Institut yangiliklari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ  XO‘JALIGI VAZIRLIGI

ANDIJON QISHLOQ XOJALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI

«TASDIQLAYMAN»

Rektor________K.S.Komilov

«____»__________ 202__ yil

 05.07.01. “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha doktarantura (ds) kirish  uchun mutaxassislik fanlaridan  davlat attestatsiya sinovi

DASTURI

ANDIJON – 2023 y.

Dastur 05.07.01. “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi uchun mutaxassislik fanlaridan Davlat attestatsiya sinovini otkazishga moljallangan 

Tuzuvchilar:

 

A.N.Xudoyorov – AQXAI “Qishloq xo‘jalik mashinalari va texnik servisni tashkil etish” kafedrasi professori, texnika fanlari nomzodi.
I.I.Abdimo‘minov – AQXAI “Qishloq xo‘jalik mashinalari va texnik servisni tashkil etish” kafedra mudiri dotsent, texnika fanlari nomzodi.
A.Q. Dadaxodjaev– AQXAI “Qishloq xo‘jalik mashinalari va texnik servisni tashkil etish” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi.
M.X.Mamadaliyev– AQXAI “Qishloq xo‘jalik mashinalari va texnik servisni tashkil etish” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi.

 

 

Taqrizchilar:

 

T.S.Xudoyberdiyev – AQXAI “Qishloq xo‘jalik mashinalari va texnik servisni tashkil etish” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori.
B.R.Boltaboyev – AQXAI “Qishloq xo‘jalik mashinalari va texnik servisni tashkil etish” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi.
I.G‘.Mirzayev – AQXAI “Qishloq xo‘jalik mashinalari va texnik servisni tashkil etish” kafedra mudiri dotsent, texnika fanlari nomzodi.

 Dastur “Qishloq xo‘jaligi mashinalari va texnik servisni tashkil etish” 

kafedrasining “___”_____202_dagi №__ yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan

hamda tasdiqlash uchun AQXAI Kengashiga tavsiya etilgan.

Komissiya raisi, dotsent:               I.I.Abdimo‘minov

Dastur AQXAI Kengashining “___”__________202__dagi

№____ yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan hamda tasdiqlangan.

KIRISH

Mazkur dastur “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son farmoni. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha eng muhim ustuvor yo‘nalishlar asosida tayyorlangan.

Dastur quyidagi Qarorlar, yo‘nalishlar va masalalarni qamrab olgan:

Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari parkini tashkil etish, ulardan samarali foydalanish, yangi texnika vositalarini ishlab chiqarish hamda yetkazib berishga qaratilgan qarorlari;

Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalaridan texnik foydalanish samaradorligini oshirishning tashkiliy masalalari;

Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning texnik rezervlari;

Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning texnologik rezervlari;

“O‘zmeliomashlizingservis” sho‘ba korxonasi tizimida texnik servisni tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari;

Zamonaviy qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari.

Mazkur dasturni tuzishda 05.07.01 ixtisosligiga doir quyidagi fanlar materiallari asos qilib olingan:

  1. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi” to‘g‘risidagi farmoni. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi;
  2. Qishloq xo‘jaligi mashinalari;
  3. Qishloq xo‘jaligi mashinalari nazariyasi va hisobi;
  4. O‘rim-yig‘im mashinalari nazariyasi va hisobi;
  5. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish mashinalari nazariyasi va loyihalash;
  6. Ozuqa va g‘alla yig‘ishtirish mashinalari nazariyasi va loyihalash;
  7. Ekinlarni parvarishlash mashinalarining ilmiy asoslari.

Doktarant  ko‘rib chiqilayotgan jarayonlarga ta’sir etuvchi omillarning o‘zaro dialektik bog‘likligini va fizik mohiyatini to‘la anglab yetishga qaratilgan bilimlar, qoidalar va ilmiy masalalarni savollarni chuqur o‘rganishni rejalashtirishi lozim.

ASOSIY QISM

“O‘zbekiston – 2030” mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

 “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan ustuvor yo‘nalishlar.

Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish.

Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish.

Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash.

Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish.

Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish.

Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish.

Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.

Qishloq xojaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash sohasi rivojlanishining asosiy yonalishlari

O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan agrar siyosat.

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashning hozirgi ahvoli va uning rivojlanish istiqbollari.

O‘zbekiston hukumatining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish borasidagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish jarayonlarini kompleks rivojlantirishning umumiy konseptsiyalari.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalashda mashinalar tizimining o‘rni.

Agrotexnika talablari va ularning qishloq xo‘jaligi hamda melioratsiya mashina va qurollarining yangi konstruksiyalarini ishlab chiqishdagi ahamiyati.

Ekologiya, resurs va quvvat tejash muammolari.

Mobil energetik vositalar, Zamonaviy qishloq xo‘jalik mashinalari nazariyasi va hisobi

Traktor va avtomobillar, ularning qo‘llanilishi va sinflanishi. Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan traktorlarning tortish xarakteristikasi.

Dvigatellarning ishlashi, umumiy tuzilishi va sinflanishi. Traktor va kombayn dvigatellarining asosiy ko‘rsatkichlari va parametrlari. Dvigatellarning rostlovchi va zo‘riqtiruvchi xarakteristikalari. Quvvat balansi.

