Xonadon va tomorqalarda parrandachilik hamda chorvachilik texnologiyalari kafedrasi

XONADON VA TOMORQALARDA PARRANDACHILIK HAMDA CHORVACHILIK TEXNOLOGIYALARI KAFEDRA MUDIRI

I.sobirov
  • F.I.SH. Sobirov Ilxomjon Abdullayevich
  • Telefon raqami: +998-93-910-07-03
  • E-mail: ilhomjonsobirov1957@gmail.com
  • Qabul kunlari: Dushanbadan Shanbaga qadar 14:00-15:30

Xonadon va tomorqalarda parrandachilik hamda chorvachilik texnologiyalari kafedrasi 2021-yilda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti Agroinjeneriya va Gidromelioratsiya fakulteti tarkibida tashkil etilgan.

Kafedraning 2021-2022 oʻquv yili uchun umumiy yuklamasi – jami 43 ta  fandan 9500 soatni tashkil etadi.

Kafedra bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha 4 ta ixtisoslik boʻyicha kadrlar tayyorlaydi:

Zooinjeneriya (turlari boʻyicha)

Zooinjeneriya (Asalarichilik)

Zooinjeneriya (Baliqchilik)

Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari boʻyicha).

Kafedraning professor-oʻqituvchilariga biriktirilgan talabalar Xalqaro va milliy konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqda. 22-yanvar kungi Qishloq xoʻjaligi vazirligining «Onlayn fan olimpidasi»da  1- va 2- oʻrinlarni egalladi.  Bir nafar talaba «Rektor stipendiyasi» sohibi boʻldi.

Kafedra mudiri I.A.Sobirov rahbarligida bitta ilmiy ishlama va bitta loyiha tayyorlandi. 2022-yil 11-12-mart kunlari boʻlgan Innovatsion rivojlanish vazirligining «Bahorgi tijoratlashtirilgan» forumida ishtirok etildi. Hozirda kafedra professor-o’qituvchilari 9 ta yangi ilmiy ishlanma tayyorlanmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 1 ta darslik, 2 ta o’quv qo’llanma, 40 dan ortiq uslubiy ko’rsatma va majmualar yaratilgan.

Kafedraning professor-o’qituvchilari hozirda 3 ta mavzuda ilmiy ishlarini olib bormoqda.

Hozirda kafedra qoshida “Havaskor chorvadorlar” va “Yosh veterinarlar” to’garaklari faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari to’garakdagi faol talabalar guruhidan tashkil topgan “veterinariya xizmati” ham aholiga xizmat ko’rsatib kelmoqda.

Kafedra professor-oʻqituvchilari 2022-yilning yanvar-fevral oylarida «Axoli xonadonlarida parranda boqish texnologiyalari» boʻyicha mahallabay ish tizimini tashkil etdilar va bu jarayonlarda faol qatnashdilar.

Kafedra professor-oʻqituvchilaridan I.Sobirov va O.Javxarovlar 2022-yilning mart oyida Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalariga mutaxassislik fanlaridan mahorat dars jarayonlarini tashkil etib keldilar.

Kafedraning iqtidorli talabalaridan biri A.Abduraximov boshchiligidagi “Agroleaders” zakovat terma jamoasi viloyat va respublika tanlovlarida faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda.

1. Sobirov Ilxomjon – Kafedra mudiri
2. Javxarov Oybek – katta o’qituvchi
3. Tirkashev Latibjon – katta o’qituvchi
4. Soliyev Baxtiyorjon – assistent
5. Saidov Mirzaahror – assistent
6. Soyibjonov Axmadillo – assistent
7. To’raxonov Mahmudxo’ja – assistent
8. Umarov Fayoziddin – assistent
9. Atabayev Adxamjan – assistent
10. Mahmudova Karima – assistent

Chorvachilik
Genetika va biotexnologiya
Baliqlarni oziqlantirish
Baliqlar fiziologiyasi
Baliqlar embirologiyasi va sun’iy urchitish
Hayvonlar fiziologiyasi
Zoogigiyena
Zoogigiyena va veterinariya sanitariyasi
Hayvonlar anatomiyasi
Chorvachilik va ipakchilik
Zoologiya
Sitologiya, gistologiya va embriologiya
Zootexniyada innovatsion texnologiyalar
Qishloq xo’jaligi hayvonlarini urchitish
Asalarichilik asoslari
Asalarichilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
Baliqchilikda naslchilik ishi
Baliqchilikda ilmiy izlanish asoslari
Ixtiologiya
Baliqlar biologiyasi
Mikrobiologiya va mikologiya
Mikrobiologiya
Veterinariya mikrobiologiyasi va immunologiyasi
Chorvachilik asoslari