Institut yangiliklari

Inson uchun eng qadrli davrlari bu bolaligi va talabalik yillaridir. Bolaligimizdagi beg‘uborlik, talabalik yillaridagi o‘zgacha shirin tashvishlarimiz, do‘stlarimiz, guruhdoshlarimiz doimo yodimizda qoladi. Bugun Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti (sobiq Qishloq xo‘jaligi instituti)ni bundan 40 yil avval tamomlagan sobiq talabalar jam bo‘lishdi. 1983 yili Gidromelioratsiya fakulteti talabalari ko‘z o‘ngida kecha va bugun namoyon bo‘ldi. Ular o‘sha yillarda tamomlagan oliygohining bugungi imkoniyatlari bilan tanishib, yoshlarga xavas qilishdi.