Traktor, avtomobil va o‘ziyurar qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalarining kuch uzatish va yurish qismlari xarakteristikasi hamda ularning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarga ta’siri.

G‘ildirakli va zanjirli traktorlarning to‘liq va tortishdagi foydali ish koyeffitsiyenti. Tortishdagi foydali ish koeffitsiyentining ayrim tashkil etuvchilari va uni aniqlash uslubi va unga ta’sir qiluvchi omillar. Quvvat olish vali bilan ishlayotgan traktor tortish xarakteristikasining o‘ziga xos jihatlari.

Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalarining manyovrchanligi. Traktor va boshqa energetik bazalarning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanishining ustuvorlik muammolari. Qishloq xo‘jalik agregatlarini avtomatik boshqarish.

Traktor gidroo‘rnatma tizimi va uning o‘ziga xos jihatlari. Traktor va o‘rnatma qishloq xo‘jaligi va melioratsiya qurollarining o‘zaro ta’sir kuchini aniklash.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalashda mashinalar tizimining o‘rni.

Agrotexnika talablari va ularning qishloq xo‘jaligi hamda melioratsiya mashina va qurollarining yangi konstruktsiyalarini ishlab chiqishdagi ahamiyati.

Ekologiya, resurs va quvvat tejash muammolari.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash sohasini rivojlantirishda ilg‘or xorijiy mamlakatlarning texnologiya va uslublaridan mahalliy sharoitlarga moslab foydalanish.

Mashinalar mexanikasi asoslari

Mashinalar mexanikasining rivojlanishiga hissa qo‘shgan O‘zbekistonlik va xorijiy olimlar va ularning ilmiy nazariyalaridan misollar.

V.P.Goryachkinning ratsional formulasi. Uning plug, chuqur yumshatkich, kanalqazgich, skreper, ekskavator va boshqa qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalarining tortishga qarshiligini aniqlashda qo‘llanilishi.

Pona nazariyasi. Ponaning turlari. Ikki yonli ponaga ta’sir etuvchi kuchlar. Uch yonli ponaga ta’sir etuvchi kuchlar. Tuproqning pona ta’sirida deformatsiyalanishi.

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya mashinalari kinematikasi va dinamikasi. Ish, energiya, massa, inertsiya momenti va harakatning umumiy qonuniyatlari. Sirpanish va dumalanishdagi ishqalanish. Fildirak aylanishidagi qarshilik. Zarbani hisobga olishning umumiy qoidalari.

Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalarini sinash tizimi. Sinash turlari, ularning maqsadi va vazifasi. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalarining ish organlarida tezlik, tezlanish, kuch va burovchi momentni aniqlash.

Tuproqqa asosiy ishlov berish mashinalari

Tuproqning fizik va texnologik xususiyatlari. Tuproq qattiqligi, strukturasi, shudgorlashdagi solishtirma qarshiligi va yopishqoqligi. Tuproqqa ishlov berishning texnologik operatsiyalari va jarayonlari. Ag‘darish, yumshatish, zichlash, tekislash. Tuproqqa zamonaviy ishlov berish usullari.

Tuproqqa asosiy ishlov beruvchi mashinalar va ularni ish organlarining umumiy nazariyasi. Ponaning xususiyatlari. egri sirtli pona, ikki va uch yonli pona va ularning xususiyatlaridan foydalanish.

Pluglar va ularga qo‘yiladigan agrotexnik talablar. Plug tasnifi. Korpus turlari. Ag‘dargichli, ag‘dargichsiz, universal, tezkor, o‘yiq, qurama va disksimon korpuslar. Tuproq turi va holatiga moslab korpuslarni tanlash. Korpus qismlari. Lemex, ag‘dargich, tirak taxtasi, korpus ustuni. Plug pichoqlari. Disksimon, chopqisimon, yassi pichoqlar. Chimqirqar va burchakkesar. Plug korpusining tuproq palaxsasini ag‘darish jarayoni.

Shudgorlashdagi joiz bo‘lgan chuqurlik va uni aniqlash. Shudgorlash agregatini ishlatish. Shudgorlash agregatining harakatlanish tartibi.

Tirkalma pluglar. Tirkalma plugni sozlash. Osma pluglar. Osma plugni shudgorlash chuqurligiga o‘rnatish. Osma plugdan foydalanish. Maxsus pluglar. Yarusli pluglar, ularning ish jarayoni. Korpus ishchi sirtini qurish. Yo‘naltiruvchi egri chiziqni qurish. Yasovchilarni shudgor devoriga engashish burchaklarining o‘zgarish qonuniyati. Korpus qolip chiziqlarini qurish. Korpus yoyilmasining andozasini qurish. Tezkor va vintsimon korpuslar. Vintsimon korpus sirtini qurish. Plugga ta’sir etuvchi kuchlar va dala taxtasining hisobi.

Plugni sudrashga qarshiligi, uni kamaytirish yo‘llari. Akademik Goryachkinning ratsional formulasi va uning koyeffitsiyentlarini tajriba yo‘li bilan aniqlash. Qarshilik kuchining soddalashtirilgan formulasi.

Plugning foydali ish koeffitsiyenti.

Agregat tezligining shudgorlashda sarflanadigan quvvat miqdoriga ta’siri. Qarshilik kuchining o‘zgaruvchanligi. Korpusga ta’sir etuvchi kuchlar. Plugning ravon harakati.

