Новости Университета

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI

ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI

 

06.01.06 – Sabzavotchilik ixtisosligi bo‘yicha Institut oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga kirish imtihoni

 DASTURI

 

ANDIJON-2023

Institut Kengashining 2023__ yil “  ”sentyabr dagi

______  -sonli majlisida ma’qullangan

 

Tuzuvchilar:

Z.Bo‘stonov-Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi mudiri, q.x.f.n., dotsent.

A.Vaxobov-Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi v.b.dotsenti, b.f.n.

KIRISH

Serquyosh yurtimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tabiiyligi, vitaminlarga boyligi va o‘ziga xos ta’mi bilan hamisha sevimli va xaridorgir hisoblanadi. Shu bois ham O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlarga dunyo bozorida talab yuqori. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 10 oyi davomida qiymati 747,4 million dollarga teng bo‘lgan 1,2 million tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan. Bunda meva va rezavorlar 267,2 ming tonna, quritilgan meva va rezavorlar 45,4 ming tonna, sabzavotlar 649,1 ming tonnani tashkil etgan.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, meva hamda sabzavotlar kundalik hayotiy ehtiyojlarimizning asosiy qismini tashkil etadi. Bu esa ularni yetarli darajada yetishtirishni hamda aholiga yetkazib berishni talab etadi. Bu borada mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda, soha rivojiga qaratilgan qator qaror va farmonlar, dasturlar qabul qilindi. Bugun ushbu huquqiy asoslar hamda izchil islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligi sohasida ulkan yutuq va marralarga erishilayotir.

Prezidentimizning 2021-yil 15-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohadagi sa’y-harakatlarni yangi pog‘onaga ko‘tarishda muhim hujjatlardan biri bo‘ldi. Mazkur qarorda ko‘zda tutilgan maqsad-vazifalar meva-sabzavotchilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, xizmat ko‘rsatish va eksport qilish jarayonlarini o‘zaro integratsiya qilish, klasterlar faoliyatini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport hajmini oshirishga xizmat qiladi.

Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan boshlab Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha miqdorda kreditlar ajratiladi.

Bunda yillik 14 foiz stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga beriladi. Shuningdek, meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun yillik 14 foiz stavkada 12 oylik “revolver” kredit ajratiladi. Mazkur tadbirlarni moliyalashtirish uchun respublika budjetidan 2 trillion so‘m budjet ssudasi ajratish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, 2022 yil 1 martdan boshlab meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar) va fermer xo‘jaliklariga eksport shartnomasi mavjud bo‘lib, meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan sug‘urtalash xizmatidan foydalanganda to‘langan sug‘urta mukofotining 50 foizi — sug‘urta pulining 1 foizdan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi. Bu kabi choralarning ko‘rilishi eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutadi.

Har bir sohada muvaffaqiyatga erishishda salohiyatli kadrlar, zarur mutaxassislar alohida o‘rin tutadi. Jumladan, meva-sabzavotchilikda ham o‘z sohasini puxta biladigan mutaxassislar samarali natijalarni qo‘lga kiritishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda qarorda meva-sabzavotchilik klasterlariga (kooperatsiyalarga) xorijdan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizi (bir oyga 1 nafar mutaxassis uchun ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan) qismi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tuman bo‘limlari orqali kompensatsiya qilinadi.

Bunda meva-sabzavotchilik klasterlari o‘ziga biriktirilgan mahsulot yetishtiruvchilar uchun bog‘ va tokzorlarni barpo etish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazadi.

Qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘zlangan natijaga erishishda har bir hududning tabiiy-iqlim sharoiti va ixtisoslashuvini hisobga olgan holda ish tutish dolzarb masala. Bu borada mazkur qarorda meva-sabzavotchilik tumanlarini qayta ko‘rib chiqib, meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiya) faoliyatini barqaror rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash, ishlab chiqaruvchi – klaster – tayyorlovchi korxona – qayta ishlovchi va eksportyorni uzviy bog‘lovchi tizimni joriy qilish masalalari o‘z aksini topgani e’tiborga molik.

