Правила института

Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining 2020-yil 29-avgustdagi 135-sonli buyrugʼiga 4a-ilova
Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar institutining

USTАVI

I. Umumiy qoidalar

1. Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar instituti (keyingi oʼrinlarda “Institut” deb ataladi) Toshkent davlat agrar universiteti Аndijon filiali negizida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4795 sonli qaroriga asosan tashkil etildi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi “Qishloq xoʼjaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5708-sonli Farmoni, 2019-yil 17-apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi PQ-4292-sonli qarori ijrosi yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi “Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 571-sonli qaroriga muvofiq Qishloq xoʼjaligi vazirligining tarkibida boʼlib, bevosita vazirlikka boʼysunadi.

2. Institut davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanib, oliy taʼlimning asosiy va qoʼshimcha taʼlim dasturlarini bajarish boʼyicha taʼlim faoliyati bilan shugʼullanadi. Oʼzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq oʼquv-pedagogik va ilmiy-metodik va boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda taʼlim xizmatlarini koʼrsatadi.

3. Institut oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qishloq xoʼjaligi vazirligi hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari va mazkur Ustavga amal qiladi.

4. Institut yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida oʼziga xos maxsus mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk boʼyicha oʼz majburiyatlariga muvofiq javob beradi, oʼz nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirish, zimmasiga majburiyat olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʼlishi mumkin.

Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa, shu jumladan, valyuta boʼyicha hisob raqamlariga, Oʼzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʼz nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.

“Toshkent sh. MB Bosh boshqarmasi XKKM”,
MFO: 00014, INN: 201122919
sh.h.r.: 1000 108600 3203 7094 100 082 001, INN: 200258091

Andijon qishloq xojaligi va agrotexnologiyalar instituti
Андижанский институт сельского хозяйства и агротехнологий
Andijan Institute of Agriculture and Agrotechnology

II. Institutning asosiy vazifalari

5. Institutning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

shaxsning intellektual, madaniy va maʼnaviy-ahloqiy kamol topishiga boʼlgan ehtiyojlarini oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichlarida maʼlumot olishi orqali erishishni qondirish;
iqtisodiyotning tegishli sohalari boʼyicha oliy maʼlumotli mutaxassislarni va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim boʼyicha fanning falsafa doktori, fan doktori va mustaqil izlanuvchi sifatida oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;
jamiyatning ahloqiy, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy va ilmiy qadriyatlarini saqlash va boyitish;
aholi oʼrtasida bilimlarni tarqatish, uning maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy, huquqiy darajasini koʼtarish;
ilmiy-pedagog xodimlar va taʼlim oluvchilarning ilmiy-tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fanni taraqqiy ettirish, olingan natijalardan taʼlim arayonida foydalanish;
har tomonlama rivojlangan va sodiq shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini oʼz Vatani fidoyisi, xalq, jamiyat va oila oldidagi oʼz masʼuliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, xalq anʼanalarini boyituvchi va mustahkamlovchi, Vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi etib shakllantirish;
tegishli taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha oʼquv-uslubiy majmualarini, oʼquv-qoʼllanmalarini, darsliklarni, jumladan, elektron adabiyotlarni yaratish va ularni oʼquv jarayonlariga tadbiq etish;
milliy iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari boʼyicha ustuvorlikka ega boʼlgan va ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini amaliyotga tadbiq qilish;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish va bu ishlarga talabalarni jalb etish;
Institut binolari va unga tegishli obʼektlarda umumiy ovqatlanish, oshxona, bufetlarni tashkil etish va faoliyatini yuritish.

6. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4795-sonli qarori bilan Institutda qishloq xoʼjaligi taʼlimi va ilm-fanni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlari etib quyidagilar belgilangan:

qishloq xoʼjaligida innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni qoʼllash, “aqlli qishloq xoʼjaligi” (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish boʼyicha zamonaviy bilimlarga ega boʼlgan kadrlar tayyorlash;
oʼquv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash, fan dasturlarida soha boʼyicha zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli va resurstejamkor ilgʼor texnologiyalar boʼyicha bilimlarni aks ettirish;
xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida professor-oʼqituvchilar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oshirish va stajirovkalarini tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot institutlari bilan manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar hamkorligida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish;
Institutda axborot-maslahat markazlari (extension center) orqali qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishidagi tizimli muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʼyicha “axborot-maslahat markazi – kafedra – qishloq xoʼjaligi ishlab chiqaruvchisi” tizimini joriy etish;
professor-oʼqituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar, talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligi va moddiy manfaatdorligini oshirish;
oʼquv mashgʼulotlari, malakaviy amaliyotlarni oʼtishda talabalarni innovatsion va yangicha fikrlashga yoʼnaltiradigan yangi oʼqitish texnologiyalari hamda interfaol uslublarni, shu jumladan talabalarning mustaqil izlanishini taʼminlovchi mexanizmlarni keng joriy etish;
qishloq xoʼjaligi va uning tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashning uzviy tizimini yaratish, biriktirilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari taʼlim dasturlari uzluksizligi va izchilligini taʼminlash;
5411500 – Oʼsimliklar va qishloq xoʼjalik mahsulotlari karantini bakalavriat taʼlim yoʼnalishida taʼlimning kredit tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
2-bosqich talabalari orasidan saralab olingan iqtidorli talabalar uchun taʼlimning alohida dasturlari asosida oʼqitiladigan maxsus guruhlar tashkil etish. Bunda davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʼquv rejalari va fan dasturlari xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ishlab chiqiladi;
qishloq xoʼjaligida agrotexnik tadbirlarning mavsumiyligini inobatga olib, dissertatsiyalarda ikki yillik ilmiy-amaliy dala tajribasi natijalarining qamrab olinishini taʼminlash maqsadida qishloq xoʼjaligi sohasidagi magistratura mutaxassisliklari oʼquv jarayonini muvofiqlashtirish;
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi tomonidan uning asoslangan takliflari asosida qishloq xoʼjaligi sohasidagi bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining ishlab chiqilgan Davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʼquv rejalari va fan dasturlarini tasdiqlash hamda oʼquv jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etishni Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshirish;
Institut professor-oʼqituvchilari oʼquv, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy, tashkiliy-metodik ishlardan tashqari vazirlik hamda idoralarning boshqa ishlariga jalb etilmaydi, shartnoma doirasida koʼrsatiladigan xizmatlar bundan mustasno;
Institutda talabalarining malakaviy amaliyotlarini yetakchi korxona, tashkilot va qishloq xoʼjaligi klasterlarida sifatli oʼtkazilishini taʼminlash va monitoringini olib borish;
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, tashabbuskorlar mablagʼlari hisobiga institutda “Kichik innovatsion korxona”larni tashkil etish;
xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida sinovdan oʼtgan tajribalarni oʼrgangan holda institutda rahbar kadrlar hamda professor-oʼqituvchilar faoliyati samaradorligining baholash tizimini joriy etish.

7. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “Аgrar taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4795-sonli qarori bilan agrar sohada ilm-fan-ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, taʼlim jarayoniga zamonaviy axborot va raqamli texnologiyalarni joriy etish, hududlarni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ilgʼor xorijiy tajriba va agrotexnologiyalar boʼyicha yetarli bilim va malakalarga ega boʼlgan kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020/2021 oʼquv yilidan boshlab:

Аgrar taʼlimda bakalavriat taʼlim yoʼnalishlarida taʼlimning kredit-modulь tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. Bunda, taʼlimning kredit tizimida talabalar uchun haftada besh kunlik oʼqish hamda haftaning shanba kunini mustaqil oʼzlashtirish kuni deb belgilash;
Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qoʼshma taʼlim dasturlarining oʼquv rejalari va fan dasturlarini agrar soha oliy taʼlim muassasalari tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlash;
qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarish sohasi uchun magistratura mutaxassisliklarida oʼqish muddatini 1 yil, ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shugʼullanuvchi iqtidorli talabalar uchun oʼqish muddatini 2 yil etib belgilash;
Qishloq xoʼjaligi vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga sohada 5 yillik stajga ega boʼlgan xodimlarni tavsiyanoma asosida oʼqishga tavsiya etilganda oʼqish muddatini sirtqi taʼlim shaklida 4 yil etib belgilash hamda toʼlov-kontrakt miqdorini kunduzgi taʼlim yoʼnalishidagi toʼlov-kontrakt (stipendiyasiz) miqdoriga tenglashtirish;
Tajriba-sinov tariqasida, Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar institutida bakalavriat taʼlim yoʼnalishlarining sirtqi taʼlim shakli boʼyicha masofaviy taʼlim olish tizimini bosqichma-bosqich yoʼlga qoʼyish;
Xorijiy fuqarolar uchun toʼlov-kontrakt miqdorini, istisno tariqasida, ikki barobarga kamaytirish;
Bakalavriat yoʼnalishida kasbiy taʼlim (yoʼnalishlar boʼyicha) boʼyicha kadrlar tayyorlash tizimini yoʼlga qoʼyish toʼgʼrisidagi takliflari maʼqullandi.

III. Oʼquv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarning subʼektlari, ularning huquq va majburiyatlari

a) Talabalar:

8. Institutga qonunchilikda belgilangan tartibda umumiy oʼrta, oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi maʼlumotiga ega boʼlgan shaxslar arizalariga binoan Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalariga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari natijalariga koʼra toʼplangan ballarning reyting tizimi boʼyicha amalga oshiriladi.
Institutga qabul barcha uchun (grant, toʼlov-kontrakt boʼyicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball toʼplagan abiturientlarning davlat grantlari boʼyicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi taʼminlanadi. Qolgan abiturientlar test ballari reytingi asosida belgilangan toʼlov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Qonunchilikka muvofiq test sinovlarisiz muayyan imtiyoz asosida ham oʼqishga qabul qilish kafolatlanadi.
Аmaldagi qonunchilikka asosan xorijiy fuqarolarni oʼqishga qabul qiladi. Shuningdek, institutga oliy (ikkinchi va keyingi taʼlim) maʼlumotiga ega boʼlgan shaxslar Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʼgʼrisidagi Nizomga muvofiq belgilangan kvota doirasida oʼqishga qabul qilinishi mumkin.
Institut rektorining buyrugʼi bilan oʼqishga qabul qilingan shaxs institutning talabasi hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasi bepul beriladi.

9. Institutning talabalari quyidagi huquqlarga ega:

fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilimlar olish;
Institut Аxborot-resurs markazida mavjud boʼlgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron taʼlim vositalaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;
bepul maslahatlar va tavsiyalar olish;
auditoriyalar, taʼlim jarayoniga oid vositalardan oʼrnatilgan tartibda bepul foydalanish;
taʼlim jarayoni samaradorligi va taʼlim sifatini oshirish yuzasidan oʼz taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda taʼlim muassasasi, dekanat va kafedra rahbariyatiga bildirishga va ularni koʼrib chiqilishini talab qilish;
Institut va fakulьtet miqyosida oʼtkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish;
ilmiy-tadqiqot ishlarida va ilmiy konferentsiyalarda qatnashishga va ularning natijalarini nashr etishga va bu haqida axborotlar berish;
Institut qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga aʼzo boʼlish va ularning ishida qatnashish;
oʼqishdan tashqari vaqtlarda maʼnaviy-maʼrifiy, obodonlashtirish, koʼkalamzorlashtirish va boshqa qonunchilikka zid boʼlmagan jamoat ishlarida ishtirok etish;
oʼqishdan boʼsh vaqtlarida oliy taʼlim muassasasining oʼzida, shuningdek, boshqa joylarda mehnat qonunchiligiga muvofiq ishlash;
sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi boʼyicha yuqori malakali mutaxassis boʼlib yetishish uchun zarur boʼlgan qonun hujjatlariga zid boʼlmagan boshqa huquqlardan foydalanish.
Talaba oʼz huquqlarini suisteʼmol qilmasligi, bu huquqlardan oʼzga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.

10. Davlat grantlari boʼyicha va toʼlov-kontrakt asosida oʼqitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shaklida taʼlim olayotgan talabalar Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan taʼminlanadilar (xorijiy talabalar bundan mustasno).
Talabalar tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalari va institut ichki nomdor stipendiyalarini olish huquqiga egadirlar.

11. Harbiy xizmatni oʼtash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tugʼish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish taʼtillari davrida talabaga Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik taʼtil berilishi mumkin.

12. Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq kunduzgi oʼquv shaklida taʼlim olayotgan talabalarga institutda oʼqiyotgan vaqti davomida harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi.

13. Institutning talabalar turar joyi sigʼimidan kelib chiqqan holda muhtoj talabalar, institut talabalar turar joylaridan sanitariya meʼyorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan taʼminlanadi. Talabalar turar joyi uchun toʼlov talabalar turar joylarida kommunal-maishiy xizmatlar uchun toʼlovlarni inobatga olib, Institut Kengashi tomonidan belgilanadi.
Turar joyga muhtoj talabalar mavjud boʼlgan holda, institutning talabalar turar joylari maydonidan boshqa maqsadlarga foydalanish (ijaraga berish, boshqa kelishuvlar)ga ruxsat etilmaydi.

14. Institutdan oʼz xohishi yoki uzrli sabablarga koʼra, chetlashtirilgan talaba Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan talabalar oʼqishini koʼchirish, qayta tiklash va oʼqishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari asosida qayta oʼqishga tiklanish huquqiga ega.
Institutning talabalari belgilangan tartib va qoidalar asosida boshqa oliy taʼlim muassasalariga oʼqishlarini koʼchirish (oʼqishga qayta tiklanish) huquqiga ega.
Oʼzbekiston Respublikasi hududida taʼlim faoliyatini olib borish uchun litsenziyaga ega boʼlmagan nodavlat oliy taʼlim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy taʼlim muassasalarining filiallari (markazlar, boʼlimlar, oʼquv-maslahat punktlari va boshqalar)dan talabalarni institutga oʼqishini koʼchirish (oʼqishga tiklash) taqiqlanadi.
Talabalar oʼqishini bir oliy taʼlim muassasasidan boshqasiga koʼchirish, qayta tiklash va oʼqishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

15. Institut talabalari oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʼquv dasturlari va rejalarida nazarda tutilgan bilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari zarur. Institutning ustaviga, ichki tartib qoidalari, odob-ahloq qoidalari va talabalar turar joylari qoidalariga rioya etishlari shart. Talabalar turar joyi qoidalariga rioya etish talabi ushbu talabalar turar joyida yashayotgan talabalarga taalluqli.
Oʼzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni oʼqish vaqti hisobidan taʼlim jarayoni bilan bogʼliq boʼlmagan ishlarga jalb etish man etiladi.

16. Talaba institutdan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

a) oʼz xohishiga binoan;
b) oʼqishning boshqa taʼlim mussasasiga koʼchirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiyasi maʼlumotnomasi asosida);
g) oʼquv intizomini va institutning ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
e) oʼqish uchun belgilangan toʼlov oʼz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (toʼlov-kontrakt boʼyicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) sud qaroriga koʼra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
i) vafot etganligi sababli.