Plug parametrlarini asoslash. Agregatning bo‘ylama turg‘unligi. Chuqur yumshatkichlar va chizelli pluglar, ularning parametrlarining nazariy va amaliy asoslari.

Akademik Goryachkinning ratsional formulasi va uning koeffitsiyentlarini tajriba yo‘li bilan aniqlash.

Qarshilik kuchining soddalashtirilgan formulasi.

Plugning foydali ish koeffitsiyenti.

Agregat tezligining shudgorlashda sarflanadigan quvvat miqdoriga ta’siri.

Qarshilik kuchining o‘zgaruvchanligi.

Korpusga ta’sir etuvchi kuchlar.

Plugning ravon harakati.

Plug parametrlarini asoslash.

Agregatning bo‘ylama turg‘unligi.

Chuqur yumshatkichlar va chizelli pluglar, ularning parametrlarining nazariy va amaliy asoslari.

Tuproqqa sayoz ishlov berish mashinalari

Tuproqqa sayoz ishlov beruvchi mashinalar va ular ishchi organlarining umumiy nazariyasi. Tirmalar. Tirma ishiga qo‘yiladigan agrotexnik talablar. Tirma tishlarini joylashtirish.

Disksimon qurollar va ularning afzalliklari.

Disksimon tirmalar. Disksimon sayozyumshatgichlar. Disklarning asosiy parametrlari.

G‘ildirak va g‘ildiraksimon zichlovchi qurollar. G‘ildirak turlari. G‘ildirakning yumalanish rejimlari. G‘ildirakka ta’sir etuvchi kuchlar.

Tuproqqa minimal ishlov beruvchi mashinalar. Tuproqqa ishlov beruvchi tezkor mashinalarning o‘ziga xos jihatlari. Faol ishchi qismli mashinalarniing umumiy nazariyasi, ishlash prinsipi, qo‘llanilishi. Freza pichog‘ining traektoriyasi. Freza ishining sifat ko‘rsatgichlari va afzalliklari.

Chizel-kultivatorlar. Ularga ta’sir etuvchi kuchlar. Tokzor kultivatori. Kombinatsiyalashgan agregatlar.

Tuproqqa ishlov beruvchi mashina va qurollarni rivojlanish istiqbollari.

O‘g‘itlash mashinalari

Mineral va mahalliy o‘g‘itlarning asosiy turlari va ularning xususiyatlari.

O‘simliklarni himoyalashning kimyoviy va biologik usullari.

O‘g‘itlardan foydalanish texnologik jarayoniga ko‘yiladigan agrotexnika talablari.

Mineral va mahalliy o‘g‘it solish usullari, ularning bir tekisda taqsimlanishiga ta’sir quluvchi omillar. O‘g‘itlarning fizik-mexanik xususiyatlari. O‘g‘itlarning taqsimlanish nazariyasi. O‘g‘itlarni taqsimlash mashinalari.

Shudgorlashdan oldin, chigit ekish bilan bir paytda va ekish bilan birga hamda g‘o‘zani oziqlantirishda mineral va mahalliy o‘g‘itlarni sepishda ishlatiladigan o‘g‘itlagich mashinalarining turlari. O‘g‘itlash mashinalari ishchi organlarining nazariyasi.

Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida o‘g‘itlardan foydalanishda sanoat uslublarini qo‘llash istiqbollari.

Ekish va ko‘chat o‘tqazish mashinalari

Urug‘ ekish va ko‘chat o‘tqazish usullari. Ekuvchi va ko‘chat o‘tqazuvchi mashinalarning texnologik jarayoni. Donalab, uyalab va aniq ekish texnologiyalari.

Seyalka va ko‘chat o‘tqazishuvchi mashinalarga ko‘yiladigan agrotexnika talablari. Urug‘ ekish va ko‘chat o‘tqazish texnologyalarini baholash. Seyalka va ko‘chat o‘tqazish mashinalari va ularning ish qismlari, texnologik ishlash jarayoni va konstruktsiyasi.

Seyalka va ko‘chat o‘tqazish mashinalar ishchi qismlarining nazariyasi va hisobi. Ekuvchi mashina soshnigining muvozanat sharti.

Seyalka va ko‘chat o‘tqazish mashinalarni ekkichining ravon harakatlanishi, ularni ishga tayyorlash va agregatlash.

Ekinlarni parvarishlash va o‘simliklarni himoyalash mashinalari

Chopiq kultivatorlari va uning ishchi qismlari. Chopiq kultivatoriga qo‘yiladigan agrotexnik talablar. Chopiq kultivatorlarining tuzilishi. Chopiq kultivatori ishchi qismlarining asosiy parametrlari. Chopiq kultivatorini ishchi qismlarining qator oralig‘iga joylashtirish sxemalari. G‘o‘za kultivatorilari ishchi qismlarini bir xil chuqurlikda ishlashini ta’minlash.

O‘simliklarni kimyoviy himoyalashda texnika havfsizligi va atrof-muhit himoyasi. O‘simliklarni himoyalash usullari. Agrotexnik talablar. Kimyoviy moddalardan foydalanish usullari. Kimyoviy moddalar to‘g‘risida ma’lumotlar. O‘simliklarni himoyalash qilishda qo‘llaniladigan mashina va qurilmalarning sinflanishi. Kimyoviy himoyalashda ishlatiladigan mashinalarining tuzilishi va ish jarayoni.

