Arizalarni qabul qilish

⚡️ Barcha abiturientlar diqqatiga!

▶️20-iyun kuni 2022/2023-oʼquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga abiturientlarni onlayn roʼyxatga olish boshlanadi.

❗️Bunda,

— abiturient telefon raqami avtorizatsiyadan oʼtkaziladi;
— pasport maʼlumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan taʼlim muassasasi boʼyicha maʼlumotlar kiritiladi;
— imtiyozlari mavjud boʼlsa hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʼlsa, sertifikat maʼlumotlari kiritiladi.

❗️Taʼlim yoʼnalishlarini esa 2021/2022-oʼquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan soʼng tanlash mumkin boʼladi.

👨‍💻Аbiturientlarni roʼyxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

🗓 Roʼyxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi va abiturientlar 20-iyulga qadar oʼz maʼlumotlarini oʼzgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʼladigan boʼlsa, sertifikat maʼlumotlarini kiritishlari mumkin boʼladi.