Bundan tashqari, qarorda meva-sabzavotchilik borasida o‘ziga xos maktablarni rivojlantirish, yangi, zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash va takomillashtirish borasida ham muayyan ishlar nazarda tutilgan. Xususan,  Akademik Mahmud Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tizimida Respublika bog‘bonlar maktabi faoliyatini rivojlantirish, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti qoshida Sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli ekinlar, gul hamda dorivor o‘simliklarni intensiv usulda yetishtirish maktabini tashkil etish vazifalari belgilangan. Bu esa sohada yanada samarali natijalarga erishish, mavjud tajribalardan unumli foydalanish va ularni boyitish orqali imkoniyatlarni kengaytirishga sharoit yaratadi.

Bir so‘z bilan aytganda, Prezident qarori meva-sabzavotchilik sohasidagi o‘ziga xos tajribalarimizni yanada rivojlantirish hamda katta marralarni egallashga xizmat qiladi. Bu esa bozorlarimiz, dasturxonlarimiz to‘kin-sochinligini ta’minlashda, meva-sabzavot eksportini yanada ko‘paytirishda muhim omil bo‘ladi.

Sabzavotlarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati hamda sabzavot o‘simliklarning umumiy tavsifi va tasnifi

Sabzavot mevalarining kimyoviy tarkibi. Sabzavotchilikning hozirgi holati va istiqboli. Sabzavotchilikni mustaqillik yillarida jadal rivojlanish sabablari. Sabzavotlar iste’mol qilinadigan qismi kimyoviy tarkibini o‘zgarishiga sabablar va ular tarkibiy sifatini yaxshilash usullari.

Sabzavotlarni botanik belgilari, hayotini davomiyligiga kelib chiqqan makonlari ta’siri, oziq-ovqatga ishlatilishi bo‘yicha guruhlash. Sabzavot o‘simliklari uch botanik oilalarga qaysi ko‘rsatkichlariga ko‘ra bo‘linishiga tushuncha, bu oilalarning birini-ikkinchisidan farqlari, ayrim oilarga 10-16 va ayrimlariga bir-ikki sabzavotlarni mansub bo‘lishiga sabablar tushuntiriladi.

Mavjud sabzavot ekinlari morfologik va botanik tuzilishlarini o‘rganishdan maqsad. Issiqlik, yorug‘lik, namlik, tuproq va havo oziqasi ta’sirida o‘simliklar filogenezidagi o‘zgarishlar.

Sabzavotlarni o‘sish va rivojlanish xususiyatlari

O‘sish va rivojlanish bosqichlarini o‘tishi davrida tashqi muhit ta’siri. O‘sish va rivojlanish bosqichlarini (fazalarini) bir va ikki yillik sabzavotlarda o‘tishi uchun zarur bo‘ladigan omillar. Ikki yillik sabzavotlarni hayotini birinchi yili gulpoya chiqarishi yoki ikkinchi yili gulpoya chiqarmaslik sabablari. Rivojlanishi davrida har ikki tur, ko‘p yilliklar uchun yorug‘lik va kun uzunligi hamda haroratni ta’siri.

Himoya qilingan joy sabzavotchiligi, uni vazifasi, uni turlari va tuzilishi

Himoyalangan joy sabzavotchiligi ta’rifi, ahamiyati, vazifasi, turlari va tuzilishlari, xususiyatlari, qurilish ashyolari, qo‘llanish muddatlari, isitish vositalari, qo‘llash usullari. Himoyalangan joylarda o‘simliklar uchun hayotiy omillarni yaratish, sozlash usullari, kerakli ashyolar, mikroiqlim sharoitlarni boshqarish va o‘simliklar talablariga muvofiqlashtirish yo‘llari.

Himoya qilingan joylarda  sabzavot kochatlarini yetishtirish texnologiyasi

Himoyalangan sabzavotchilikda inshootlardan unumli foydalanish. Asosiy, oraliq, zichlovchi ekinlar. Issiqxona va parniklarni, tuproq va urug’larni ekishga tayyorlash. Ko‘chatchilikning mazmuni, mohiyati, ijobiy va salbiy xususiyatlari, Ko‘chatlarni yetishtirish turlari, usullari: stakanchali, stakanchasiz, pikirovkali, pikirovkasiz yetishtirishlar ahamiyati va xususiyatlari. Rejalashtirilgan sabzavotchilik asosida ko’chat yetishtirish, ularning an’anaviy va zamonaviy texnologiyalari.

Himoya qilingan joylarda  sabzavot yetishtirish texnologiyasi

Issiqxonalarda sabzavot almashlab ekish tizimi. Kuz-kishki, qish-bahorgi mavsumlar va yil davomida o‘tuvchi (aylanma) mavsumda mahsulotlar yetishtirishda issiqxonalarni ekishga tayyorlash hamda tegishli ekinlar (pomidor, bodring va ba’zi boshqalar) rayonlashgan navlari, duragaylari tavsili, ko‘chatlarini o‘tkazish muddatlari. Joylashtirish shakllari. O‘g‘itlash, parvarishlash tartibi, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish.

Shaffof pardali berkitmalar ostida sabzavotlar yetishtirishga oid ma’lumotlar. Asosiy ekinlarga xos oraliq va zichlovchi ekinlar, agrobiologik xususiyatlari, hosillarni yig‘ib-terishlar.

Sabzavotlarni havo, gaz va namlikka bo‘lgan talabi hamda makro va mikro oziqalarga munosabati

Sabzavotlar fotosintez jarayonida havo tarkibidagi qanday gazlardan foydalanishi hamda organik modda to‘planishida tuproqdan oziq elementlarini o‘zlashtirishida namlikni ahamiyati. Ochiq va himoyalangan yerlarda havo tarkibidagi karbonat angidrid gaz miqdori, uni ko‘paytirish usullari, sabzavotlar uchun yetarli bo‘ladigan miqdori. Tuproq va havo namligini o‘simlikni o‘sish va rivojlanishiga ta’siri, rivojlanish bosqichida namlikka munosabati. O‘simlik vegetativ va generativ organlarini hosil qilishida, kasallik hamda qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lishida makro va mikro elementlarni ahamiyati. NPK larni tuproqqa solish muddatlari va me’yorlari.

 Sabzavot o‘simliklarini ko‘paytirish usullari, urug‘larini ekishga tayyorlash va ekish muddatlari

Ularni urug‘idan va vegetativ usulda ko‘paytirishlarning ijobiy va salbiy tomonlari. Vegetativ hamda generativ uslda ko‘paytirishning ahamiyati, urug‘ni ekishga tayyorlash usullari. Mayda-yirik generativ urug‘larni hamda vegetativ usulda ko‘payadigan sabzavotlar ekish ashyolarini ekishga tayyorlash, sabzavotlarni turli muddatlarda ekilish sabablari. Sabzavotlarni turli muddatlarda ekishdan maqsad va talablar.

Ochiq yer sabzavotchiligining hozirgi holati, istiqboli, u hal etadigan muammolari va sabzavotlar uchun yerni ekishga tayyorlash usullari

Sabzavotchilikni bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlantirish va mavjud yer resurslaridan oqilona foydalanish. Sabzavotlardan olinadigan yalpi hosil ko‘paytirishda takroriy sabzavotlarni ekish, navlarini to‘g‘ri tanlash va yerni qisqa muddatlarda tayyorlash. Sabzavot ekinlarini ekish muddati, sxemasi ularni biologik xususiyalarini hisobga olgan holda belgilash. Avtomorf, gidromorfda tuproqlar uchun sabzavot turlarini to‘g‘ri tanlash. O‘zbekiston iqlim sharoitida sabzavotlarni ekish muddatlari va usullari, ularni turli muddatlarda ekish sabablari. Ertagi sabzavotlar uchun egatni kuzda tayyorlab qo‘yish. Sho‘rlangan yerlarni ertagi va kechki sabzavotlar uchun tayyorlashning farqi.

Kartoshkani ahamiyati va respublikamizda kartoshkachilikni rivojlanishi

Biologiyasi va tumanlashtirilgan navlarini xo‘jalik tavsifi. Kartoshka vatani iqlim sharoiti, tarqalish tarixi, tinim davrini uzun qisqaligi, o‘suv davrini turli bosqichlarida tashqi muhit omillariga munosabati. O‘zbekistonda yaratilgan kartoshka navlari.

Ertagi va kechki kartoshka urug‘ligi. Ikki hosilli kartoshka yetishtirishning o‘ziga xos xususiyatlari

Kartoshka urug‘lik tugunaklarini ekishga tayyorlash usullari, ekish muddatlari va chuqurligi hamda sxemalari. Urug‘lik kartoshka yetishtirishda agrobiologiyasini ahamiyati. Yangi kavlangan tugunaklarni tinim davridan chiqarishda mexanik ta’sir etish va kimyoviy preparatlardan foydalanish. Ikki hosilli kartoshkani ekishdan maqsad.

Tomatdosh sabzavotlarni ahamiyati, biologik xususiyatlari va tumanlashtirilgan navlari

Tomatdoshlarni ahamiyati, tarqalishi, tashqi muhit omillariga munosabati va ko‘paytirish usullari. Achchiq qalampirni achchiq bo‘lish sababi, baqlajonni biologik yetilgan mevasini iste’molga yaramaslik sababi. Tomatdoshlar navlari va ularni past haroratdan ta’sirlanishini namoyon bo‘lishi.

 Tomatdosh sabzavotlarni yetishtirish texnologiyasi

Ertagi va kechki pomidorga yerni tayyorlash. Navi va ekish muddatlariga ko‘ra oziqlanish maydonini to‘g‘ri tanlash. Ekish muddatlari, sxemasi, o‘suv davrida parvarish qilish, kasallik va zararkurandalarga qarshi kurash, jadal texnologiya xususiyatlari, hosilni qo‘lda va mexanizmlar yordamida terish. Tomatdoshlarni almashlab ekishdagi o‘rni, o‘tmishdosh ekinlarga munosabati. Jadal texnologiyada foydalaniladigan navlarni, boshqa navlardan farqi.

Ildizmevalilarni ahamiyati, biologik xususiyatlari va tumanlashtirilgan navlari

Sabzi, turp, osh lavlagi, va boshqalarning kelib chiqqan makoni, harorat, namlik va tuproq oziqasiga munosabat hamda tumanlashtirilgan navlari. Yerni ekishga tayyorlash, ekish muddatlari, parvarish qilish va hosilni yig‘ishtirish.

Piyozli sabzavotlar ahamiyati, biologiyasi, navlari va yetishtirish texnologiyasi

Piyoz, uning turlari va sarimsoqni kelib chiqishi, tarqalishi, iste’moldagi va oziq-ovqat sanoatidagi ahamiyati, shifobaxshlik xususiyatlari.

Piyozni almashlab ekishdagi o‘rni, o‘tmishdosh ekinlarga munosabatlar. Ekish normasi, sxemasi, chuqurligi va muddatlari. Qatqaloqqa qarshi kurash, mulchalash, o‘toq qilish va yaganalash. Begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlar qo‘llash. Qator orasiga ishlov berish, sug‘orishlarni uni rivojlanishiga ko‘ra to‘g‘ri taqsimlash. Sarimsoq yetishtirish texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari.

