Новости Университета

ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI 2024 YIL UCHUN DOKTORANTURAGA FAN DOKTORI (DSc),

FALSAFA FANLARI DOKTORI (PhD) VA MAQSADLI O‘QISH SHAKLLARIGA QABUL E’LON QILADI

 

HURMATLI DOKTORANTURA TALABGORLARI!

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom” talablariga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 31 avgustdagi “Ilmiy va ta’lim tashkilotlarining akkreditatsiyadan o‘tgan ixtisosliklari uchun 2024 yilga tasdiqlangan qabul kvotalari to‘g‘risida”gi 01-03/2778 -son xatiga asosan doktoranturada tahsil olib, fan doktori (DSc) va falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lish istagini bildirgan talabgorlar quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

 

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti doktoranturasida o‘qish uchun 2024 yil qabul kvotalarining ixtisosliklar bo‘yicha taqsimoti.

Ixtisosliklar nomi

Ixtisoslik shifri

Doktorantura Tayanch doktorantura Maqsadli

Jami

DSc PhD PhD

DSc

1. Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik

06.01.01

1 2 2

5

2. Melioratsiya va sug’orma dehqonchilik

06.01.02

1

1

3.  Agrokimyo

06.01.04

1

1

4. Seleksiya va urug’chilik

06.01.05

1

1

5. Sabzavotchilik

06.01.06

1

1

6. Mevachilik va uzumchilik

06.01.07

1

1

7. O’simlikshunoslik

06.01.08

2

2

8. O’simliklarni himoya qilish

06.01.09

2

2

9. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash

06.01.11

1

1

10. Ipakchilik

06.02.04

1

1

11. O’rmon ekinlari, seleksiya, urug’chilik va shaharlarni ko’kalamzorlashtirish. O’rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o’rmonlarni barpo etish

06.03.01

1

1

12. Dorivor o’simliklar introduksiyasi, yetishtirish texnologiyasi va agroformokologiyasi

06.03.03

1

1

13. Qishloq xo’jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo’jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash

05.07.01

1 1

2

14.  Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi

05.09.06

1

1

15. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti

08.00.04

1

1

16. Moliya, pul muomalasi va kredit

08.00.07

1

1

17. Buxgalteriya hsiobi, iqtisodiy tahlil va audit

08.00.08

1

1

18. Marketing

08.00.11

1

1

19. Menejment

08.00.13

1

1

20. Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari

08.00.14

1

1

 

JAMI

2 23 2

27

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 2023 yilning 15 sentabridan 15 oktyabrigacha qadar internet aloqa tarmoqlari orqali phd.mininnovation.uz saytidan ro‘yhatdan o‘tishlari kerak. Xujjatlar yig‘ma jildini qog‘oz variantda (Koreya fayl papkasiga joylashtirgan holda) hamda ushbu xujjatlarning elektron shakllarini (pdf formatda) institutning “Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash” bo‘limiga taqdim etishlari so‘raladi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar tomonidan qabul komissiyasiga taqdim etiladigan xujjatlar ro‘yhati institut saytiga joylashtirilgan.

 

Murojaat uchun manzil: 170600. Andijon viloyati, Andijon tumani, Oliygox ko‘cha,
1. Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti 3-bino, 2-qavat, A-blok 201-xona. Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi.

Tel: (+998)-99-870-53-07. E-mail:  ahmadjon2112@mail.ru

 

 QABUL KOMISSIYASI