Institut yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva hamda Andijon viloyati hokimining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Gulnora Abdullayeva institut talabalari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Muloqotda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan muhim normalar, jumladan, yoshlar, o‘qituvchilar, oliy taʼlim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni majburiy mehnatga jalb etishga qo‘yilgan taqiqning Bosh qomusimiz bilan mustahkamlab qoʼyilayotgani yuzasidan fikr almashildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqilishida yoshlar ham faol takliflar yuborgani, bildirilgan takliflarning 60 foizi yoshlarga tegishli bo‘lgani alohida taʼkidlandi.