Institut yangiliklari

Viloyat hokimi Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv muloqot o‘tkazmoqda.

Talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, yoshlarni kasbga yo‘naltirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada uyg‘unlashtirish, talabalar bandligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur muloqotda Andijon viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalarining rektorlari, prorektor va tyutorlari ishtirok etishmoqda.