Axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MATEMATIKA KAFEDRA MUDIRI

D.Toshpo'latov
  • F.I.SH Toshpo‘latov Dilshodbek Shermuhammedovich
  • Telefon raqami +(998) 93-259-90-53
  • E-mail dilshod752@rambler.ru
  • Qabul kunlari Dushanba, chorshanba, juma 14:00-16:00

Respublikadagi oliy o‘quv yurtlarida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik hajmdagi kafedralarni bir-biriga qo‘shib, yirik kafedralar tashkil etish munosabati bilan 2004 yilda “Oliy matematika” va “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedralari birlashtirilib, “Oliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi tashkil etildi. 2018 yildan kafedra “Axborot texnologiyalari va matematika” deb nomlandi.

“Oliy matematika” kafedrasi 1964 yili institut tuzilgan kundan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelgan. Kafedraga dastlab fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent A.Baratov mudirlik qilgan. Keyinchalik fizika-matematika nomzodlari, dotsentlar U.Anorboyev, T.Qayumov, R.Jo‘raqulov, A.Davlatov hamda texnika fanlari nomzodi A.Valixonovlar kafedra mudiri vazifasida ishlaganlar. Kafedrada ko‘p yillar davomida fizika-matematika fanlari nomzodlari G.Usmonov, A.Davlatovlar, katta o‘qituvchilar M.Oxunov, G.E.Novikov, A.Ismoilov,  mehnat fahriylari R.Bobojonov, A.Mamajonovlar faoliyat ko‘rsatgan.

“Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi 1995 yilda “Qishloq xo‘jaligini boshqarish va hisoblash texnikasi” kafedrasi negizida tashkil etilgan. Kafedraga 2004 yilgacha texnika fanlari nomzodi, dotsent N.Karimov mudirlik qilgan. Kafedrada uzoq yillar texnika fanlari nomzodi, dotsent A.Azizov, iqtisod fanlari nomzodi B.Nosirovlar ishlagan. B.Nosirov hozirda institutning “Iqtisodiyot” kafedrasida  dotsent lavozimida ishlamoqda

Kafedrada laboratoriya darslarini o‘tish uchun 5 ta kompyuter xonalari mavjud. Kafedrada o‘tiladigan barcha fanlar darslik, o‘quv qo‘llanmalar bilan yetarli darajada ta’minlangan. Bundan tashqari o‘quv-uslubiy majmualar kafedraning tajribali o‘qituvchilari tomonidan yozib ko‘paytirilib, o‘quv jarayonida ishlatilib kelinmoqda. Ayniqsa, 2007 yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tavsiyasi bilan fizika-matematika fanlari nomzodlari, dotsentlar A.Davlatov, R.Jo‘raqulovlar tomonidan tayyorlangan “Oliy matematikadan misol va masalalar to‘plami” o‘quv qo‘llanmasining 500 nusxada, 2015 yilda dotsent A.Davlatov, dotsent v.b. D.Toshpo‘latovlar tomonidan “Oliy matematika misol va masalalarda” nomli uslubiy qo‘llanmasi 200 nusxada nashrdan chiqarildi, talabalarga yetkazilishi bu sohadagi ishlarning to‘la qondirilishiga imkoniyat yaratdi. 2017 yilda katta o‘qituvchi I.Zulfixarov hammualliflikda “Oliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma chop ettirdi. 2018 yilda dotsent A.Davlatov, dotsent v.b. D.Toshpo‘latovlar tomonidan “Matematika misol va masalalarda” nomli uslubiy qo‘llanmasi nashrdan chiqarildi. Kafedrada 2020 yilda 1 ta darslik va 1 ta o‘quv qo‘llanma tayyorlangan bo‘lsa, 2021 yilda 3 ta o‘quv qo‘llanma, 2022 yilda katta o‘qituvchi Z.Zaparov tomonidan “Qishloq xo‘jaligida axborot kommunikatsion texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlanib mualliflik guvohnomasi olindi. 2023 yilda kafedrada 2 ta darslik va 2 ta o‘quv qo‘llanma nashrga tayyorlandi. Ushbu darslik va o‘quv qo‘llanmalar uchun O‘zR Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining chop etish guvohnomalari olindi. Bugungi kunda chop etilib o‘quv jarayonida foydalanilmoqda.