Karamli sabzavotlarni ahamiyati, biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi

Karam turlarini farqlari, kimyoviy tarkibi, issiqlik, namlik, tuproq va havo oziqasiga munosabati hamda ularni sozlash usullari. Karamni almashlab ekishdagi o‘rni, o‘tmishdosh ekinlarga munosabati, ekish muddati, tuproq oziqasiga talabchanligi, ekilish qalinligi. Oqbosh va gulkaramni ertagi va kechki muddatlarda yetishtirish texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari.

Bodring va sabzavot qovoqchalari yetishtirish texnologiyasi

Bodring va sabzavot qovoqchalari biologiyasi, navlari, ekish muddatlari, sxemasi. Bodringni jadal texnologiya asosida yetishtirishning va hosilini yig‘ishtirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Bodring va sabzavotlar qovoqchalarini o‘tmishdosh ekinlarga munosabati, yerni ekishga tayyorlash, ekish muddatlari, urug‘ni ekishga tayyorlash, yagona qilish, qatorlar orasiga ishlov berish, oziqlantirish.

Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati

  1. Balashev N.N., Zeman G.O. Sabzavotchilik, «O‘qituvchi», T., 1977.
  2. Bo‘riev H.Ch. Sabzavotchilik. Elektron darslik. 2004.
  3. Bo‘riev H.Ch., Zuev V.I., Qodirxo‘jaev O., Muxamedov M.M. Ochiq joyda sabzavot ekinlari yetishtirishning progressiv texnologiyalari. T., «O‘zMEDIN» 2002.
  4. Zuev V.I., Qodirxo‘jaev O., Bo‘riev H.Ch., Azimov B. Kartoshkachilik. «O‘zME» T., 2005.
  5. Ostanaqulov T.E., Zuev V.I., Qodirxodjaev O. Sabzavotchilik Toshkent 2010.

 Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T., O‘zbekiston, 1995.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori. PF-3709-Farmoni va PQ-255 sonli Qarori. // Xalq so‘zi – 2006 yil 11 yanvar.
  3. Zuev V.I., Abdullaev A.G. Sabzavot ekinlari va ularni yetishtirish texnologiyasi. T., «O‘zbekiston» 1997.
  4. Bo‘riev H.Ch. Sabzavot ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi. T., «O‘zMEDIN» 2002.
  5. Azimov B.J., Bo‘riev H.Ch. Sabzavot ekinlari biologiyasi. T., «O‘zMEDIN» 2002.
  6. Zuev V.I., Umarov A.A. Kadыrxodjaev A.K. Intensivnaya texnologiya vozdelыvaniya ovoщe-baxchevыx kultur i kartofelya. T., «Mexnat» 1987.
  7. Zuev V.I. Osobennosti vozdelыvanie ovoщnыx kultur na zasolennыx pochvax. T., «FAN» 1977.
  8. Sabzavotchilikdan amaliy mashg‘ulotlar. T., «O‘qituvchi» 1983.
  9. Abdukarimov D.T. Ranniy kartofel. T., «Mexnat» 1988.
  10. Oynomalar «O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi», «Kartofel i ovoщi».
  11. www.opb.ru/ogorod_ov.html Ovoщevodstvo, kalendari rabot na uchastke, obmen opыtom, sovetы.
  12. www.adventus.info/bibl/ovochi.php Ovoщevodstvo po Mitlayderu.
  13. www.bashedu.ru/yensikl/oooo/ovoshev.htm OVOЩEVODSTVO, otrasl rastenievodstva. V RB vыraщivayut v osn. luk repchatыy, kapustu belokochannuyu, sveklu, morkov, ogursы, tomatы i peres sladkiy
  14. http://ziyo.yedu.uz/rus/showinfo Elektronnaya versiya knigi Ovoщevodstva, baxchevodstvo, plodovodstvo i vinogradarstvo Uzbekistana.