Institut yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi “Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-216 sonli qarori 1-ilovasi 27-bandida Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti va Institutda 2023/2024-oʻquv yilidan tajriba-sinov tariqasida xorijiy tillarni oʻrgatishni autsorsing shaklida tashkil etish vazifasi qoʻyilgan. Ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash boʻyicha institut rektorining alohida buyrugʻi ishlab chiqilib, ishchi guruh tuzilib, ular tomonidan ochiq tender tanlovi eʼlon qilindi. Tanlovda Registon study NTM gʻolib deb topilib, ushbu oʻquv markazi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Oʻquv markazining mutaxassislari 1-bosqichda tahsil olayotgan talabalardan test usulida xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlab oldilar.

Natijada 100 nafar talabalar saralab olinib, ularga oʻquv markazining tajribali oʻqituvchilari dars mashgʻulotlarini olib borishni yoʻlga qoʻydilar. Ushbu saralab olingan talabalar oʻquv yili yakuniga qadar milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega boʻlishadi. Oʻquv mashgʻulotlari boshlanishi munosabati bilan Registon study NTM taʼsischisi A.Toʻlovov institutga tashrif buyurib, institut rektori bilan memorandum imzoladi.