Institut yangiliklari

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Oliy Majlis Senati a’zolari talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan muloqot o‘tkazishdi. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari Tolibjon Madumarov, Ravshan Alimov, Matlubaxon G‘aniyeva qatnashishdi.

30-aprel. Ushbu sana xalqimiz hayotidagi esda qolarli kun sifatida muhrlanadi. Boisi xalq ushbu kunda ilk marotaba o‘zi yaratgan Konstitusiyasiga ovoz beradi. Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, ushbu jarayon mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan yutuq va marralarimizning huquqiy poydevoridir.

Senatorlar tomonidan yangilanayotgan konstitutsiyaning avvalo Inson qadri tamoyilini ilgari suruvchi g‘oya asosida, fuqarolarning huquq va erkinliklarini qonunan kafolatlashga xizmat qilishi qiyosiy tahlillar asosida tusbuntirib o‘tildi.

Referendum nima? Saylovdan farqi qanday va ovoz berish jarayoni haqida ham yoshlarga tushunchalar berildi.