Institut yangiliklari

USAIDning Agrobiznesni Rivojlantirish Loyihasi tomonidan 9-12 yanvar kunlari bo’lib o’tadigan «Aqlli qishloq xo’jaligi» treningida Andijon qishloq xo’jaligi va agtotexnologiyalar instituti vakillari, Baxodirjon Nosirov va Turg’unboy Xalmatov ishtirok etishmoqda.

 

🔰 Loyiha doirasida AQShning Missuri Universiteti professor – o‘qituvchilari O‘zbekistondagi qishloq xo‘jalik oliy o‘quv yurtlarining ustozlari bilan agrobiznesga taalluqli fanlarni, jumladan “Aqlli qishloq xo‘jaligi” va “Biznes menejment” fanlarini o‘qitishni takomillashtirish borasida hamkorlik qilib kelishmoqda.

🔰 Shu bois mazkur fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar malakasini oshirish maqsadida maxsus “Trenerlar treningi” tashkil etildi. Tadbirda Missuri universiteti professori Matthew Sveum trenerlik qilmoqda.