Iqtidorli talabalar

Курсаткичлар Жами Шундан
бюджет хисобидан тулов контакт хисобидан
1 Жами талабалар сони 5288 969 4319
1.1 Умумийга нисбатан фоизда 100 18.3 81.7
2 Стипендия фонди 8727142 7,284,912 1442230
2.1 Умумийга нисбатан фоизда 100 83.5 16.5
3 Штат бирликлари жами 747.25 113 634.25
3.1 Умумийга нисбатан фоизда 100 15.1 84.9
4 Жами иш хаки фонди 29714965 7131218 22583747
4.1 Умумийга нисбатан фоизда 100 24.0 76.0
5 Ягона ижтимоий тулов 7373268 1768637 5604631
5.1 Умумийга нисбатан фоизда 100 24.0 76.0
6 Бошка харажатлар 5690978 615800 5075178
6.1 Умумийга нисбатан фоизда 100 10.8 89.2
7 Харажатлар хаммаси 51506353 16800567 34705786
7.1 Умумий харажатларнинг улуши фоизда 100 32.6 67.4
РМ бўлими бошлиғи А.Мирзахмедов

Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo’limi tomonidan amalga oshirilgan ishlari to’g’risida

MA’LUMOT

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi PQ-4795 sonli qarori hamda Qishloq xo’jaligi vazirligining 2020 yil 5 avgustdagi 117-sonli buyrug’iga asosan Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialiga Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti tuzilmasida yangidan Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo’limi faoliyat olib bormoqda.

Iktidorli talabalar bugungi kunda institutning 5 ta fakultetlarida jami 940 nafar iqtidorli talabalar tahsil oladi. Jumladan, Agrobiologiya fakultetida 250 nafar, O’simliklar ximoyasi,  agrokimyo va tuproqshunoslik fakultetida 180 nafar, Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetida 200 nafar, Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakultetida 150 nafar, Agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakultetida 160 nafar iqtidorli talabalar bilim olmoqdalar.

Joriy yilda 1 nafar talaba Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi, 5 nafar talaba Viloyat xokimi stipendiyasi sohibi va 1 nafar talaba “Yangi O’zbekistonning iste’dodli yoshlari” eng yaxshi maqola muallifi, 1 nafar talaba “Eng yaxshi yosh olim” xalkaro tanlovi g’olibi, 4 nafar talaba Mexr saxovat Ko’krak nishoni Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan.

Institutning “Og’alar” quvnoqlar va zukkolar jamoasi Xalqaro miqyosda xamda Respublikada o’tkazilgan quvnoqlar va zukkolar ko’rik tanlovida 2-o’rinni qo’lga kiritdi;

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi Respublika oliy ta’lim muassasalari o’rtasida “Ulug’bek” jamg’armasi va O’zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida iqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlash maqsadida “Intellektual yoshlar vatanimiz kelajagi” nomli iqtidorli talabalar, magistrlar o’rtasida yilning eng yaxshi maqolasi tanlovida Meva-sabzavotchilik va uzumchilik ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi Akromova Moxinur Muzaffar qizi tanlov g’olibi deb topilib O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining maxsus esdalik sovg’alari va diplom bilan taqdirlandi.

Agrobiznes va investitsion faoliyat ta’lim yo’nalishi  3-bosqich 66 gurux talabasi Abdulatipova Moxinur Alisher qizi 2021 yilning 20-21 aprel kunlari Qozog’istonning Nursulton shaxrida bo’lib o’tgan Eng yaxshi yosh olim-2021 xalqaro konferentsiyada onlayn ishtirok etib “Eng yaxshi yosh olim-2021” ko’krak nishoni hamda 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Xozirgi kunda 12 ta to’garaklarda 350 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etayotganligi,  har bir ilmiy to’garaklar bo’yicha Ishchi dastur, Ish reja va Nizom ishlab chiqilgan bo’lib, ushbu xujjatlar asosida to’garaklar faoliyat ko’rsatmoqda. Iqtidorli talabalarini yetakchi olimlarga biriktirib, ular bilan “Ustoz-shogird” tizimi asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda