Organik dehqonchilik va o‘rmon melioratsiyasi kafedrasi

ORGANIK DEHQONCHILIK VA O‘RMON MELIORATSIYASI KAFEDRA MUDIRI

Sh.Teshaboyev
  • F.I.SH Teshabaev Sherzod Alijanovich
  • Telefon raqami: +(998) 93 802 29 83
  • E-mail: sherzodteshabaev1983@.mail.ru
  • Qabul kunlari: Dushanba, Seshanba 14:00-16:00

Kafedra 1964 yilda “Umumiy dehqonchilik” bo‘lib tashkil etilgan. Bunga Burgutboyev Xudayor Kushbaevich raxbarlik qilgan. 2020 yil 16-oktabrdan “Dehqonchilik va o‘rmon melioratsiyasi” kafedrasi nomi bilan, 2023 yil 4 sentyabrdan “Organik dehqonchilik va o‘rmon melioratsiyasi” kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.

“Organik dehqonchilik va o‘rmon melioratsiyasi” kafedrasida 2 nafar q.x.f.d. professor, 9 nafar q.x.f.f.d., 4 nafar dotsent, 6 nafar katta o‘qituvchi, 13 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda.

Kafedra mudirlari:

Burgutboyev Xudayor Kushbayevich 1964-1973 yillar;

Muxitdinov Zuxriddin Muxitdinovich 1973-1978 yillar;

Maxkamboyev Anvarjon 1978-1987 yillar;

Egamberdiyev Sulaymonjon 1987-1997 yillar;

Uraimov Tojiddin 1997-1999 yillar;

Botirov Artiqali Abdulxayevich 1999-2004 yillar;

Mamadaliyev Abduraim Xudayberdiyevich 2004 yil;

Baxromov Saydullo Baxromovich 2004-2013 yillar;

Ro’ziyev Ikromjon Ergashovich 2013-2017 yillar;

Botirov Artiqali Abdulxayevich 2017-2020 yillar;

Mamadjonova Nafisa Abdumannopovna 2020-2021 yillar;

Tashabayev Sherzod Alijanovich 2021-yil 16-noyabrdan mudirlik qilib kelmoqda.

-O’QUV ISHLAR YUTUQLARI: K.Komilov muallifligida “Organik dehqonchilikda oziq-ovqat xavfsizligi”, “Dehqonchilik va melioratsiya”, “Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari”, “O’simliklarni karantin zararkunanda va kasalliklari”, A.Botirov hamda X.Abdumatalipova lar tomonidan “Melioratsiya va yer tuzish”, A.Botirov muallifligida “Dehqonchilik”, G.Urunboeva muallifligida “Mintaqaviy dehqonchilik tizimlari” nomli darsliklar,  Sh.Teshabayev muallifligida “Agronomiyada ilmiy-tadqiqot asoslari”, “Almashlab ekishning agroekologik asoslari”, K.Komilov muallifligida “Organik dehqonchilikda oziq-ovqat havfsizligida ilmiy-tadqiqot uslublari”, A.To’xtaboyev tomonidan “Dendrologiya”, “O’zbekiston o’simliklari atlasi” G.O’rinboyeva tomonidan “Sug‘orishning resurstejamkor tehnologiyasi”, “Dehqonchilik va ilmiy izlanish asoslari” fanidan laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar o’quv qo’llanmalari chop etildi.

-ILMIY ISHLAR YUTUQLARI: 2021-2022 o’quv yili davomida kafedrada Sh.Teshabaev, N.Nabiyeva, S.Ubaydullaevlar, 2022-2023 o‘quv yilida F.Asatillaev, A.Axmadaliev, D.Jonibekovlar  qishloq xo’jaligida falsafa fanlari doktorlik (PhD) dissertasiya ishlarini ximoya qildilar. 2023 yil davomida professor-o’qituvchilar tomonidan 400 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. Shu bilan birgalikda kafedra professor-o’qituvchilari Sh.Teshabaev, A.Botirov, N.Mamadjonova, G.O’rinboyeva, N.Nabiyeva, D.Jonibekovlar tomonidan monografiyalar chop ettirildi. 2023 yil O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va  innovatsiyalar vazirligi tomonidan o’tkazilgan innovotsion ishlanmalarni tijoratlashtirish forumida kafedrada yaratilgan “Tumanka usulida manzarali daraxt va butalarni ko‘paytirish”, “Balandmer”, “Yeryong‘oqni quritish moslamasi”, “Sabzavot ekinlari urug’ini uyalab ekish” ishlanmasi bilan qatnashib faxirli o’rinni egalladilar.

-MA’NAVIY ISHLAR: 2022-2023 o‘quv yilida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “Ustoz-shogird” tizimi yo’lga qo’yilib, buning natijasida N.Mamadjonova raxbarligida agronomiya ta’lim yo’nalishi 3 bosqich talabasi Botirov Shoxjaxon rektor stipendiyanti g’olibi bo’ldi. Bundan tashqari qishloq xo’jaligi vazirligi ta’sarrufidagi oliy ta’lim muassasalari o’rtasida o’tkazilgan onlain olimpiada natijalariga ko’ra O’rmonchilik ta’lim yo’nalishi 4 bosqich talabasi Axmedova Madina 2 o’rin, 3 bosqich talabasi Vasliddinova Begoyim 3 o’rinni egallagan bo‘lsalar, 2023-2024 o‘quv yilida kafedra katta o‘qituvchisi N.Nabieva raxbarligida O‘rmonchilik ta’lim yo‘nalishi 3-26 gurux talabasi Abduxalimova Odina “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi soxibasi bo‘ldi, bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilari raxbarligida Mamatqulova Ziyoda, Qo‘shmaqova Muxlinsa, Xojimurodov Rustamjonlar “Yil talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli o‘rinlarni egalladilar. Shu bilan birgalikda kafedra professor-o’qituvchilari talabalarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida turli xildagi sport tadbirlari, uchrashuvlar, zakovat o’yinlari, zukko kitobxon, balli qizlar va boshqa ko’ngil ochar tadbirlar o’tkazib kelinmoqda.