Purkash nazariyasi. Changlatish nazariyasi. Purkash va changlatishda aerodinamika qonuniyatlari. Purkagich ishida eritmani parchalash darajasining samaradorlikka ta’siri. Kimyoviy himoyalash mashinasining asosiy qismlari va texnologik ish jarayoni. Suyuqlikni parchalash nazariyasi va parchalovchi uchlikni tanlash.

Purkash qurilmalari. Aerozol generatori. Gerbitsid purkagichlar.

Kombinatsiyalashtirilgan mashina va agregatlar

Kombinatsiyalashtirilgan agregatlarni yaratishning asosiy prinsiplari. Kombinatsiyalashtirilgan agregatlarda turli ishchi qismlarni birgalikda qo‘llash imkoniyatlari.

Kombinatsiyalashtirilgan mashina va agregatlarning turi. Ish jarayonlarini uyg‘unlashtiruvchi kombinatsiyalashgan agregatlarning texnik-iqtisodiy afzalliklari.

Melioratsiya mashinalari. Sug‘orishni mexanizatsiyalash

Meliorativ mashinalarning turlari. Yerlarni dastlabki o‘zlashtirish mashinalari, turlari, tuzilishi va texnologik jarayoni. Yer kovlash mashinalari: buldozer, skreper, ekskavator. Yer tekislash mashinalari: greyder, uzun bazali tekislagich, lazerli tekislagich.

Sug‘orish tizimlari. Sug‘orish manbalari. Ko‘chma quvurlari qismlarga ajraladigan yomg‘irlatish mashinalari. Ikki konsolli va ko‘prik tizimli yomg‘irlatish agregatlari. Ko‘p tayanchli yomg‘irlatish mashinalari. Qo‘zg‘almas yomg‘irlatish va tomchilab sug‘orish tizimlari. Tuproq yuzasidan, tuproq tagidan sug‘orish vositalari.

Yem-xashak ekinlarini yig‘ishtirish mashinalari

Ozuqa yig‘ishtirish texnologiyalari. Ozuqa yig‘ishtirishga qo‘yiladigan asosiy talablar. Ozukqa xususiyatlari, fizik-mexanik xossalari. Yem-xashak yig‘ishtirish texnologiyalarini baholash.

Yem-xashak yig‘ishtirish mashinalari kompleksi. Xashak yig‘ish mashinalari ishchi qismlarining ishlash prinsipi. Tirakli va tiraksiz qirqish nazariyasi.

Poyalarni kesish tezligi. Kesuvchi tig‘lar orasida poyaning qirqishga qisilib to‘xtash sharti. Kesish jarayonida poyalarning egilishi. Egilishdagi joiz bo‘lgan kesish yuzasi. Pichoq siljish yo‘li hisobi.

O‘t o‘rgichlar, ularning turlari va ishchi qismlari.

Silos o‘radigan kombaynlar. Ularga qo‘yiladigan agrotexnik talablar. Silos o‘radigan kombaynlarning ishchi qismlari. Maydalovchi apparatlar va ularning tuzilishi.

O‘rish apparati harakat yuritmasining kinematikasi va dinamikasi. O‘rish apparatlarida inersiya kuchini muvozanatlash. Pichoq kinematikasi. Kesuvchi juftlikning poya bilan o‘zaro ta’siri. Kesish jarayonida pichoqqa ta’sir etuvchi kuchlar. Sirpanib kesishning qarshilikka ta’siri.

Pichan presslagichi, ularning ishlash prinsipi va nazariyasi.

G‘alla yig‘ishtirish mashinalari

G‘alla yig‘ishtirish texnologiyalari. O‘rim-yig‘imga qo‘yiladigan asosiy talablar. Donli ekinlarning o‘ziga xos fizik-mexanik xossalari. O‘rim-yig‘im texnologiyalarini agrotexnik baholash. O‘rim-yig‘im texnologiyasi va mexanizatsiyalash voitalarining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari.

Boshoqli don ekinlarini o‘rib-yig‘ib oluvchi mashinalar kompleksi.

G‘alla o‘rish kombaynlari, ularning turi va asosiy parametrlari. G‘alla kombaynlarining o‘rish, yanchish va don tozalash kismida qo‘llaniladigan ishchi organlarning turlari. Zamonaviy g‘alla o‘rish kombaynlarining texnologik ish jarayoni.

Kombayn o‘rgichi va uning texnologik ish jarayoni. Kombayn o‘rish apparatining hisobi.

Motovilo. Motoviloni sozlash. Motovilo kinematikasi. Motoviloning asosiy o‘lchamlari va ish rejimi. Kombayn  motovilosining poya bilan o‘zaro ta’siri va uning hisobi.

Kombaynning qiya transporteri, unda g‘alla massasining yanchish apparatiga uzatilishi hisobi.

G‘allani yanchib olishning fizik mexanik asosi. Yanchish apparati va uning sekundlik yanchish qobiliyatini.

Donlarning boshoqdan ajralish sharti, baraban tezligini aniqlash.

