Institut yangiliklari

KORXONA VA TASHKILOT RAHBARLARI HAMDA HISOBCHILARI DIQQATIGA!!!

2023-yil yanvar-noyabr oylari yakuni bo‘yicha quyidagi statistika hisobotini xato va kamchiliklarsiz belgilangan muddatdan kechiktirmay stat.hisobot.uz sayti orqali eStat-4.0 dasturidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz:

1. Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2022-yil 16-noyabrdagi 23-mb son qaroriga 98-son ilovasi bilan tasdiqlangan “Tashkilot faoliyati to‘g‘risida”gi “12-korxona shakli” oylik hisobotini 5-dekabr sanasidan kechiktirmay.

2. Oliy ta’lim tashkilotlari:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2022-yil 16-noyabrdagi 23-mb son qaroriga 67-son ilovasi bilan tasdiqlangan “2023/2024 o‘quv yili boshiga oliy ta’lim tashkilotining hisoboti” “1 oliy ta’lim shakli” yillik hisobotini 18-dekabr sanasidan kechiktirmay.

3. Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari, banklar, sug‘urta tashkilotlaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2022-yil 16-noyabrdagi 23-mb son qaroriga 94-son ilovasi bilan tasdiqlangan “Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida”gi “12-moliya shakli” oylik hisobotini 18-dekabr sanasidan kechiktirmay.
Shuningdek, mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (91) 610-59-00

Andijon tumani statistika bo‘limi