-XORIJIY HAMKORLIK: Qozog‘iston Respublikasi M.Avezov nomidagi janubiy Qo’zog’iston universiteti dotsenti Sh.Yusupov kafedrada faoliyat olib bormoqda hamda Turkiya davlatining Oqdeniz universiteti olimlari bilan hamkorlikda innovatsion texnologiyalar asosida paxta yetishtirish borasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

«Organik dehqonchilik va o’rmon melioratsiyasi» kafedrasi mutaxassislik kafedrasi bo’lib, bakalavr ta’lim yo’nalishlaridan 60810900-Agronomiya (Dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha), 60112400-Professional ta’lim (60810900-Agronomiya  (Dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)) 60820100-O’rmonchilik, 60820200-Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish 60710400-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (qishloq xo‘jaligida) hamda magistratura mutaxassisligi bo’yicha 70810901-Agronomiya, 70810903-Organik dexqonchilikda oziq-ovqat xavfsizligi, 70820101-O’rmonchilik, 70820201-Axoli yashash joylarini ko’kalamzorlashtirish, landshaft dizayin mutaxassisliklari tayyorlanadi.

Organik dehqonchilik va o‘rmon melioratsiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va xodimlari
F.I.SH.
Ilmiy darajasi
Lavozimi
1.
Teshabayev Sherzodbek Alijonovich
Q.x.f.f.d
kafedra mudiri
2.
Komilov Komiljon Sobirovich
Q.x.f.n
professor
3.
Nurmatov Shermat Nurmatovich
Q.x.f.d
professor
4.
Yoqubjonov Oybek Yaqubjonovich
Q.x.f.d
dotsent
5.
O'rinboyeva Gulchexra Shokirovna
Q.x.f.n
dotsent
6.
Botirov Artig'ali Abdulxayevich
B.f.n
dotsent
7.
Mamadjanova Nafisa Abdumannobovna
Q.x.f.f.d
dotsent
8.
Nabiyeva Nargiza Nazirjonovna
B.f.f.d
katta o’qituvchi
9.
Asatullayev Furqatbek Raxmatillayevich
Q.x.f.f.d
katta o’qituvchi
10.
Janibekov Dilyorbek Abdumannobovich
Q.x.f.f.d
katta o’qituvchi
11.
Axmadaliev Abbosbek Usmonalievich
Q.x.f.f.d
katta o’qituvchi
12.
To'xtaboyev Alijon

katta o’qituvchi
13.
Qo'ziboyev Shuxratbek Tursunaliyevich

katta o'qituvchi
14.
Abdumutalipova Xurmatoy Turg`unboyevna

assistent
15.
Janazaqova Dilbaroy Djumaboyevna

assistent
16.
Alimov Fazliddin Maxammadali o`g`li

assistent
17.
Omonov Doniyor Dilshodbek o‘g‘li

assistent
18.
Umarov Bekzodjon Baxtiyorjon o`g`li

assistent
19.
Axmedov Raxmiddin Ilxomovich

assistent
20.
Otaboev Tursunboy Kozimjonovich

assistent
21.
Ismatullaev Islombek Shuxratbek o‘g‘li

assistent
22.
Turg‘unova Gulxumor Baxtiyor qizi

assistent
23.
Eraliev Islombek Ulug‘bek o‘g‘li

assistent
24.
Xadjayeva Nodira Adilovna

assistent
25.
Qambarova Dilnoza Qodirovna

assistent
26.
Akbarova Nilufar Raximjon qizi

assistent


		

“Organik dehqonchilik va o‘rmon melioratsiyasi” kafedrasida o‘tiladigan fanlar:

    1. Dehqonchilik
    2. Dehqonchilik va melioratsiya
    3. Melioratsiya va yer tuzish
    4. Ekinlarni sug‘orish va sug‘orish tizimlari
    5. La’lmikor dehqonchilik
    6. Mintaqaviy dehqonchilik
    7. Organik dehqonchilik
    8. Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi
    9. Organik dehqonchilikda ilmiy tadqiqot uslublari
    10. Dehqonchilikda tuproq unumdorligini boshqarish
    11. Organik dehqonchilikda tuproq unumdorligi
    12. Organik dehqonchilikning mintaqaviy asoslari
    13. Agronomiyada ilmiy-tadqiqot uslublari
    14. O‘rmonshunoslik
    15. O‘rmonchilik
    16. Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish
    17. Madaniy o’rmonlar
    18. Avtomabil yo’llarini ko‘kalamzorlashtirish
    19. Sahro yer o‘rmonchiligi
    20. Dendirologiya
    21. La’lmikor yerlarda o‘rmon barpo etish
    22. O‘rmondan qo‘shimcha foydalanish
    23. Ekoturizim
    24. Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish
    25. La’lmikor yerlarda o‘rmon barpo etish
    26. Ekologiya va atrof-muxit muxofazasi
    27. O‘simliklar ekologiyasi fanlari o’qitib kelinmoqda.