Yanchish barabaning asosiy tenglamasi. Savag‘ichli yanchish barabanining hisobi. Shtiftli yanchish barabanining hisobi.

Rotorli yanchish apparatining hisobi.

Yanchish barabani dekasining o‘lchamlarini aniqlash. Yanchish barabani va uning dekasi orasidagi tirqish.

Donlarni somondan ajratish. Somon elagich nazariyasi. Somon elagich o‘lchamlarini aniqlash.

Rotorli separatorlar va ularda donlarning somondan ajralish qonuniyatlari.

Donli tozalash. Ventilator hisobi va ularni tanlash. Jalyuzali g‘alvir o‘lchamlarini aniqlash.

Ventilator va g‘alvir o‘lchamlarini o‘zaro bog‘liqligini aniqlash.

Donning g‘alvir jalyuzalaridagi harakati.

G‘alla  kombaynlari rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishlari.

Donga ishlov berish mashinalari

Donni tozalash-quritish komplekslari, tozalash agregatlari, donni saqlash, quritish, dastlabki, birlamchi va ikkilamchi don tozalash mashinalariga qo‘yiladigan agrotexnika talablari.

Donni tozalash, quritish va saqlashda ularning fizik-mexanik va texnologik xususiyatlarining o‘rni.

Donlarni tozalash va saralash asoslari.

Donlarni aerodinamik xossasiga qarab havo oqimi yordamida tozalash. Donlarning (kritik) muallaqlik tezligi.

Urug‘larning vertikal, qiya va gorizontal havo oqimi ta’sirida ajralish nazariyasi. Don tozalash mashinalarining havo yordamida separatsiyalovchi tizimlari, tipik sxemasi, ishlash printsipi. Chang tutuvchi alohida qurilmalar.

Yassi va silindrik g‘alvirlar. Yassi g‘alvirlar nazariyasi. Silindrik g‘alvirlar nazariyasi. G‘alvirlar yuritmasi va kinematik ish rejimi. Donlarni g‘alvir bo‘ylab harakatining joiz bo‘lgan tezligi. Yassi va tsilindrik g‘alvirlar asosiy parametrlarining hisobi. Triyer nazariyasi.

Pnevmatik elektro­magnit separatorlarning ishlash printsipi va nazariy asoslari.

Ildizmevali va sabzavot ekinlarini yig‘ishtirish mashinalari

Kartoshka, lavlagi va boshqa sabzavot ekinlarining ildizmevalari, bargi hamda poyasining texnologik xususiyatlari.

Ildizmevali ekinlarni mashinada yig‘ishtirishning mavjud va istiqbolli texnologik jarayonlari.

Ildizmevali ekinlarni yig‘ishtirish uchun mashinalar kompleksi. Ildizmeva yig‘ishtirish mashinalarining agregatlanishi va ular ishini tashkil qilish.

Ildizmevalardan barg va poyalarning ajralishi, ularni yerdan qazilishi hamda tuproq va boshqa aralashmalardan ajralish texnologik jarayonining nazariy elementlari.

Ildizmeva va kartoshka yig‘ish mashinalari, ularga qo‘yiladigan agrotexnika talablari.

Ildizmeva yig‘ishtiradigan mashinaning ishchi qismlari. Parametlarining hisobi va nazariy elementlari.

Ildizmevalarni transport vositalariga yoki uyumga uzatish. Ildizmevalarni uyumdan olib transport vositalariga yuklash.

Ildizmevalarni tuproq aralashmalari, kesak, tosh va o‘simlik qoldiqlaridan ajratish usullari.

Ildizmevali ekinlarni yig‘ishtirishning uzluksiz va uzlukli oqim texnologiyalarining o‘ziga xos jihatlari.

Sabzavot ekinlarini yetishtirish va yig‘ishtirish mashinalari tizimi. Sabzavotlarni mashinalar yordamida yig‘ib olishda ularning fizik-mexanik xususiyatlarini hisobga olish.

Sabzavot ekinlarini yetishtiruvchi va yig‘uvchi mashinalarning ishlash jarayoni hamda nazariyasi.

Meva va uzum terishda qollaniladigan mashina va jihozlar

Meva va uzum terishni mexanizatsiyalashning rivojlanish holati va istiqbollari. Intensiv bog‘dorchilik.

Uzumzorlar, buta va daraxt shoxlarini kesuvchi mashinalar.

Meva, uzum teruvchi mashinalar va ularning ishchi kismlari.

Meva, uzum teruvchi mashinalarning pnevmatik, zarbiy va titrovchi ishchi qismlarining nazariyasi va hisobi.

Paxta va boshqa tolali ekinlarni yig‘ishtirish mashinalari

Paxta va boshqa tolali ekinlarni ekish va yig‘ishni mexanizatsiyalashda qo‘llaniladigan mashinalar kompleksi.

Paxta va boshqa tolali ekinlarni yig‘ish texnologiyasi.

Paxta va g‘uzapoyaning fizik-mexanik xossalari.

Paxta terish mashinalari. Turlari, texnologik jarayoni, nazariyasi va hisobi. Vertikal va gorizontal shpindelli pata terish mashinalarining tuzilishi va ishlash jarayoni asoslari. Shpindelli baraban parametrlari. Terish apparati ish tirqishini kengligi. Shpindel o‘lchamlari. Shpindelning harakat traektoriyasi. Shpindelning aylanish tezligi. Shpindel tishining paxtani ilintirib olishi. Paxta terish apparati ajratkichining ish ko‘rsatkichlari. Paxta terish apparatini ko‘tarayotgan mexanizmdagi kuchlar. Bunkerni ko‘tarish mexanizmi ishining tahlili.

Ko‘sak terish va ko‘sak chuvish mashinalari, tuzilishi va texnologik ish jarayoni.

G‘o‘zapoyani yig‘ish texnologik jarayoni, yig‘ishtirish turlari. Mashinalarning turi, tuzilishi va ishlash printsipi.

Himoyalangan joylarda qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishni mexanizatsiyalash

Qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish uchun mo‘ljallangan issiqxonalarning turlari.

Tashqi muhitdan himoyalangan joylarda qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish va yig‘ishtirish texnologiyasi.

Tashqi muhitdan himoyalangan joylarda issiqlik balansi. Quyosh energiyasi va boshqa muqobil energiyalardan foydalanish asoslari.

Tashqi muhitdan himoyalangan joylarda qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish va yig‘ishtirishda ishlatiladigan mashinalar va qurilmalarning sinflanishi. Tashqi muhitdan himoyalangan joylarda ishlaydigan mashinalar va qurilmalar kompleksi hamda qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishdagi mexanizatsiyalashgan texnologik jarayonlar.

Mashina va qurilmalarni qo‘llash tartibi.

Tashqi muhitdan himoyalangan joylarda qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirishni industriyalashning asosiy yo‘nalishlari.

Chorvachilik fermalarini mexanizatsiyalash

Chorvachilikda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlash va kompleks mexanizatsiyalashning bugungi holati va istiqbollari.

Chorvachilikni mexanizatsiyalashning texnik, iqtisodiy va ijtimoiy jihati.

Chorvachilikda ish jarayonlarini avtomatlashtirish va uzluksiz-oqimli texnologik liniyalar. Uzluksiz-oqimli texnologik liniyalarning tuzilishi va texnik-iqtisodiy tahlili. Chorvachilikda mehnat samaradorligini oshiruvchi usullar va vositalar. Ozuqa tayyorlovchi va tarqatuvchi mashinalar. Ularga qo‘yiladigan umumiy talablar. Yem maydalash mashinalarining konstruktsiyasi va nazariyasi. Zarba nazariyasi. Ozuqa tarqatish mashinalarining konstruktsiyasi va nazariyasi. Omuxta yem tayyorlovchi agregatlar, ularning turlari va konstruktiv o‘lchamlarini hisoblash asoslari.

Ko‘k massa tayyorlovchi agregatlar, ularning turlari va konstruktsiyasi. Agregatlarning ishlash printsipi va nazariyasi.

Sutni sog‘uvchi va birlamchi ishlov beruvchi mashinalar, ularning asosiy parametrlari.

Qo‘y junini qirquvchi mashinalar, ularning asosiy parametrlarini aniqlash asoslari.

Go‘ng tozalash va yig‘ishtirish mashinalari, ularning turi, texnologik sxemasi hamda asosiy parametrlarining hisobi.

Parrandachilik fermalarida ishlarni mexanizatsiyalash mashinalari, ularning konstruktsiyasi, ish jarayoni va o‘lchamlarining hisobi.

KO‘RGAZMALI QUROLLAR

  1. O‘quv mashg‘ulotlarida ko‘rsatiladigan mashina va mexanizmlar, laboratoriya qurilmalari, jihozlar, maketlar, plakatlar, asbob uskunalar, o‘lchov asboblari.
  2. Mutaxassislik fanlari bo‘yicha slaydlar to‘plami.
  3. Mazkur fan bo‘yicha shakllantirilgan diafilmlar to‘plami.

05.07.01. «Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash» ixtisosligi uchun mutaxassislik fanlaridan davlat attestatsiya sinovining davlat  attestatsiya komissiyasi tomonidan sinov natijalarini reyting asosida yozma javoblarini baholash

MEZONI

Ushbu Mezon O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2009-yil 7-avgustdagi “Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizomni amaliyotga joriy etish haqida”gi  276-sonli buyrug‘i hamda  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2010-yil 25-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 333-sonli buyrug‘iga asosan institut ilmiy kengashining 2010-yil 6-noyabrdagi yig‘ilish qarori bilan tasdiqlangan Mezon asosida  ishlab chiqildi.

05.07.01. “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi uchun mutaxassislik fanlaridan davlat attestatsiya sinovining yozma usulda topshirish uchun tuzilgan  savollar dasturda ko‘rsatilgan mutaxassislik fanlarining fan dasturlaridagi mavzular asosida yoritilgan.

Davlat attestatsiya sinovi uchun Mezonga asosan 100 bal ajratilgan.

Dasturda ko‘rsatilgan fanlar asosida tuzilgan har bir bilet variantida 3 ta savol bo‘lib, Ularni baholash mezoni 0 baldan 100 balgacha bo‘lishi belgilangan. To‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ballni bilet variantidagi savollari bo‘yicha taqsimlanishi 1-jadvalda o‘z ifodasini topgan.

Doktarantlarning biletdagi savoliga yozma javobi alohida tahlil qilinadi  (2-jadval).

Savolga berilgan javob to‘g‘ri va to‘liq yoritilsa, savodxonlik bilan mazmunli, yangi zamonaviy ilmiy ma’lumotlar bilan bog‘lab, ilmiy salohiyatini namoyon etilgan hamda mazmuniga ta’sir etmaydigan ikkita kamchilikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilgan bo‘lsa, ajratilgan maksimal ballni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86-100% ball oralig‘ida baholanadi.

Davlat attestatsiya sinovi uchun ajratilgan ballarni taqsimlanishi

1-jadval

Biletdagi savollar Mutaxassislik fanlari Ajratilgan ballar
05.07.01. “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi

1.

1-savol

“Mobil energetik vositalar”

0-30

2.

2-savol

“Zamonaviy qishloq xo‘jalik mashinalari”

0-35
3. 3-savol

“Qishloq xo‘jalik mashinalari nazariyasi va hisobi”

0-35

Jami

0-100

          Savolga asosan to‘liq javob berib, mavzu bo‘yicha o‘z ilmiy layoqatliligini bayon etgan bo‘lsa, lekin javobida qo‘pol bo‘lmagan bitta kamchilikka yoki savol mazmuniga ta’sir etmaydigan kamchilikga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ajratilgan maksimal ballni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 71-85 % ball oralig‘ida baholanadi.

         Savolga asosan to‘liq, qoniqarli javob berib, uni bilishini o‘z fikr va mulohazalari bilan yetarli asoslagan bo‘lsa, mazmuni to‘liq yoritish oxirigacha yetmagan bitta qo‘pol xatoga yoki uchtagacha xatoga yo‘l qo‘yilgan holatda, ajratilgan maksimal ballni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 54-70 % ball oralig‘ida baholanadi.

Savolga qoniqarli javob berilmagan, uning mazmuni yoritilmagan, ya’ni yetarli javob berilmagan, o‘quv adabiyotidan so‘zma-so‘z ko‘chirilgan bo‘lsa yoki savollarga umuman javob yozilmagan bo‘lsa, ajratilgan maksimal ballni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0-54% ball oralig‘ida baholanadi.

Davlat attestatsiya sinovi uchun ajratilgan savollarga doktarant tomonidan berilgan javoblarni  o‘zlashtirishni belgilovchi

KO‘RSATKICHLAR

2-jadval

Ajratilgan maksimal ball,%

Doktarantning bilim darajasi

1.

86-100

-qo‘yilgan savolga javob to‘g‘ri va to‘liq yoritilgan, savodxonlik bilan mazmunli, yangi zamonaviy ilmiy ma’lumotlar bilan bog‘lab, ilmiy salohiyatini namoyon etsa;

-savollar mazmuni aniq yoritilib, har bir javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilgan bo‘lsa;

-O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini fan yutuqlarini tahlili va ularning amaliy samaralari, natijalari va hayotga tadbiq etilishi bo‘yicha mustaqil, ijodiy fikr mavjudligi bo‘lsa;

-javoblarda mantiqiy yaxlitlikka erishilgan va umumiy xulosalar chiqarish  tasavvuriga ega bo‘lsa;

-imlo va stilistik xatolarga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lganda.

2.

71-85

-berilgan savolga asosan to‘liq javob berib, mavzu bo‘yicha o‘z ilmiy layoqatliligini bayon etgan bo‘lsa,  lekin javobida qo‘pol bo‘lmagan bitta kamchilikka yoki savol mazmuniga ta’sir etmaydigan kamchilikga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;

-javobda magistrantning mustaqil mushohada yuritish qobilyati sezilayotgan bo‘lsa;

-ijodiy yondashuv mavjudligi;

-muammoni tahlil qilish qobilyatiga ega ekanligi.

3.

55-70

-savolga asosan to‘liq, qoniqarli javob berib, uni bilishini o‘z fikr va mulohazalari bilan yetarli asoslangan bo‘lsa, mazmuni to‘liq yoritish oxirigacha yetmagan bitta qo‘pol xatoga yoki uchtagacha yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;

-mushohada bayonida fikr tarqoqligi kuzatilayotganda;

-javoblarda mantiqiylik tamoyili buzilgan bo‘lsa;

-tasavvurga ega, lekin tahlil yetarli bo‘lmaganda.

4.

0-54

-savol bo‘yicha aniq tasavvurga ega bo‘lmasa;

-umuman javob yozilmagan bo‘lsa;

-noto‘g‘ri javob va ma’lumot berilgan bo‘lsa;

-o‘quv adabiyotidan aynan so‘zma-so‘z  ko‘chirilgan taqdirda.

FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

ASOSIY

1.Traktoriy. Konstruktsiya. Pod obshey redaktsiyey Ksenevicha I.P., Sharipova V.M. M; Mashinostroyeniye, 2000 g.

2.Gurevich A.M., Bolotov A.K., Sudnitsin V.I. Konstruktsiya traktorov i avtomobiley. M. “Agropromizdat”, 1989

3.Karimov U. Traktor va avtomobillar dvigatellari nazariyasi. Toshkent “Mexnat”, 1989

4.Xudoyberdiyev T.S. Traktor va avtomobillar nazariyasi hamda hisobi. Toshkent, “Fan va texnologiya”, 2005

5.Shoumarova M.Sh., Abdillaev T.A. “Qishloq xo‘jaligi mashinalari”. Toshkent, “O‘qituvchi”, 2002.

