeʼtirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimas-likda ifodalanuvchi behayo soʼzlardan foydalanish huquqini kafolatlamaydi, eʼtiqod erkinligi diniy marosim liboslarida institutga kelish xuquqini kafolatlamaydi, kiyinish erkinligi taʼlim maskanida tarbiya jarayonida salbiy taʼsir qilish xuquqini kafolatlamaydi va hokazo.
3.3.Jamoa aʼzolarini institutga odamlar diqqatini tortadigan tanani shaffof koʼrsatib turadigan yelka, koʼkrak va qorin, shuningdek tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda yoki diniy ibodat libosida, metal zanjirlar, toʼgʼnogʼichlar, tanaga turli munchoqlar qadagan holda, sport kiyim va poyab-zalida kelishi taqiqlanadi. Jamoa aʼzolari institutga orasta boʼlib, unga monand kiyimda kelishi lozim.
3.4. Jamoa aʼzosining shaʼni va qadr qimmati hurmat qilinishi hamda xalqimizning maʼnaviy merosini avaylab asrash maqsadida jamoa aʼzolari bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, behayo soʼzlar ishlatishi qatʼiy taqiqlanadi hamda institutda oʼzaro “Siz” deb murojaat qilish odat tusiga kirishi lozim.
3.5. Institut jamoa aʼzolari turli tadbirlarda (majlislar, tantanali yigʼilishlar, amaliy uchrashuvlar, bayramlar) soʼzga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʼlishi, maishiy tinchlikka rioya etishi shart. Zarurat taqozo etsa, bir notiq oʼz soʼzini tugatib, boshqasi soʼz boshlashiga qadar yuzaga keladigan uzilish vaqtida zaldan chiqib ketishi mumkin.
3.6. Binolarga kirish joyida tirbandlik yuzaga kelsa talabalar professor-oʼqituvchilar va xodimlarni, erkaklar esa ayollarni oʼzlaridan oldin oʼtkazib yuborishlari lozim.
3.7. Binoga kirayotgan har bir kishi binolarga kirib-chiqishni nazorat qilish uchun tayinlangan masʼul shaxs yoki navbatchiga oʼz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ochiq holda koʼrsatishi shart.
3.8. Jamoa aʼzolari institut hududida yoʼlning oʼng tomonida yurishlari kerak. Bir-biriga duch kelganda albatta salomlashishlari, bunda: talabalar professor-oʼqituvchilar va xodimlarga, erkaklar xotin-qizlarga, yoshlar kattalarga birinchi boʼlib salom berishlari tavsiya etiladi. Bunda qoʼl berib soʼrashish istisno boʼlib, yoshi katta shaxslar birinchi boʼlib qoʼl uzatganidan keyingina unga javoban qoʼl uzatish mumkin.
3.9. Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos boʼlmagan yoki institutning ichki muammolariga taal-luqli masalalarni Internet tarmogʼiga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yoʼlida foydalanish taqiqlanadi.
3.10. Kompьyuterlarda institutga tegishli boʼlmagan maʼlumotlarni, shuningdek, turli kinofilьmlar, noqonuniy diniy maʼlumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targʼib qiluvchi har qanday materiallani tayyorlash, saqlash, tarqatish va targʼib etish qatʼiyan man etiladi.
3.11. Oʼquv mashgʼulotlariga va ishga hamda jamoa aьzolarining osoyishtaligiga xalaqit beradigan xatti-harakatlar (radiopriyomnik, televizor, magnitafon va boshqa ovoz kuchaytirish vositalaridan maqsadsiz foydalanish) sodir etish taqiqlanadi.
3.12.Institut jamoa aьzolari dars mashgʼulotlari va ishga belgilangan kun tartibiga koʼra oʼz vaqtida
kelishlari shart.
3.13. Institutda har qanday huquqbuzarlik sodir etish taʼqiqlanadi, shu jumladan, tuhmat qilish, xaqorat qilish, jamoa aьzosiga maьnaviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin boʼlgan maьlumotni tarqatish, tan jarohati yetkazish, fuqarolik muomalasidan chiqarilgan vositalarga oid munosabatlarga kirishish (giyohvand moddalar, psixotropik vositalar va hokazo), ichkilik-bozlik, kashandalik, maishiy tinchlikka tajovuz qilish, janjallashish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʼyinlar oʼynash qatʼiyan man etiladi.
4-boʼlim. Professor-oʼkituvchilar va talabalarning taʼlim-tarbiya jarayonidagi oʼzaro munosabatlari
4.1. Professor-oʼqituvchilar va talabalarning taьlim-tarbiya jarayonidagi oʼzaro munosabatlari “Ustoz-shogird” milliy anьanalariga asoslanishi lozim.
