Institut yangiliklari

Andijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari shoshiling!!!

Institutimizda talaba yoshlarning darslardan so‘ng bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun haftaning dushanba-juma kunlarida soat 16:00 dan 20:00 gacha Ingliz, Nemis, Rus tillari bo‘yicha, shuningdek Axborot texnologiyalari fanlaridan bepul o‘quv kurslari faoliyatini boshladi. Ushbu o‘quv kurslariga institutning tajribali professor-o‘qituvchilari jalb etilgan bo‘lib, mashg‘ulotlar zamonaviy o‘quv auditoriyalarda olib boriladi. Kurslarda barcha bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.

🏛 Manzil: Institut 1-o‘quv binosi 2-qavatida joylashgan. (Agrobiologiya fakulteti, Oʼsimlikshunoslik va moyli ekinlar kafedrasi).