Institut yangiliklari

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida «9-may Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan tashkil etilgan uch avlod uchrashuvida o‘tgan yillar davomida ta’lim sohasida o‘zining munosib o‘rniga ega, mehnat faoliyati davomida na’munali xizmat ko‘rsatgan ziyolilarimiz sharaflandilar. Tadbir davomida marhum ustozlar ham yod etilib, bosib o‘tgan hayot yo‘llari yoshlarga ibrat sifatida aytib berildi.

Ustozlarimizga har qancha xurmat ko‘rsatsak arziydi. Ularning mehnatlari bugungacha avlodlar yodida saqlanib qolgan. Xotira tadbirida professor-o‘qituvchilarga bayram sovg‘alari ulashildi. Shirin diydor onlari ila o‘tgan muloqotlar tarix va bugunni birlashtirdi.