4.2. Professor-oʼqituvchi auditoriyaga kirganida barcha talabalar oʼrinlaridan turib salomlashishlari, soʼngra oʼz joylarini egallashlari lozim.
4.3. Dars mashgulotlari vaqtida uyali aloqa vositalarilan foydalanish barcha uchun taqiqlanadi.
4.4. Talaba oʼzining nojoʼya harakatlari bilan dars mashgʼulotlariga xalaqit bersa, professor-oʼqituvchi yuzaga kelgan vaziyat haqida dekanatni xabardor qilib va uning ruxsati bilan bunday talabani mashgʼulotlardan chetlatishi mumkin.
4.5. Talabada professor-oʼqituvchi bilan oʼquv mashgʼulotlaridan tashqari vaqtda muloqot qilish
zarurati boʼlsa, unda talaba quyidagi qoidalarni, yaьni:
-professor-oʼqituvchi talaba bilan dars jadvaliga muvofiq mashgʼulotlarda, maslahat soatlarida, mustaqil ishlarni, reyting nazoratini topshirishda yoki oʼzaro kelishuv boʼyicha belgilangan vaqtda shugʼullanishini;
-oʼzi muloqot qilmoqchi boʼlgan professor-oʼqituvchining lavozimi, ismi, otasining ismi va familiyasini aniq bilishi shart.
4.6. Talaba oldindan kelishilmagan holda professor-oʼqituvchining huzuriga kelsa, umumiy yoki oʼzaro kelishilgan maslahat soatiga kech qolib kelgan boʼlsa, professor-oʼqituvchidan hatto qisqa vaqt suhbatla-shishni talab qilishga ham haqli emas.
4.7. Аyrim hollarda talabalar professor-oʼqituvchini almashtirish iltimosi bilan murojaat qilishlari mumkin. Buning uchun jiddiy sabablar (qoʼpollik, taʼmagarlik, professor-oʼqituvchining aybi bilan mashgʼulotlar oʼtkazilishidagi muntazam uzilish hollarini isbotlovchi dalillar) koʼrsatilishi va u boʼyicha guruhning yagona fikri mavjud boʼlishi shart.
4.8. Professor-oʼqituvchi bilan talaba oʼrtasida reyting nazoratini topshirishga doir ziddiyat kelib chiqqan hollarda, talaba reyting nazoratini maxsus komissiyaga topshirish uchun ruhsat berish iltimosi bilan kafedra mudiriga murojaat etishi mumkin. Bunda murojaat asoslangan boʼlishi shart. Bunday masalalar kafedra mudirining taqdimnomasiga binoan fakulьtet dekani tomonidan hal etiladi.
5-boʼlim. Professor-oʼqituvchilarning oʼzaro munosabatlari
5.1. Professor-oʼqituvchilarning oʼzaro munosabatla-rida – yagona jamoa, oʼzaro hurmat va eʼtibor, doʼstlik, hamjixatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim.
5.2. Professor-oʼqituvchilar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, oʼzganing intellektual mulkini oʼzlashtirib olish, qoʼpollik, behayo soʼzlar ishlatish, mushtlashish, oʼzgalarga maʼnaviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qatʼiyan man etiladi.
6-boʼlim. Talabalarning oʼzaro munosabatlari
6.1. Talabalarning oʼzaro munosabatlarida – yagona jamoa, oʼzaro xurmat va eʼtibor, doʼstlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim.
6.2. Talabalar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga xurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, oʼzganing intellektual mulkini oʼzlashtirib olish, qoʼpollik, behayo soʼzlar ishlatish, mushtlashish, oʼzgalarga maʼnaviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qatʼiyan man etiladi.
7-boʼlim. Professor-oʼqituvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari
– odob-axloq qoidalariga rioya qilishda talabalarga namuna boʼlish;
– institut manfaatlariga zid boʼlgan xatti-harakatlardan oʼzlarini tiyish;
– biror-bir noxush voqea yoki hodisa roʼy bersa, zudlik bilan u haqida maʼmuriyatga xabar berish;
– institut shaʼni va nufuziga dogʼ tushiradigan har qanday holatlarning oldini olish;
– institut toʼgʼrisidagi axborotlardan uning manfaat-lari va obroʼsiga ziyon yetkazish uchun yoki oʼz manfaatlari yoʼlida foydalanmaslik;
– dars jarayonida talabalarga odob-axloqqa oid milliy anʼanalarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni targʼib qilish;
– yoshlar orasida sogʼlom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot boʼlgan diniy va ekstremistik taʼsirlardan, tuban “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib borish;
– taʼlim oluvchilarni maʼnaviy-ahloqiy tarbiyalashning va maʼrifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqishga koʼmaklashish.
8-boʼlim. Talabalarning odob-axloqqa oid majburiyatlari
a) institut hududida:
– hududga kirishda talabalik guvohnomasini koʼrsatib kirish;
– hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat joylardagi urnalarga tashlash;
– ustozlar bilan duch kelganda salom berish;
– oʼquv mashgʼulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;
– institut mulki (koʼchar va koʼchmas mulki, oʼsimlik va
hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda boʼlish;
– kiyinish va oʼzaro suhbat odoblariga rioya qilish;
– mutasaddilarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini osmaslik;
– maishiy tinchlikka rioya qilish;
– narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlar isteʼmol qilinishi hamda tarqalishiga qarshi kurashish. Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuqoridagi holatlar haqida tegishli tashkilotlarga oʼz vaqtida xabar bermaslik javobgarlikka sabab boʼlishi alohida qayd etiladi.
b) auditoriyada:
– uyali aloqa vositalarini oʼchirib qoʼyish;
– dars paytida gaplashmaslik;
– jihozlarga madaniy munosabatda boʼlish, partalarga yozmaslik;
– qogʼoz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;
– ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik.
v) umumiy ovqatlanish joylarida:
– taomlarni olishda navbat tartibiga rioya qilish;
– tirbandlik paytida ustozlar, ayollar, yoshi kattalarga hurmat koʼrsatish;
– ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
– umumiy ovqatlanish shaxobchasida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish.
g) axborot resurs markazida:
– АRM xodimlari bilan hushmuomalada boʼlish;
– kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda boʼlish;
– baland ovozda soʼzlashmaslik va atroftagilarga xalaqit bermaslik;
– qogʼoz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;
– kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.
d) talabalar turar joylarida:
– mavjud jihozlarni asrash, ularga zarar yetkazmaslik;
– elektr-energiyasi, gaz va suv resurslaridan tejamkorona (oqilona) foydalanish;
– sanitariya va gigiena xonalaridan foydalanish qoidalariga amal qilish;
– talabalar turar joyi “Nizomi” va “Ichki tartib qoidalari”ga qatʼiy rioya qilish.
ye) sport majmualarida:
– sport majmuasiga xos boʼlgan kiyim va poyabzallarda kirish;
– sport inventarlariga nisbatan madaniy munosabatda boʼlish;
– mashgʼulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;
– sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish.
j) madaniyat saroyida va boshqa ommaviy tadbirlar oʼtkazish joylarida:
– oʼrindiq va boshqa jihozlarga nisbatan madaniy munosabatda boʼlish;
– ommaviy tadbirlar vaqtida hushtak chalmaslik, baqirmaslik, tadbir tugashidan oldin sababsiz chiqib ketmaslik;
– uxlab oʼtirmaslik, oʼrindiqlarga yotib olmaslik, bir-biri bilan gaplashmaslik, yon atrofdagilarga halaqit bermaslik.
Shuningdek,
– turli davralarda oʼzining namunaviy xulqi va bilimi bilan institut haqida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;
– doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;
– institut manfaati, uning shaʼni va shonli anʼanalari, obroʼsi hamda nufuzi toʼgʼrisida qaygʼurish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda boʼlish.
9-boʼlim. Professor-oʼqituvchi va talabalar odob-axloqida man etiladigan holatlar
Professor-oʼqituvchiga:
– jamoa aʼzolarining shahsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish,oʼzgalarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilish;
– jamoa aʼzolari va boshqalar ustidan turli igʼvo, gʼiybat va boʼxtonlar uyushtirish;
– talabalar bilan oʼz hamkasablarining kasbiy va shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilish;
– talabalarni asossiz oʼquv mashgʼulotlardan chiqarib yuborish;
– oʼquv mashgʼulotlarida tijorat reklamasi oʼtkazish;
– oʼquv mashgʼulotlarida diniy tashviqot olib borish;
– oʼquv mashgʼulotlariga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish tartibiga rioya qilmagan holda kelish;
– Binolarda ichish va chekish kabilar qatʼiyan man etiladi.
