Institut yangiliklari

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov muloqot olib bormoqda. Maqsad bugungi islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini yoshlar ongida shakllantirish, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar haqida talabalar fikrlarini o‘rganishga qaratildi.

Darhaqiqat, mamlakatimizdagi islohotlar Inson qadri tamoyili asosida olib borilayotgani bugun hamyurtlarimiz hayotida butkul o‘zgarishlarga sabab bo‘layotgani ahamiyatli. Muloqotlarda ayni shu masalalar bo‘yicha yoshlarning munosabatlari o‘rganildi.