Institut yangiliklari

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida bugun qator bahoriy tadbirlar o‘tkazildi. Ulardan biri nafosat va vafoda tengi yo‘q ayol, kitobxonlarning suyukli shoirasi Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan tadbir edi. Institut xotin-qizlar boshqaruv kengashi hamda O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi talaba qizlar bilan birga mazkur tadbir mezmoni bo‘lishdi. Zukko, odobli qizlarimiz shoiraning hayoti va ijodiga alohida to‘xtaldilar. Uning vafo, yor sog‘inchi, azobli tunlarga bag‘ishlangan eng sara she’rlari yod olindi. Musiqiy chiqishlar guldastasi bahor ayyomining daragi edi. Mehmon sifatida ishtirok etgan o‘quvchi qizlar esa do‘ppilarning ipaklari tillodan ekanini ko‘z-ko‘z qilishdi.

Modalar namoyishi asl o‘zbek qizlarining ko‘rinishini milliy liboslarida namoyon etdi. Olqishlar va xush kayfiyatda o‘tgan tadbirning faol qatnashchilari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.