Institut yangiliklari

«ICPC» dasturlash boʻyicha chempionat!

🇺🇿27-noyabr kuni O‘zbekistonda «ICPC» dasturlash chempionatining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tadi.

⌨️»ICPC» (International Collegiate Programming Contest) – bu algoritmik dasturlash boʻyicha xalqaro chempionat boʻlib, unda har yili sayyoramizning eng zoʻr aql sohiblari bellashadi.

🎯Chempionat missiyasi – turli universitetlar talabalari o‘rtasida muloqot qilish imkoniyatlarini yaratish va akademik doiralar hamda IT sohasidagilarning e’tiborini dasturlash bo‘yicha mutaxassislarning yangi avlodiga jalb qilishdan iborat.

«ICPC» chempionatining Respublika bosqichi “IT Park Cup” shiori ostida o‘tkaziladi. Tadbir o‘tkazishning eksklyuziv huquqini «IT Park University» oldi. Chempionat «IT Park» va «UIC Group» tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.

G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar. Shuningdek, ular «ICPC» chempionatining keyingi bosqichi uchun tanlanadilar.

✔️ Chempionatda «ICPC» reglamentiga (https://icpc.global/regionals/finder) muvofiq faqat OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Mintaqaviy bosqichga quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin: https://icpc.global/private/teamRegistration

Telegram guruhi: https://t.me/+XX9oqjfG8eo2YTRi