Institut yangiliklari

   

 

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ OFINU loyihasining dastlabki yig’ilishi

Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida 2024-yil 1-fevraldan Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalashtirilgan “OFINU Open Food Innovation University – Ochiq oziq-ovqat innovatsion universiteti” loyihasini amalga oshirishni boshlandi.  OFINU Konsorsiumiga grantxolder – Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalari universiteti umuniy rahbarlik qiladi. Shuningdek, loyihada Nitra agrar universiteti (Slovakia); Oʻzbekistondan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar universiteti; Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti; Tojikistondan Tojikiston texnologiya universiteti; Tojikiston texnologiya universiteti Isfara filiali; Kulob texnologiya va innovatsion menejment universiteti, jami 7 ta oliy o’quv yurtlari qatnashmoqda.

OFINU loyihasidagi maqsadlarga mos ishlar allaqachon taqsimlanib bajarish boshlangan bo’lsada, yuzma yuz dastlabki uchrashuv (kick-off meeting) Tojikiston texnologiya universitetida 2024-yil 6-7-may kunlari tashkil etildi. Unda Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutidan rektor, professor Toxirjon Sultanov va koordinator Bahodirjon Nosirov qatnashdilar. Uchrashuvda barcha hamkorlardan, Tojikiston ta’lim va fan vazirligidan, Erasmus+ Tojikiston ofisidan  vakillar qatnashdilar.

Uchrashuvda loyiha doirasidagi oliy ta’limdagi xizmatlar taklifini diversifikatsiya qilish, shu maqsaddagi ishchi paketlar, o’quv modullari, professor-o’qituvchilar uchun Latviya va Slovakiyadagi treninglar, olinadigan jihozlar, moliyaviy asoslari batafsil muhokama qilindi. Shuningdek sifatni ta’minlash, targ’bot va boshqaruv strategiyalari tasdiqlandi. Tojikiston texnologiya universitetining tegishli kafedra faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Tadbir davomida Tojikiston texnologiya universiteti hamda uning Isfara filiali bilan hamkorlik shartnomasi ham imzolandi.

OFINU loyihasiga jalb qilingan Markaziy Osiyo universitetlarida oziq – ovqat mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog’liq bilimlarni  yoki oliy ma’lumot olish uchun o’qitish modulli shaklda olib boriladigan va kunduzgi talabalar bilan birgalikda mustaqil tinglovchilar modullarni o’rganish uchun ishtirok etadigan yangi innovatsion o’quv shaklini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilgan. Masalan, bu xizmatlardan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi mutaxassislar yoki mutaxassis bo’lishni istaganlar foydalanishi mumkin bo’ladi.  Shu maqsadda huquqiy asos yaratiladi va mustahkamlanadi, o’quv modullari ishlab chiqiladi, online platform yaratiladi, hamkorlarning ilmiy-pedagogik xodimlari o’qitiladi va jihozlar olinib o’qish uchun zarur bo’lgan moddiy baza ishlab chiqiladi.

OFINU loyihasida tashqi o’quvchilar kunduzgi talabalar bilan birgalikda ma’lum modullarda qatnashadilar, shu bilan o’qishni tugatgandan so’ng har bir modul uchun belgilangan kreditlarni oladilar. Ushbu yondashuv mehnat bozoriga allaqachon kirib kelgan odamlarga o’rganish, raqobatbardoshligini oshirishga imkon beradi.

Loyihada muhim rol qo’shimcha sheriklarga ham beriladi – beshta oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va bitta biznes birlashmasi, ular yangi o’quv modullarini loyihalash jarayonida ishtirok etadilar, ularni tasdiqlashda qatnashadilar va xodimlarni sinovda ishtirok etish uchun jo’natadilar.

OFINU loyihasi 2024 yilning fevralidan 2027 yilning yanvarigacha amalga oshirilib, ta’lim sifatini oshirish orqali institutning milliy va xalqaro reyting ko’rsatkichlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.