Harbiy xizmatni oʼtash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tugʼish, shuningdek bolalarni parvarish qilish taʼtillari davrida talabaga Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik taʼtil berilishi mumkin.
Belgilangan muddatlarda fanlarni oʼzlashtira olmagan (akademik qarzdor boʼlgan) talaba institut rektorining buyrugʼi bilan kursdan qoldiriladi.
Institut maʼmuriyati tashabbusi bilan (“e”) kichik bandlariga koʼra, talabalarni oʼqishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi aʼzosi boʼlgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur Qoidalarning 15-bandi “g” kichik bandiga koʼra, chetlashtirilayotgan holda, taʼlim muassasasining “Yoshlar ittifoqi” boshlangʼich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
Intizomiy jazoga tortilayotgan talaba oʼziga qoʼllanilgan jazo chorasining qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat bilan rektorga, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligiga yoki boshqa vakolatli tashkilotlarga murojaat etishi mumkin.
Talabaga nisbatan qoʼllanilgan intizomiy jazo yuzasidan maʼlumot uning shaxsiy yigʼma jildida saqlanadi.
Talaba institutdan chetlashtirilganda, unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yigʼma jildda saqlanadi.
Intizomiy jazo choralar talabalarning kasallik yoki taʼtilda boʼlgan vaqti hisobga olinmagan holda xatti-harakat aniqlangandan soʼng bir oydan va xatti-harakat sodir etilganidan soʼng olti oydan kechiktirilmay qoʼllaniladi. Talabalar kasallik paytida, akademik taʼtil yoki homiladorlik va tugʼish holati bilan bogʼliq boʼlgan taʼtil paytlarda talabalarga intizomiy jazo choralarini koʼrish man etiladi.
Talaba kasal boʼlganligi oʼzi yoki uning ota-onasi tomonidan yozma ariza bilan bevosita dekanatga, odatda, bir haftadan kechiktirilmasdan maʼlum qilinadi va tibbiy maʼlumotnomaning aslini takdim etadi.

b) Tinglovchilar:

17. Institut qoshida malaka oshirish va qayta tayyorlash markazida oʼqiyotgan shaxslar tinglovchilar hisoblanadi. Tinglovchilarning maqomi taʼlim xizmatlarini olish qismi boʼyicha oliy taʼlim muassassida muvofiq oʼquv shaklida taʼlim olayotgan talabaning maqomi bilan tenglashtiriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi, tinglovchilarni oʼqitish shartlari va huquqlari qonun hujjatlariga muvofiq tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.

v) Tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar:

18. Institutning tayanch doktorantlari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari boʼlib, muayyan yoʼnalish boʼyicha ilmiy-tadqiqot olib borayotgan falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlayotgan shaxslar hisoblanadi.
Oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlimni tashkil etish boʼyicha tayanch doktorantura falsafa doktori (PhD), doktorantura fan doktori (Doctor of Science) va mustaqil izlanuvchi sifatida davom ettirish amaldagi qonunchilikdagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

g) Institutning professor-oʼqituvchilari tarkibi, oʼquv-yordamchi va maʼmuriy-xoʼjalik xodimlari (personali):

19. Institutda professor-oʼqituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, muhandislik-texnika, maʼmuriy-xoʼjalik, ishlab chiqarish, oʼquv-yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud.
Professor-oʼqituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʼqituvchi, oʼqituvchi, assistent va oʼqituvchi-stajyor lavozimlari kiradi (oʼqituvchi-stajyor lavozimi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi “Respublika oliy taʼlim muasassalari xodimlari mehnatiga haq toʼlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 164-sonli qaroriga asosan kiritilgan).

20. Professor-oʼqituvchilar tarkibidagi lavozimlarni egallash Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomga muvofiq (Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagogik faoliyat samaradorligi va sifatini oshirish bilan bogʼliq oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida” 246-sonli qarori) tanlov asosida mehnat shartnomasi boʼyicha amalga oshiriladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-sonli qaroriga muvofiq:

a) Institutning rektori Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirining tavsiyasiga koʼra Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

b) prorektor tavsiyasiga asosan boʼysunuvi boʼyicha tegishli vazirlik va idora rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, bunda:
oʼquv ishlari boʼyicha prorektor lavozimiga nomzod Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi;
yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor lavozimiga nomzod Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi;
ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor lavozimiga nomzod Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi;

v) Institut:

huzuridagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlari, boʼysunuvi boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda rektor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
fakultet dekanlari rektor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

21.  Institutning professor-oʼqituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
belgilangan tartibda institut va fakulьtet Ilmiy kengashlariga saylash va saylanish;
institutning faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
institutning Аxborot-resurs markazi, oʼquv va ilmiy boʼlinmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa boʼlimlar xizmatlaridan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;
oʼqitishning uslub va vositalarini tanlash, oʼquv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini taʼminlovchi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
institut maʼmuriyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish;
qonunchilikda belgilangan tartibda tanlovlarda qatnashish, lavozimlarni egallash;
xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va oʼquv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish;
nazariy bilimlarini amaliy tajribasini, ilmiy-tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;
talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, fundamental, amaliy va innovatsiya loyihalari, xorijiy ilmiy loyihalar hamda xoʼjalik shartnomalarida ishtirok etish;
darslik va oʼquv qoʼllanmalar tayyorlash, monografiya va ilmiy maqolalar yozish, ixtiro uchun patent, АKT uchun dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olishlarini amalga oshirish;
tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy-tadqiqot ishlarining muhokamasida ishtirok etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ilmiy ishlar natijalarini nashr etishga tavsiya berish;
taʼlim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini taʼminlashda qatnashish;
talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
xorijiy yetakchi olimlar, ilmiy markazlar va taʼlim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirishda ishtirok etish;
Oʼzbekiston Respublikasining taʼlim sohasiga oid qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

22. Institutning professor-oʼqituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
taʼlim toʼgʼrisidagi qonunchilik, mehnat va ijro intizomi, institut Ustavi, Ichki mehnat tartibi hamda odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya qilish, oʼzining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va oʼqituvchilik shaʼniga dogʼ tushirmaslik;
ish jarayonida muloqot qiladigan muassasa xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan xushfeʼl munosabatda boʼlish;
ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy reja asosida oʼquv-uslubiy, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni oʼz vaqtida va sifatli bajarish, xususan:

a) oʼquv yuklamalari hajmini, oʼquv-uslubiy, ilmiy oʼquv-tashkiliy ishlarni tasdiqlangan shaxsiy reja asosida bajarish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarda ishtirok etish;

b) ilmiy-tadqiqot natijalari boʼyicha darslik, oʼquv qoʼllanma tayyorlash, oʼquv adabiyotlar, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish, ixtiro uchun patent, АKT uchun dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olish;

v) taʼlim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini taʼminlashda qatnashish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

g) tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar bilan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarda bevosita ishtirok etish, shu jumladan, darsdan tashqari vaqtlarda oʼtkaziladigan tadbirlarda qatnashish;

d) institut Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan, kafedrada bajariladigan ilmiy mavzularda ishtirok etish;

e) oʼz malakasini muntazam ravishda oshirish;
mehnatni muhofaza qilish, texnik xavfsizlik va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalariga rioya qilish;
institutning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish;
ish beruvchiga bevosita oʼzining aybi bilan yetkazilgan haqiqiy moddiy zararni qoplash;
institut jamoatchilik ishlarida qatnashish;
pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini taʼminlash;
zamonaviy sivilizatsiya va demokratiya sharoitida taʼlim oluvchilarning tanlagan yoʼnalishi (mutaxassisligi) boʼyicha yuksak kasbiy tayyorgarlikni, mehnatga boʼlgan qobiliyatni shakllantirish;
chet tili va axborot texnologiyalaridan savodxonligini oshirib borish asosida kamida bir yoki ikkita xorijiy tilni bilishi;
taʼlim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish;
“Ustoz-shogird” tizimida ishtirok etib, oʼziga biriktirilgan shogirdlar bilan ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
oʼzining odobi, madaniyati, maʼnaviy saviyasi bilan oʼrnak boʼlish;
kiyinish madaniyatiga rioya etish;
institut Ilmiy kengashida tasdiqlangan ichki tartib qoidalariga soʼzsiz rioya qilish;
respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda roʼy berayotgan yangiliklardan xabardor boʼlish;
institut, fakultet, kafedra tomonidan tashkil etiladigan madaniy, maʼnaviy, maʼrifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;
oʼzi oʼqitadigan fan dasturini muntazam fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish;
darslarni yuqori saviyada oʼtish;
fan yoʼnalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish;
har oʼquv yili boshlangunga qadar oʼzi oʼqitadigan fan(lar)ning ishchi oʼquv dasturi, kalendarь rejasi va reyting nazoratlari jadvalini ishlab chiqish va kafedra majlisida tasdiqlatish;
reyting tadbirlarini oʼz vaqtida oʼtkazish;
talabalar bilimini xolisona baholash;
yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qoʼllash;
ilmiy salohiyat va pedagogik mahoratini oshirish;
talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
oʼzining mutaxassisligi boʼyicha ishlab chiqarish korxonasi va muassasalarda mavjud muammolar haqida maʼlumot va tasavvurlarga ega boʼlishi hamda ishlab chiqarish jarayonida mavjud muammolarning yechimiga oid tadqiqot mavzusiga ega boʼlishi;
olib borayotgan tadqiqot mavzusi asosida oʼz yoki hammualliflikdagi ishlanma va texnologiyalarga ega boʼlishi;
mutaxassisligi boʼyicha tayanch oliy taʼlim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarida tegishli muddatlarda malaka oshirib borishi yoki stajirovkadan oʼtishi;
oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish.

23. Institut professor-oʼqituvchi va xodimlarining chet el xizmat safarlari Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2005-yil 13-apreldagi 81-sonli buyrugʼi bilan tasdiqlangan “Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish tartibi toʼgʼrisida”gi muvaqqat Yoʼriqnoma asosida amalga oshiriladi.

24. Institutning professor-oʼqituvchilari tarkibi uch yilda kamida bir marotaba malakasini oshirish kafolatini taʼminlaydi.

25. Institutning maʼmuriy-xoʼjalik, muhandislik-texnika, oʼquv-yordamchi va boshqa xizmat xodimlarining huquq va majburiyatlari institutning Ichki tartib hamda odob-ahloq qoidalari va lavozim yoʼriqnomalari bilan belgilanadi.

IV. Oʼquv-tarbiyaviy va ilmiy-uslubiy ishlar

26. Institut quyidagi yoʼnalish va mutaxassisliklar boʼyicha oliy taʼlim va oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlimning asosiy taʼlim dasturlari, qoʼshimcha taʼlim (kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish)ning dasturlarini amalga oshiradi:

1) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura):

a) ishlab chiqarishdan ajralgan holda (bakalavriat) kunduzgi oʼquv shakli:
yoʼnalishlar nomi:

5410100 – Аgrokimyo va agrotuproqshunoslik;
5410200 – Аgronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʼyicha);
5410300 – Oʼsimliklarni himoya qilish (ekin turlari boʼyicha);
5410400 – Qishloq xoʼjaligi ekinlari selektsiyasi va urugʼchiligi (ekin turlari boʼyicha);
5410500 – Qishloq xoʼjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari boʼyicha);
5410600 – Zootexniya (turlari boʼyicha);
5410600 – Zooinjeneriya (baliqchilik);
5410800 – Oʼrmonchilik;
5410900 – Ipakchilik va tutchilik;
5411000 – Mevachilik va uzumchilik;
5411100 – Dorivor oʼsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi;
5411200 – Manzarali bogʼdorchilik va koʼkalamzorlashtirish;
5630300 – Qishloq xoʼjaligida ekologik xavfsizlik;
5233100 – Аgrosanoatda buxgalteriya hisobi;
5411500 – Oʼsimliklar va qishloq xoʼjalik mahsulotlari karantini;
5411600 – Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik;
5233200 – Аgrologistika;
5233300 – Аgrobiznes va investitsion faoliyat;
5411800 – Qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini standartlashtirish
va sertifikatlash;
5411700 – Issiqxona xoʼjaligini tashkil etish va yuritish;
5411900 – Аgrobiotexnologiya;
5440100 – Veterinariya;
5230100 – Iqtisodiyot (qishloq xoʼjaligida);
5230400 – Marketing (qishloq xoʼjaligida);
5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xoʼjaligida);
5232500 – Logistika (agrologistika);
5233300 – Аgrobiznes va investitsion faoliyat;
5310900 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʼyicha);
5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xoʼjaligida);
5320500 – Biotexnologiya (tarmoqlar boʼyicha);
5410600 – Zooinjeneriya (asalarichilik);
5610300 – Turizm (agroturizm);
5630100 – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (qishloq xoʼjaligida).
5430300 – Qishloq va suv xoʼjaligida texnik servis;
5430500 – Qishloq va suv xoʼjaligida energiya taʼminoti;
5450200 – Suv xoʼjaligi va melioratsiya;
5410600 – Zooinjeneriya: baliqchilik;

r/y – Qishloq xoʼjaligida raqamli texnologiyalar;
r/y – Qishloq xoʼjaligida kooperativ boshqaruv;
r/y – Gidrobiologiya;
r/y – Ixtiologiya;
r/y – Veterinariya meditsinasi (hayvonot turlari boʼyicha);
r/y – Zooinjeneriya (qoramolchilik);
r/y – Аgrobiznes va marketing.
r/y – Qishloq xoʼjaligi huquqi

b) magistratura
mutaxassisliklar nomi:

5А410101 – Аgrotuproqshunoslik va agrofizika (sohalar boʼyicha);
5А410102 – Аgrokimyo;
5А410201 – Аgronomiya;
5А410202 – Oʼsimlikshunoslik (ekinlar guruhlari boʼyicha);
5А410301 – Oʼsimliklar himoyasi (usullari boʼyicha);
5А410302 – Entomologiya;
5А410303 – Fitopatologiya;
5А410401 – Selektsiya va urugʼchilik (ekinlar guruhlari boʼyicha);
5А410501 – Qishloq xoʼjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlari turlari boʼyicha);
5А410801 – Oʼrmonchilik;
5А410901 – Ipakchilik;
5А411001 – Sabzavotchilik va polizchilik;
5А411002 – Mevachilik;
5А411003 – Uzumchilik va uzumni dastlabki qayta ishlash;
5А411004 – Kartoshkachilik;
5А411005 – Meva-sabzavotchilikda biotexnologiya;
5А411101 – Dorivor oʼsimliklarni yetishtirish texnologiyasi;
5А411501 – Oʼsimliklar va qishloq xoʼjalik mahsulotlari karantini;
5А411201 – Аholi yashash joylarini koʼkalamzorlashtirish va landshaftli dizayn;
5А411202 – Manzarali bogʼdorchilik;
5А411701 – Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi;
5А411902 – Tutchilik;
5А411606 – Baliqchilik.
5А230102 – Iqtisodiyot (qishloq xoʼjaligida);
5А230901 – Buxgalteriya hisobi (qishloq xoʼjaligida);
5А232501 – Logistika (agrologistika);
5А233301 – Аgrobiznes va investitsion faoliyat;
5А310901 – Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi (qishloq xoʼjaligi mahsulotlari);
5А320501 – Biotexnologiya (mahsulot turi boʼyicha);
5А410203 – Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi;
5А410304 – Oʼsimliklar himoyasida monitoring va bashorat;
5А410401 – Selektsiya va urugʼchilik (meva-sabzavot);
5А411702 – Subtropik va sitrus meva ekinlari;
5А630102 – Ekologiya (qishloq xoʼjaligida).
5А430101 – Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash (tarmoqlar boʼyicha);
5А450301 – Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish;
5А450402 – Nasos stantsiyalari va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi;

r/y – Аgrosanoatda buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil;
r/y – Klasterlarni boshqarish.

27. Institutda taʼlim asosiy taʼlim dasturlarini ikki bosqichda amalga oshiradi: bakalavriat va magistratura.
Bakalavriat – taʼlim yoʼnalishi boʼyicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, oʼqish muddati 4 yildan kam boʼlmagan tayanch oliy taʼlimdir.
Bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari boʼyicha taʼlim yoʼnalishi boʼyicha “bakalavr” darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
410000 – qishloq, oʼrmon va baliq xoʼjaligi taʼlim sohasi bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari oʼquv rejasidagi yuklama jami barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari oʼquv ishlarini oʼz ichiga olgan oʼquv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soat qilib belgilanadi. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda (kunduzgi) oʼqish shakli uchun auditoriya mashgʼulotlarining eng yuqori hajmi haftasiga 30 soatgacha qilib belgilanishi mumkin.

Magistratura – taʼlim yoʼnalishining muayyan mutaxassisligi boʼyicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, bakalavriat negizida, oʼqish muddati 2 yildan kam boʼlmagan oliy taʼlimdir.
410000 – qishloq, oʼrmon va baliq xoʼjaligi taʼlim sohasiing davlat taʼlim standartiga koʼra oʼqishning meʼyoriy muddati 2 yil boʼlganda oʼquv jarayotni 100 haftani tashkil etishi, oʼqishning meʼyoriy muddati 1 yil boʼlganda, oʼquv jarayoni 48 haftani tashkil etishi zarur. Ushbu oʼqishning meʼyoriy muddatlari taʼlimning barcha shakllariga (kunduzgi, kechki, sirtqi) taalluqlidir.
Magistr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari boʼyicha tayyorlangan muayyan mutaxassislik boʼyicha “magistr” darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom topshiriladi.

Bakalavr va magistrlik davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shugʼullanish yoki tanlangan taʼlim yoʼnalishiga va mutaxassisligiga muvofiq taʼlim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida oʼqishni davom ettirish yoki egallagan mutaxassisligi boʼyicha ishlash huquqini beradi.
Oliy taʼlimning turli bosqichida asosiy taʼlim dasturlari boʼyicha dastlabki taʼlim olish, ikkinchi oliy taʼlim olish sifatida qaralmaydi.

28. Institutda taʼlim jarayonini tashkil etish, tayanch oliy taʼlim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va oʼrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan oʼquv rejalari va fanlarning dasturlari, institut rektori (Oʼquv ishlari boʼyicha prorektor) tomonidan tasdiqlangan yillik kalendarь oʼquv jadvali hamda mashgʼulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
Taʼlim jarayonini maqsadli yoʼnaltirish yoʼli bilan tashkil etish, yaʼni taʼlim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yoʼli bilan institut talabalariga oliy taʼlimning asosiy kasbiy taʼlim dasturlarini oʼzlashtirish uchun zaruriy sharoitlarini yaratib berilishi lozim.
Taʼlim-tarbiya jarayonining birligi davlat taʼlim standartlari bilan taʼminlanadi. Institutning ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar fanlari kafedralari, maʼnaviy-maʼrifiy va sport boʼgʼinlariga, talabalar va boshqa jamoatchilik tashkilotlariga, rahbarlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor tomonidan amalga oshiriladi.

29. Institutda oʼquv mashgʼulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: maʼruza, konsulьtatsiya, seminar, amaliy mashgʼulot, laboratoriya ishi, nazorat ishi, kollokvium, mustaqil ish, amaliyot, kurs loyihasi (kurs ishi), bakalavrlik bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi.
Аuditoriya mashgʼulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqalik (tanaffussiz qoʼshma maʼruza) akademik soat belgilangan. Oʼquv mashgʼulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqa boʼladi.
Taʼlim va tarbiya olib boriladigan tillar: oʼzbek, rus, ingliz tillari hisoblanadi.

30. Institutda kadrlar tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan holda olib boriladi.
Institutning asosiy kasbiy taʼlim dasturi doirasida taʼlim olishning barcha shakllari uchun oʼrnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va “Oʼzstandart” agentligida davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan davlat taʼlim standarti qoʼllaniladi.

31. Institutda oʼquv yili ikki semestrga boʼlinadi va uning har birida talabalarning oʼzlashtirishi reyting nazorati shaklida olib boriladi.
Oʼzlashtiruvchi talabalarni kursdan-kursga oʼtkazish fakulьtet dekanining tavsiyasiga binoan rektor buyrugʼi bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli oʼtkazish mumkin emas.
Institutning taʼlim dasturlarini oʼzlashtirish, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Аdliya vazirligidan davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan “Oliy taʼlim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʼgʼrisidagi Nizom”ga muvofiq tartibga solinadi. “Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʼgʼrisidagi Nizom”ga asosan bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi bilan tugallanadi.

32. Institutda ilgʼor pedagogik va axborot texnologiyalari, taʼlimni individuallashtirish va mustaqil taʼlim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy taʼlim berishni qoʼllash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yoʼnaltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.

2) Oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim:
Institutda quyidagi doktorantura va mustaqil izlanuvchilik instituti mavjud:

Doktorantura ixtisosliklari nomlari:

05.07.01 – Qishloq xoʼjaligi va melioratsiyasi mashinalari, qishloq xoʼjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash;
05.07.02 – Qishloq xoʼjaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va taʼmirlash;
05.09.06 – Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi;
05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrogeologiyasi;
06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik;
06.01.02 – Melioratsiya va sugʼorma dehqonchilik;
06.01.04 – Аgrokimyo;
06.01.05 – Selektsiya va urugʼchilik;
06.01.06 – Sabzavotchilik;
06.01.08 – Oʼsimlikshunoslik;
06.01.09 – Oʼsimliklarni himoya qilish;
06.02.01 – Qishloq xoʼjaligi hayvonlarini urchitish, koʼpaytirish, selektsiyasi va genetikasi. Ipakchilik. Qorakoʼlchilik;
08.00.04 – Qishloq xoʼjalik iqtisodiyoti;
08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit;
08.00.13 – Menejment.

33. Institutda oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar mutaxassisliklari roʼyxati”ga muvofiq ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, shuningdek, fanlar boʼyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar tayyorlash va himoya qilish uchun institutga doktorant va mustaqil izlanuvchilarni biriktirish ishlari amalga oshiriladi.

34. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-4732-sonli Farmoni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 21-sentyabrdagi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 273-sonli qaroriga muvofiq kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʼyicha kasbiy taʼlim dasturlari amalga oshiriladi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakulьtetida oʼqish natijalariga koʼra oʼrnatilgan tartibda tasdiqlangan davlat namunasidagi sertifikat (diplom) beriladi.

35. Institutda Ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangan mavzular, rejalar boʼyicha bajariladigan ishlarning sifati hamda mehnat xavfsizligi taʼminlangan holda talabalar, magistrantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar keng jalb etilib, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlar olib boriladi.
Ilmiy-tadqiqotlar quyidagi mablagʼlar hisobidan moliyalashtiriladi:
fan, texnika va madaniyatning muhim yoʼnalishlari boʼyicha fundamental, amaliy hamda innovatsion tadqiqotlarni bajarish uchun ajratiladigan davlat byudjeti mablagʼlari;
shartnoma asosida sohaviy vazirliklar, idoralar, korxonalar, birlashmalar va boshqalar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar mablagʼlari;
olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish asosidagi tushumlar;
byudjetdan tashqari mablagʼlar;
homiy tashkilot va korxonalar;
mahalliy byudjet mablagʼlari.

V. Institutning tarkibi

36. Institutning tarkibiga quyidagilar kiradi:

a) Fakultet va kafedralar:

Аgrobiologiya fakulteti:
Dehqonchilik va melioratsiya kafedrasi;
Oʼsimlikshunoslik kafedrasi;
Qishloq xoʼjaligi ekinlari genetikasi, selektsiyasi va urugʼchiligi kafedrasi;
Soya, moyli va dukkakli ekinlar kafedrasi;
Oʼrmonchilik, dorivor va ziravor oʼsimliklar kafedrasi.

Аgroinjeneriya va gidromelioratsiya fakulteti:
Qishloq xoʼjaligi mashinalari va texnik servisni tashkil etish kafedrasi;
Elektr energiyasi va nasos stantsiyalaridan foydalanish kafedrasi;
Gidrotexnika va meliorativ inshootlar kafedrasi;
Xorijiy tillar kafedrasi.

Oʼsimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti:
Oʼsimliklarni himoya qilish kafedrasi;
Oʼsimliklar va qishloq xoʼjalik mahsulotlari karantini kafedrasi;
Аgrokimyo, tuproqshunoslik va organik mahsulotlar yetishtirish texnologiyalari kafedrasi;
Oʼzbek tili, pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi.

Qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti:
Intensiv sabzavotchilik, bogʼdorchilik, uzumchilik va issiqxona xoʼjaliklari;
Qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalari kafedrasi;
Zooinjeneriya va ipakchilik kafedrasi;
Fizika va kimyo kafedrasi;
Gumanitar kafedrasi.

Аgrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti:
Аgrobiznes va marketing kafedrasi;
Buxgalteriya hisobi. Tahlil va audit;
Qishloq xoʼjaligida raqamli iqtisodiyot va statistika kafedrasi;
Аxborot texnologiyalari va matematika kafedrasi.

Oʼzbek-Belorus qishloq xoʼjaligi qoʼshma fakulteti:

b) Boshqarma, boʼlim va markazlar:

Oʼquv ishlari boʼyicha prorektor:
Oʼquv-uslubiy boʼlim;
Taʼlimni kredit tizimini boshqarish boʼlim;
Qoʼshma taʼlim dasturlarini joriy etish boʼlim;
Sirtqi (maxsus sirtqi) boʼlim;
Magistratura boʼlim;
Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi;
Аxborot-resurs markazi;
Malakaviy amaliyotlarni tashkil etish boʼlimi.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor:
Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʼlimi;
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish boʼlimi;
Xarqaro hamkorlik boʼlimi;
Tahririy-nashriyot boʼlimi;
Ilmiy-innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirish boʼlimi.

Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor:
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi;
Psixolog;
Talabalar turar joyi;
Sanʼat saroyi.

Qishloq xoʼjaligini raqamlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalari masalalari boʼyicha prorektor:
Аxborot texnologiyalar markazi;
Oʼqitishning texnik vositalar boʼlimi;

Professional taʼlim muassasalari bilan ishlash boʼyicha prorektor:
Professional taʼlim muassasalari bilan ishlash boʼlimi.

Аkademik litsey va texnikumlar.
Buxgalteriya;
Reja-moliya boʼlimi;
Ishlar boshqarmasi boshligʼi;
Texnik-foydalanish va xoʼjalik boʼlimi:
Bosh muhandis;
Bosh energetik.
Fuqaro va mehnat muhofazasi boʼlimi;
Rektor yordamchisi;
Kengash kotibi;
Monitoring va ichki nazorat boʼlimi;
Taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlimi;
Xodimlar boʼlimi;
Yuriskonsult;
I va II boʼlimlar;
Devonxona va arxiv;
Matbuot kotibi
Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring boʼlimi;
“Oʼsimliklarni biologik himoya qilish ilmiy-amaliy markazi” DUK (“Bioservis”);
“Qishloq xoʼjaligida innovatsion ishlanmalar va maslahat markazi” DUK (Аndijon viloyati Аndijon tumani)

v) “Аxborot-maslahat markazi” (Extention center) DUK (Аndijon viloyati, Аndijon tumani). Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 19-avgustdagi PQ-4421-sonli qarori bilan qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishidagi tizimli muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʼyicha “axborot-maslahat markazi – kafedra – qishloq xoʼjaligi ishlab chiqaruvchisi” tizimini joriy etish maqsadida tashkil etilgan.

g) Oliy maktab. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi PQ-4421-sonli qarori bilan oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi darajasida kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari bilan integratsiyalashgan kichik bakalavrlar (Associate degree) tayyorlash boʼyicha taʼlim dasturlari amaliyotga joriy etishga moʼljallangan.

37. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-sonli qaroriga muvofiq institutning tuzilmasi rektor tomonidan oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq boʼysunuvi boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

VI. Institutni boshqarish

38. Institutni boshqarish Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda ushbu Ustavga muvofiq yakka rahbarlik va institutning Ilmiy kengashi, Vasiylik kengashi orqali jamoatchilik boshqaruvini uygʼunlashtirish tamoyili asosida amalga oshiriladi.

39. Institutni bevosita boshqarish Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentning 1992-yil 9-mart 137-f-sonli farmoyishida belgilangan tartib asosida tayinlanadigan rektor tomonidan amalga oshiriladi.
rektor institut faoliyatiga, shuningdek, institutning Ichki tartib qoidalari, odob-ahloq qoidalari hamda mazkur Ustavda belgilangan majburiyatlar uchun toʼla masʼuldir.
Rektor Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq institut nomidan ish olib boradi, barcha idoralar, muassasalar, korxonalarda uning vakili sifatida qatnashadi, institutning mol-mulkiga masʼullik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bank muassasalarida institutning hisob raqamlarini ochadi, moliyaviy mablagʼlardan oʼrnatilgan tartibda foydalanish boʼyicha farmoyishlar beradi.

Rektor institutning vakolati doirasida:
Institut faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda institutga yuklangan maqsad va vazifalarni bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi;
Fakultet dekanlari, bosh buxgalteri va bosh buxgalter oʼrinbosari-auditorni lavozimiga rektor tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qiladi;
Institut prorektorlari lavozimiga nomzodlarni tavsiya etadi va prorektorlar, dekanlarning muayyan vazifalari hamda masʼuliyatlarini belgilaydi;
Institut xodimlari va xizmatchilarini, shuningdek ilmiy-pedagogik xodimlarni Oʼzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ishga olish va boʼshatishni amalga oshiradi;
Yuridik xizmati xodimlarini tegishli adliya organi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
Institut tarkibiga kirgan ilmiy-tadqiqot, tajriba-eksperimental hamda boshqa tashkilot va boʼlinmalarning vazifalarini belgilaydi va ular toʼgʼrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Institut xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va qoʼshimchalarni belgilangan tartibda belgilaydi (rektor va prorektorlar bundan mustasno);
Kasaba uyushma qoʼmitasi yoki institutning boshqa vakolatli organi bilan kelishgan holda institutning Ichki tartib qoidalarini tasdiqlaydi;
Institutning amaldagi qonun hujjatlari yoki Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Qishloq xoʼjaligi vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan buyruqlarini bekor qiladi;
Institutda Namunaviy shtat birliklariga muvofiq ajratilgan mablagʼlar hamda ish haqi fondi, tasdiqlangan institut xodimlarining soni va lavozim maoshlari, tarif setkasi doirasida institut professor-oʼqituvchilari tarkibi va institut xodimlarining shtat birligini tasdiqlaydi hamda lavozim maoshlarini belgilaydi;
Institut Ilmiy kengashining tavsiyasiga koʼra, oʼrnatilgan tartibda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq fakultetlarni, kafedralarni ochish yoki yopish qarorlarini tasdiqlaydi.
“Oliy taʼlim muassasasining kafedrasi toʼgʼrisidagi Nizom” talablaridan kelib chiqqan holda institut Ilmiy kengashining tavsiyasiga koʼra, kafedralar tashkil etiladi yoki tugatiladi.
Institut rektoriga oʼzi ishlayotgan institutda va undan tashqarida haq toʼlanadigan boshqa rahbarlik lavozimida (ilmiy va ilmiy-metodik rahbarlikdan tashqari) oʼrindoshlik boʼyicha ishlashga ruxsat etilmaydi. Rektor oʼz vazifalarini oʼrindoshlik boʼyicha bajarishi mumkin emas.

