Institut yangiliklari

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Yoshlar bilan ishlash,  ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan «Yoshlar oqoshmi» tashkil etildi. Ko‘ngil ochar tadbirni institut rektori K.S.Komilov ochib berdi. Yoshlar uchun yangi O‘zbekiston sharoitida qaratilgan e’tibor va imkoniyatlarga mamnuniyat bilan to‘xtalib o‘tdi. Har bir fakultetda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar tomonidan kuy va qo‘shiqlar, raqslar guldastasi namoyish etildi. Tyutor Sh.Alisherov tamonidan talabalar o‘rtasida intelektual o‘yin tashkil etildi va g‘olib bo‘lgan talabalar ma’naviyat bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Talabalik davrini ommaviy «disco shou» bilan davom ettirdilar.