Eslatma magistratura

ABITURIYENTLAR VA ULARNING OTA-ONALARI DIQQATIGA!!!

Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar institutida 2022-2023 qabul jarayonini tashkil etish maqsadida, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasasiga o’qishga kirish imtixonlarida ishtirok etishi uchun onlayn ro’yxatdan o’tish, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qabul jarayoni bo’yicha qiziqtirgan savollarga javob berish uchun “Murojaatlar markazi” (Сall center) tashkil etildi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalari o’zlarini qiziqtirgan qabul jarayoniga oid savollariga javob olish uchun Murojaatlar markazi (Сall center)ga haftaning ish kunlari soat 9.00-17.00 gacha murojaat etishlari mumkin.

Telefon raqamlar

☎️+99874-373-12-00

☎️ +99874-373-14-42

☎️ +99874-373-13-58

DIQQAT!!! OGOH BO’LING!!!
FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG!!!

AZIZ ABITURIYENTLAR VA ULARNING OTA ONALARI !!! «O’qishga kiritib qo’yaman» degan har xil odamlar, Ko’cha-kuyda duch kelgan notanish fuqarolar yoki firibgarlar gapiga ishonib siz ham firibgarning tuzog’iga tushib qolmang!

Hurmatli abituriyentlar! O’z bilimingizga ishoning!

Aziz ota onalar! Xalqimizda “qars ikki qo’ldan chiqadi” degan naql bor. “Korruptsiya to’g’risida”gi Qonunning tegishli bandlariga ko’ra pora bergan ham, pora olgan ham qonun oldida teng javobgar sanaladi va muqarrar jazoga tortiladi.