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarni qo‘llash dolzarb masalaga aylandi. Shu nuqtai nazardan kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari asosan shu yo‘nalishda olib borilmoqda.

Kafedraning tematik mavzusi quyidagicha:

“Aqlli qishloq xo’jaligi tashkil qilishning matematik modellarini ishlab chiqish, avtomatlashtirish, qishloq xo’jaligi maxsulotlarini qayta ishlash jarayonlarini raqamlashtirish va  matematik ta’limni yanada takomillashtirishning dolbzarb masalalari”

Bu sohada respublikadagi yetakchi ilmiy markazlar ya’ni Toshkent davlat milliy universiteti, O‘zRFA matematika va axborot texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetlari bilan yaqindan ilmiy aloqalar o‘rnatilgan. Kafedra o‘qituvchilari o‘zlarining ilmiy izlanishlari natijalari bilan Respublikadagi ilmiy jurnallarda, xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilayotgan ilmiy anjumanlarda ishtirok etib kelmoqda. Joriy o‘quv yilida “Axborot texnologiyalari va matematika” kafedrasi qoshida kafedra tematik mavzusi ostida ilmiy seminar yo‘lga qo‘yildi. Seminar haftaning har shanba kunligida kafedra professor – o‘qituvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda.

Axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi professor-o‘qituvchilari va raqamli iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi 1-96, 2-96 guruh talabalariga Rossiya Federatsiyasi Hukumati qoshidagi Moliya unversiteti Axborot texnologiyalari va katta ma’lumotlar tahlili fakulteti Biznes-informatika departamenti professori Jukovskaya Irina Yevgenevna “Raqamli bisnes transformatsiyasi” mavzusida 2023 yil 14 dekabr kuni Zoom orqali online dars o‘tib berdi.

Kafedra jamoasi o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan birgalikda, institutdagi boshqa ma’naviy-ma’rifiy hamda jamoat ishlarida ham faol ishtirok etib kelmoqdalar.

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI

D.Toshpo‘latov – kafedra mudiri, i.f.n., dotsent

R.Jo‘raqulov – f.-m.f.n., dotsent

N.Karimov – t.f.n., dotsent

T.Xalmatov  – katta o‘qituvchi

O.Abduraxmonov – katta o‘qituvchi

Z.Zaparov – katta o‘qituvchi

D.Bo‘ronova – assistent

Sh.Abdurahimov – assistent

N.Ismoilova – assistent

M.Xaydarov – assistent

M.Usmonova – assistant

Sh.Akromjonov – stajyor-o‘qituvchi

A.Qodirov– stajyor-o‘qituvchi

O.Abdusattarov– stajyor-o‘qituvchi

D.Patidinova– stajyor-o‘qituvchi

A.Jo‘rayev– stajyor-o‘qituvchi

M.Jo‘rayeva– stajyor-o‘qituvchi

S.Akbarova– stajyor-o‘qituvchi

Bakalavriat talim yo‘nalishlariga:

  1. Oliy matematika
  2. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
  3. Amaliy matematika
  4. Matematika
  5. Qishloq xo‘jaligida axborot-kommunikatsion texnologiyalar
  6. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalari va tizimlari
  7. Sohada axborot-kommunikatsion texnologiyalar
  8. Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish
  9. Axborot kommunikatsion texnologiyalari
  10. Raqamli biznes transformatsiyasi
  11. Biznes tarmoqlar
  12. Big Data tahlillash usullari
  13. Turizmni raqamlashtirish
  14. 14. Algoritmlash va dasturlash asoslari
  15. Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
  16. Raqamli qurilmalarning dasturiy ta’minoti
  17. Ekonometrika
  18. Ekonometrika asoslar.

 

Magistratura mutaxassisliklariga:

1.Raqamli texnologiyalar va axborot xavfsizligi

2. Sohada raqamli texnologiyalar.