6.Klenin N.I. Selskoxozyaystvennie i meliorativnie mashini. Moskva. 1980.

7.Listopad G.E. Selskoxozyaystvennie i meliorativnie mashini Moskva. 1989.

8.Hamidov A.X. “Qishloq xo‘jalik mashinalarini loyihalash”.  T.1991y.

9.Yangi monografiyalar, firmalar tayyorlagan qo‘llanmalar va prospektlar, ilmiy jurnallardagi maqolalar. Internetdan olingan ma’lumotlar.

10.Shoumarova M., Abdillaev T. Qishloq xo‘jaligi mashinalari. Darslikning internetdagi elektron multimedia versiyasi. Toshkent. 2004 WWW.DIT.sentr.uz.

11.Korsun A.I. va boshqalar. “Harakatlanuvchi qishloq xo‘jalik agregatlarining dinamikaviy tafsilotlarini va ish rejimlarini muammolashtirish yo‘li bilan ulardan foydalanish samarasini oshirish”. O‘quv qo‘llanma. –T.: OOO “BOSMA”, 2003.-162 b.

12.Zangiyev A.A., Lishko G.P., Skoroxodov S.A. Proizvodstvennaya ekspluatatsiya mashinno-traktornogo parka. M.: Kolos. 1996. – 320 s.

13.Yo‘ldoshev Sh.U. Mashinalar ishonchliligi va ta’mirlash asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2006 y. – 650 b.

14.Yo‘ldoshev Sh.U. Mashinalar ishonchliligi va  ularni  ta’mirlash asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 1994 y.

15.Nadejnost i remont mashin. Prof.V.V.Kurchatkin tahriri ostida. -M.: Kolos, 2000 y.

16.Selivanov A.I., Artemev YU.N. “Teoreticheskiye osnovi remonta i nadejnosti selskogoxozyaystvennoy texniki” -M, “Kolos” 1978g.

17.Ashirbekov I.A. Mashina detallarini aerozol muhitida eritib qoplashning texnologik asoslari. -Toshkent: Fan, 2004y., -138 b.

QO‘SHIMCHA

1.Mirziyoyev Sh.M. erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent,  “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b.

2.Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston” NMIU, 2017–47 b.

3.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.  “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

4.Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 103 b.

5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 6-son, 70-modda.

6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi” 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son farmoni.

7.Nikolaenko A.V. Teoriya, konstruktsiya i raschet avtotraktornix  vigateley. M. “Kolos”, 1984.

8.Boboyev X.M va boshqalar. Traktor va avtomobil dvigatellari, amaliy mashg‘ulotlar. Toshkent “Mehnat”, 1995.

9.Listopad G.E. va b. “Selskoxozyaystvennыe i meliorativnыe mashinы”. – M. Agropromizdat 1986.

10.A.I.Korsun i dr. Povыsheniye effektivnosti ispolzovaniya mobilnыx selskoxozyaystvennыx agregatov sovershenstvovaniyem dinami-cheskix xarakteristik i rejimov rabotы, Ucheb. posobiye. – T.:OOO  “BOSMA”, 2003. – 155s.

11.V.A.Aliluyev i dr. Praktikum po ekspluatatsiya mashinno – traktornogo parka.- M.: Agropromizdat, 1987.- 303 s.

12.S.A.Iofinov va boshq. Mashina – traktor parkidan foydalanishga oid  spravochnik.- T.: Mehnat, 1988. – 380b.

13.Asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish  bo‘yicha namunaviy texnologik kartalar. 2011-2015y.y. -T.: Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi. -2011-120b.

14.N.A.Saakayan. Sistema pokazateley otsenki kompleksnыx mashin, M. Agropromizdat,  1988.

15.Yuldashev Sh.U. «Sistemniy podxod k otsenke mashin». T. 1988.

16.Qishloq xo‘jaliik texnikalari, foydalanish va ta’mirlash kafedrasi o‘qituvchilarining laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha tuzgan uslubiy ko‘rsatma va qo‘llanmalari.

17.Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash bo‘yicha himoya qilingan dissertatsiyalar (o‘qituvchi tavsiya bo‘yicha).

AXBOROT MANBAALARI

  1. www.ziyonet.uz
  2. http://www.nsu.ru/isem/grants/etfm
  3. http://www.lib.homelinex.org/math
  4. http://www.eknigu.som/lib/mathematiss
  5. http://www.eknigu.som/info/M_Mathematiss/MS
  6. http://www.rsl.ru/ – Rossiyskaya gosudarstvennaya biblioteka
  7. http://www.msu.ru/ – Moskovskiy gosudarstvenniy universitet
  8. http://www.nlr.ru/ – Rossiyskaya natsionalnaya biblioteka
  9. http://www.el.tfi.uz/pdf/enmsoq22.uzk.pdf
  10. http://www.el.tfi.uz/pdf/enmsoq22.uzl.pdf
  11. http://vistor-safronov.narod.ru/systems-analysis/papers/to-quyestion-of-systems-analysis-development.html
  12. http://vistor-safronov.narod.ru/systems-analysis/papers/to-quyestion-of-systems-analysis-development.html.