Новости Университета

ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI

2025 yil uchun doktoranturaga fan doktori (DSc), falsafa

doktori (PhD) o‘qish shakllariga

qabul e’lon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom” talablariga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 21 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qitish bo‘yicha 2025-yil uchun qabul kvotalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 319 — son Buyrug‘iga asosan doktoranturada tahsil olib, fan doktori (DSc) va falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lish istagini bildirgan talabgorlar quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

T.r.

Ixtisosliklar nomi

Ixtisosliklar shifri

Doktorantura

Tayanch doktorantura

DSc

PhD

1.

Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik

06.01.01

1

2

2.

Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik

06.01.02

2

3.

Agrokimyo

06.01.04

2

4.

Selektsiya va urug‘chilik

06.01.05

2

2

5.

Sabzavotchilik

06.01.06

2

6.

Mevachilik va uzumchilik

06.01.07

2

7.

O‘simlikshunoslik

06.01.08

1

2

8.

O‘simliklarni himoya qilish

06.01.09

1

2

9.

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash

06.01.11

2

10.

Ipakchilik

06.02.04

2

11.

Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, yetishtirish texnologiyasi va agrofarm ekologiyasi

06.03.03

2

12.

Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash

05.07.01

2

4

13.

Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi

05.09.06

2

14.

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti

08.00.04

1

2

15.

Moliya, pul muomilasi va kredit

08.00.07

1

1

16.

Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit

08.00.08

2

2

17.

Marketing

08.00.11

2

18.

Menejment

08.00.13

1

2

19.

Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari

08.00.14

2

20.

Turizm va mehmonxona faoliyati

08.00.17

1

Jami

12

40

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

1.   Ariza – Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori nomiga

2.  Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka — namuna 3.5 shakl bo‘yicha o‘zbekcha va ruscha shaklda).

3.  Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).

4.  Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (falsafa doktori PhD uchun), fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar (fan doktori DSc uchun)

5.  Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, (kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis, falsafa doktori PhD uchun), (kamida 3 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis, fan doktori DSc uchun)

6.  Ish joyidan tavsifnoma

7.  Pasport nusxasi.

8.  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)

9.  Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat “B1” daraja.

  Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlab Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (DARAJA.ILMIY.UZ) orqali 15-sentabrdan 15-oktabrgacha ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.

Murojaat uchun manzil: 170600. Andijon viloyati, Andijon tumani, Oliygox ko‘cha, 1. Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti 1-bino, 1-qavat, A-blok 139-xona. Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi.

Tel: (+998)-91-600-39-63

E-mail:  ortiqovi@inbox.ru       

QABUL KOMISSIYASI