Institut yangiliklari

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida o‘tgan tadbir tantana bilan o‘tdi. Institutimiz rektori Komiljon Sobirovich, talabalarning ota-onalari so‘z olib necha yuz ming talabgor ichidan mana shu qora ko‘zlarning bilimi ustun kelib talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishgani eng katta baxt ekanini mamnuniyat bilan e’tirof etishdi.

   

Tantana davomida talabalarga institutimiz rektori tomonidan «Talabalik guvohnomasi» va oltin rangli «Bilimlar kaliti» topshirildi.