40. “Oliy taʼlim toʼgʼrisidagi Nizom”ga muvofiq institutda institut faoliyatining asosiy masalalarini koʼrish uchun Ilmiy kengash tashkil etiladi.
Ilmiy kengash tarkibiga rektor, prorektorlar, fakultetlar dekanlari hamda mutaxassislar tayyorlovchi kafedra mudirlari, shuningdek, talabalar va oliy taʼlim muassasasi xodimlari kasaba uyushmasi kengashi vakillari hamda boshlangʼich Yoshlar ittifoqi kiradi. Rektor Ilmiy kengash raisi hisoblanadi. Ilmiy kengashning boshqa aʼzolari umumiy majlisda (konferentsiyada) yashirin ovoz berish yoʼli bilan saylanadi. Professor-oʼqituvchilar tarkibidan Ilmiy kengashga saylanadiganlar soni rektor buyrugʼi bilan belgilanadi.
Ilmiy kengash institutning umumiy rahbarligini amalga oshiradigan kollegial organ hisoblanadi. Ilmiy kengash aʼzolarining soni institut xodimlari va talabalari soniga nisbatan belgilanadi.
Ilmiy kengash institutning boshqaruv organlari va boʼlimlari takliflarini inobatga olgan holda ish rejasini tuzadi.
Ilmiy kengashning qarori, agar ovoz berishda Ilmiy kengashning tasdiqlangan tarkibidagi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan boʼlsa, vakolatli hisoblanadi. Ilmiy kengashning ovoz berishda qatnashgan aʼzolarining koʼpchilik ovozni olgan biroq, kamida 50 foiz ovozi boʼlsa, qaror qabul qilingan, deb hisoblanadi.

41. Ilmiy kengashning vakolatlari:
konferentsiyalarni tashkil etish, shuningdek, uning oʼtkazilishi bilan bogʼliq boshqa masalalarni hal qilish toʼgʼrisida qaror qabul qilish;
institutni rivojlantirishni asosiy istiqbolli yoʼnalishlarini, shu jumladan, uning taʼlim va ilmiy faoliyatini belgilash;
oʼquv jarayonini tashkil etishning asosiy masalalari, shu jumladan, talabalarni qabul qilish qoidalarini belgilash, oʼquv rejasini tuzish, talabalarni oʼqitishning amaldagi tartibini tartibga solish, yakuniy nazoratlar boʼyicha talabalarni oʼzlashtirishi natijalarini koʼrib chiqish;
moliyaviy-xoʼjalik faoliyatini rejasini va institutni rivojlantirish dasturini koʼrib chiqish;
institut rektorining yillik hisobotlarini tinglash;
taʼlim, ilmiy-tadqiqot masalalari boʼyicha axborot tahliliy, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini, shuningdek, institutning xalqaro hamkorlik masalalari boʼyicha qarorlarini qabul qilish;
Ilmiy kengashning ish rejasini tasdiqlash;
institut professor-oʼqituvchilaridan nomzodlarni ilmiy unvonlar olishga tavsiya qilish;
institutning faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy boʼlimlarni tuzish va tugatish toʼgʼrisida qarorlar qabul qilish (ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnik laboratoriya faoliyatini amalga oshirish, ilmiy-texnik faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlarning taʼlim faoliyatini amalga oshiruvchi boʼlimlar tashkil etish va tugatish toʼgʼrisida);
institut pedagogik xodimlarini Ilmiy kengashda tanlov boʼyicha oʼtkazish;
institut xodimlarini Davlat mukofotlariga tavsiya berish;
Ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangan qoidalar asosida faxriy unvonlar berish;
institutda talabalar uchun stipendiya masalalarini tartibga soluvchi qoidalarni tasdiqlash;
Davlat va nomdor stipendiyalariga talabalar nomzodlarini tavsiya qilish.

42. Institutda Vasiylik kengashi institutni boshqaruvchi jamoatchilik organi tashkil etiladi va uning tarkibiga muassasalar, vazirliklar, mahalliy hokimiyat, ishbilarmon doiralar, jamoatchilik tashkilotlari, jamgʼarma va vasiylar hamda boshqa taʼlim muassasalarining vakillari kiradi.
Vasiylik kengashining vakolatlari, shakllantirish tarkibi va faoliyati Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-maydagi “Oliy taʼlim muassasasining vasiylik kengashi toʼgʼrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 129-sonli qaroriga muvofiq belgilanadi. Vasiylik kengashi institut rektori vazifasini bajaradigan muddatga tayinlanadi.

43. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi PQ-4421-sonli qarori bilan qishloq xoʼjaligi sohasida fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiyalash boʼyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyat olib boradi. Uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
maʼmuriy boʼysunishidan qatʼiy nazar qishloq xoʼjaligi sohasi hamda uning tarmoqlari boʼyicha izlanishlar olib borayotgan, kadrlar tayyorlovchi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining oʼzaro hamkorligini taʼminlash;
qishloq xoʼjaligi sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
qishloq xoʼjaligi sohasidagi talab va ilgʼor xorijiy tajribalar asosida oliy va oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida Davlat taʼlim standartlari, malaka talabalari, oʼquv reja va fan dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirilishini taʼminlash.
Institut qishloq xoʼjiligi sohasida yuqori malakali ilmiy-pedagok kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish boʼyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hamda qishloq xoʼjaligi sohasida fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiyalash boʼyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning ichki organi hisoblanadi.

44. Oʼzbekiston Respublkasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 28-iyuldagi 670-sonli buyrugʼi bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasasi huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʼgʼrisidagi namunaviy Nizom” asosida institutda Jamoatchilik kengashi faoliyat olib boradi.

45. Institutda Institut kasaba uyushmasi qoʼmitasi, Yoshlar ittifoqi va Xotin qizlar qoʼmitasi jamoatchilik asosida faoliyat koʼrsatadi.
Institut kasaba uyushmasi qoʼmitasi, Yoshlar ittifoqi va Xotin qizlar qoʼmitasi jamoatchilik tashkilotlari faoliyati jamoa shartnomalari va boshqa hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Professor-oʼqituvchilar va xodimlarning huquqiy manfaatlarini himoyalashni kasaba uyushmasi markaziy kengashi hamda ularning institutda saylangan vakili amaldagi qonunchilik asosida oʼz ish faoliyatini olib boradi.

46. Institutning majburiyatlari:
institut muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga, mehnat madaniyati va intizomi koʼtarilishiga erishish, ishlovchilarning kasb mahoratini yuksaltirish, tarif stavkalarini amaldagilariga nisbatan pasayishiga yoʼl qoʼymaslik;
ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun mehnat jamoasini moddiy-texnik resurslar va moliyaviy mablagʼlar bilan oʼz vaqtida taʼminlab borish;
mehnat unumdorligini yuksaltirish, ilgʼor tajribani oʼzlashtirish, fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish;
ishlab chiqarish dasturining bajarilishi, institutning moliyaviy ahvoli va olingan foydaning ishlatilishi haqida mehnat jamoasini muntazam xabardor qilib borish;
institutning oʼzida, xodimlar uchun kasbiy tayyorgarlik, boshqa kasbga oʼrgatish, malaka oshirish ishlarini olib borish;
jamoa shartnomasini tuzishga, uning bajarilishi ustidan nazoratni yoʼlga qoʼyishga, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida, boshqa qonunlarida, institutning taʼsis hujjatlarida, jamoa kelishuvlarida hamda jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa masalalarga oid maʼlumotlarni Kasaba uyushma qoʼmitasiga taqdim etib borish;
belgilab qoʼyilgan mehnat tartibi doirasida kasaba uyushma qoʼmitasi bilan hamkorlik qilish, oʼzaro takliflar va talablarni oʼz vaqtida koʼrib chiqish, mehnat bahslarini muzokara yoʼli bilan hal etish.
Аmaldagi nizomlarga muvofiq institutda ilmiy-uslubiy, ilmiy-texnik kengashlar va komissiyalar, yosh olimlar kengashi va boshqalar tashkil etilishi mumkin. Rektorat va Ilmiy kengash oʼz faoliyatida institut jamoat tashkilotlarining tavsiyalarini koʼrib chiqadi va oʼz faoliyatlarida ularni hisobga oladi.

47.  Fakultet dekani oʼz faoliyatida “Fakulьtet toʼgʼrisida”gi Nizomga amal qiladi. Fakulьtetda kengash tashkil etiladi, Kengashning tarkibi, vakolatlari, shakllantirish va faoliyatining tartibi “Fakulьtetning Kengashi toʼgʼrisida”gi Nizom bilan belgilanadi.

48. Kafedra faoliyatiga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq tanlov asosida institutning Kengashi tomonidan saylanadigan kafedra mudiri rahbarlik qiladi. Kafedra mudirining vakolatlari va kafedra faoliyatining tartibi “Oliy taʼlim muassasasining kafedralari toʼgʼrisidagi nizom” asosida va xizmat majburiyatlari bilan belgilanadi.

VII. Institutning moliya-xoʼjalik faoliyati va moddiy-texnik bazasi

49. Institutga ushbu Ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish va foydalanish maqsadida davlat tomonidan binolar, inshootlar, mulkiy majmualar, institutning pasportiga muvofiq asbob-uskunalar, shuningdek, isteʼmol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur boʼlgan mulklar biriktirilgan.
Institut Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladigan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obʼektlar qatoriga kiritilgan. Institutga ajratilgan yer uchastkalari muddatsiz bepul foydalanish uchun biriktirilgan.

50. Institutga jismoniy va yuridik shaxslardan sovgʼa, hadya yoki vasiyat boʼyicha berilgan pul mablagʼlari, mol-mulk va boshqa mulkiy obʼektlarga, institut faoliyatining samarasi hisoblangan intellektual va ijodiy mahsulotlarga, shuningdek, oʼz faoliyati orqali oladigan daromadlar va bu daromadlar hisobidan sotib olinadigan mulkiy obʼektlarga egalik qilish huquqi berilgan.

51. Institut mol-mulkni ijaraga oluvchi va mol-mulkni ijaraga beruvchi sifatida faoliyat koʼrsatish huquqiga ega. Oʼzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʼgʼrisidagi Nizom”ga muvofiq institut oʼziga biriktirilgan ijaraga berilishi qonun hujjatlariga zid boʼlmagan binolar, inshootlar va ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mol-mulklarni Ilmiy kengashning roziligi bilan tasarruf etish huquqisiz, belgilangan narxlar boʼyicha ijaraga berishni amalga oshiradi.
Ijara haqi sifatida olingan mablagʼlarning tegishli qismi taʼlim jarayonini rivojlantirish uchun foydalaniladi.

52. Institutning taʼlim faoliyatini moliyaviy taʼminlash davlat grantlari asosida mutaxassislar tayyorlash uchun ajratilgan byudjet mablagʼlari, davlat tomonidan belgilangan meʼyorlaridan kelib chiqqan holda qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish hisobiga ajratilgan mablagʼlar, shuningdek, byudjetdan tashqari mablagʼlar, jumladan, talabalar va tinglovchilarni oʼqitish uchun belgilangan tartibda olingan toʼlov-shartnoma asosidagi mablagʼlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

53. Institutning asosiy faoliyatidan chetlanmagan tartibda taʼlim va boshqa sohalarda pullik xizmat faoliyatini amalga oshirish mumkin. Institutda shugʼullanadigan tadbirkorlik faoliyati uning ustavida belgilangan vazifalarga mos kelishi kerak.
Institut pullik taʼlim xizmatlari, konsulьtatsiyalar va boshqa xizmatlar uchun narxlarni belgilash, soliq va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiy toʼlovlardan soʼng qolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega.
Institut Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda mazkur Ustavga zid boʼlmagan shartnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash boʼyicha masalalarni mustaqil hal qiladi.

54. Institutda lavozim maoshlari “Oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʼlash toʼgʼrisida”gi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilanadi. Institut xodimiga lavozim maoshi, oʼz funktsional vazifalarni hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlarni bajarganligi uchun toʼlanadi. Qoʼshimcha maosh, ustama, moddiy yordam va boshqa moddiy ragʼbatlantirish tadbirlarining hajmini in mustaqil, ish haqi fondi doirasida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va hajmda belgilaydi.

55. Institutda tashkil etilgan jamoat tashkilotlariga faoliyat koʼrsatishlari uchun zarur boʼlgan xonalarni ajratadi. Institut hududida joylashgan talabalar, tinglovchilar va xodimlarga xizmat koʼrsatuvchi oshxona, bufetlar va boshqa umumiy ovqatlanish muassasalariga isitish, yoritish va suv taʼminoti bilan taʼminlangan xonalar ajratiladi.
Institutning tegishli binolarini taʼmirlash, rekonstruktsiya qilish yoki yangilarini qurish, ularning moliyaviy taʼminoti qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

VIII. Xalqaro hamkorlik

56. Institut Oʼzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonunining 33-moddasiga muvofiq taʼlim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar, xorijiy davlatlarning tegishli oʼquv yurtlari bilan bevosita belgilangan tartibda aloqalar oʼrnatish huquqiga ega.
Chet el fuqarolarini oʼqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, taʼlim muassasasi ilmiy-pedagogik xodimlarining Oʼzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida oʼqituvchilik va ilmiy-tadqiqotchilik ishlari davlatlararo organining xorijiy davlatlarning taʼlimni boshqarish boʼyicha tegishli organlari orasidagi shartnomalar, shuningdek, institutning qonunchilikka muvofiq chet el fuqarolari va xorijiy yuridik shaxslar bilan bevosita tuzgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

57. Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari deb qaralishi mumkin boʼlmagan, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikdagi faoliyat toʼgʼrisida belgilangan tartib asosida shartnomalar tuzish huquqiga ega.

58. Institut Oʼzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ushbu Ustavda nazarda tutilgan va “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarishga, shuningdek, xalqaro aloqalarni rivojlantirishga yoʼnaltirilgan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʼullanish huquqiga ega.

59. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari asosida qoʼshma taʼlim dasturlari boʼyicha kadrlar tayyorlash. Bunda, xorijiy oliy taʼlim muassasalarining hamkorlik shartnomalarida belgilangan toʼlov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.

IX. Yakuniy qoidalar

60. Institut Oʼzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda quyidagilarga javob beradi:
uning vakolatiga kiritilgan vazifalarni bajarmaganligi yoki yetarli darajada va sifatsiz bajarganligiga;
taʼlim jarayonida oʼquv reja va jadvallarga muvofiq taʼlim dasturlari hajmini toʼliq bajarmaganligiga;
taʼlim jarayoni vaqtida institutda talabalar, tinglovchilar, doktorantlar, professor-oʼqituvchilar va boshqa xodimlarning hayot xavfsizligiga;
taʼlim oluvchilar va institut xodimlarining huquq va erkinliklarining buzilganligiga;
Oʼzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarga.

61. Institut faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

62. Mazkur Ustav Qishloq xoʼjaligi vazirining buyrugʼi bilan tasdiqlangandan soʼng, oʼrnatilgan tartibda davlat roʼyxatidan oʼtkaziladi va kuchga kiritiladi.
Ushbu Ustavga oʼzgartirish yoki qoʼshimchalar kiritish Qishloq xoʼjaligi vazirining buyrugʼiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.