Institut yangiliklari

Tanlov ustuvorligini belgilash

✅ Abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida 5 tagacha ta’lim yo‘nalishi bilan birga tanlov ustuvorligini ham tanlash imkoniyati yaratilgan.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa – tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti asosida, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

🔹 Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa – har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

❕ Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!