Talabaga:
– professor-oʼqituvchilarga qoʼpollik qilish, mashgʼulotlar vaqtida asossiz gapirish;
– yolgʼon gapirish, gʼirromlik yoki professor-oʼqituvchilarni chalgʼitish bilan bogʼliq har qanday hatti harakatlar hilish;
– xodimlar va oʼz oʼrtoqlariga nisbatan xurmatsizlik qilish;
– yozma ishlarni himoya qilish va reyting nazoratiga doir
boshqa tartib-taomillarni bajarish vaqtida chetdan
yordam olish, oʼzgalarga yordam koʼrsatish;
– boshqa shaxslar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni oʼz nomidan topshirish;
– mashgʼulotlarni oʼtkazib yuborish yoki kechikib kelish;
– mashgʼulotlar vaqtida professor-oʼqituvchilarning ruxsatisiz auditoriyadan chiqib ketish;
– boshqa talabaning saʼy-xarakatlariga qasddan ziyon yetkazish;
– moddiy jihatdan yaxshi taʼminlanganligini turli yoʼllar bilan koʼz-koʼz qilish qatʼiyan man etiladi.
10-boʼlim. Maʼmuriyat, professor-oʼqituvchilar va xodimlar oʼrtasidagi odob-axloqqa oid munosabatlar
10.1. Maʼmuriyat, professor-oʼqituvchilar va xodim-lar oʼrtasidagi munosabatlar, oʼzaro xurmat, ahillik, mehnatsevarlik, bagʼrikenglik, insonparvarlik, gʼamxoʼr-lik va adolat tamoyillariga asoslanadi.
10.2. Maʼmuriyat, professor-oʼqituvchilar va xodim-larning ish faoliyatiga doir masalalar boʼyicha hamkorlik qilishda bir tarafning boshqa tarafga tazyiq oʼtkazishiga yoki unga harakat qilishiga, shuningdek adolat tamoyillariga va institut manfaatlariga zid boʼlgan qarorlar tayyorlanishiga yoʼl qoʼyilmaydi.
10.3. Lavozim darajalari teng boʼlgan xodimlar oʼrtasidagi muammolarni ishchi tartibda hal etish tavsiya etiladi. Lavozim darajalari teng boʼlgan xodimlarning ish jarayonidagi turli muammolarini oʼz vakolatlari doirasida, maʼmuriyatni jalb etmagan holda hal etishlari maʼqullanadi.
10.4. Jamoada biror bir masala bilan maʼmuriyatga murojaat qilish tartibi subordinatsiya tamoyili asosida tashkil etiladi.
10.5. Professor-oʼqituvchi va xodimning institutda maʼnaviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash boʼyicha tashabbus va gʼoyalari ragʼbatlantiriladi.
10.6.Maʼmuriyat professor-oʼqituvchilar va xodimlarning kasbiy va intellektual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay ish joyi, zamonaviy kompьyuterlar, internet tarmogʼidan, kutubxona fondi va axborot resurslaridan erkin foydalanish, shuningdek xordiq chiqarishlari, dam olishlari, jismonan chiniqish-lari uchun barcha imtiyozlarni yaratib beradi.
11- boʼlim.Ragʼbatlantirish va
chora koʼrish tartibi
11.1. Oʼquv yili davomida “Qoidalar”ga toʼla rioya qilgan, institutda yuksak maʼnaviy-axloqiy muhitni yanada qaror topishiga va mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa aʼzolari, fakulьtet dekanlari, kafedra mudirlari va boʼlim boshliqlari tavsiyasiga binoan institut ichki tartib qoidalariga muvofiq moddiy yoki maʼnaviy ragʼbatlantiriladi.
11.2. Jamoa aʼzolari ushbu “Qoidlar”ni buzganida, institut ichki tartib qoidalarining “Intizomiy taʼsir choralari” boʼlimida keltirilgan xolatlar boʼyicha choralar qoʼriladi.
Shuningdek, jamoa aʼzosining xulq-atvori ustidan jamoat nazoratini taʼminlash maqsadida, mazkur qoidalarga rioya etilmaganligi holatlari institutdagi Birlashgan kasaba uyushma qoʼmitasi, “Kamolot” YoIX, Xotin-qizlar va “Ota-onalar” Kengashlarida ham muhokama qilinishi va ularning qaroriga binoan jamoa aʼzosining xulq-atvori toʼgʼrisida u yashab turgan mahalla fuqarolar yigʼiniga maʼlumot tariqasida yozma xabar yuborish amaliyoti ham joriy etilishi mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Andijon Nashriyot-matbaa” MChJ bosmaxonasida chop etildi. Buyurtma № 0111. Tiraji 2500 dona.