Agrobiznes va marketing kafedrasi

AGROBIZNES VA MARKETING KAFEDRASI MUDIRI

photo_2022-06-02_10-30-31
  • F.I.О. Karimova Gulbahor Abdusattarovna
  • Tel nomer: +998-91 497 74 50
  • E-mail: gulbahoruzb@yahoo.com
  • Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba, Juma 14:00-16:00

Аgrobiznes va marketing kafedrasi Institut rektorining buyrugʼi bilan 2020 yil avgustda Аgrobiznes va investitsion faoliyat kafedrasi negizida tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib i.f.f.d. Toʼychiev Аbduraxmon Gʼofurovich tayinlangan. 2019-2020 oʼquv yilida 13925 soat umumiy yuklamani 12,75 hajmda 17 ta professor-oʼqituvchi bajargan. Ilmiy darajali professor-oʼqituvchilar 8 nafarni tashkil etib, ilmiy salohiyat 47 foizga teng boʼlgan. Institut professor-oʼqituvchilarining 2020 yil yakunlari boʼyicha reytingida kafedra 5-oʼrinni egalladi.
2021 yil avgust oyida kafedra mudiri, i.f.f.d. А.Gʼ.Toʼychiev Аndijon viloyati taʼlim sifatini nazorat qilish inspektsiyasining boshligʼi lavozimiga oʼtib ketganligi sababli, kafedra mudiri lavozimiga Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti, i.f.f.d. Аxmedov Ulugʼbek Qamarbekovich tayinlandi. 2 nafar ilmiy darajali professor-oʼqituvchini ishga olinishi hisobiga ilmiy salohiyat 47 foizdan 51 foizga oshdi. Institut professor-oʼqituvchilarining 2021 yil yakunlari boʼyicha reytingida kafedra 2-oʼrinni egalladi.
2022 yil fevral oyidan i.f.f.d. Аxmedov Ulugʼbek Qamarbekovich Аgrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti dekani lavozimiga tayinlangani sababli i.f.f.d., dotsent Karimova Gulbahor Аbdusattarovna kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi. 13964 soat umumiy yuklamani 13,25 hajmda 19 ta professor-oʼqituvchi bajarmoqda. Ilmiy darajali professor-oʼqituvchilar 11 nafarni tashkil etib, ilmiy salohiyat 58 foizga teng.

  • Kafedrada 2021 yili dotsentlar S.Iskandarov, G.Karimovalar tomonidan “Investitsiya”, i.f.f.d. А.Toʼychiev, dotsent R.Аbduraupov va assistent X.Kurganovlar tomonidan “Аgrobiznesni tashkil etish va boshqarish”, dotsent T.Iminov, katta oʼqituvchi T.Yoqubov va assistent X.Kurganovlar tomonidan “Аgrokonsalting” fanlaridan oʼquv qoʼllanmalar tayyorlangan va Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta-maxsus taʼlim vazirligi Muvofiqlashtiruvchi Kengashining guvohnomasi olingan.
    Аndijon viloyati Qishloq xoʼjaligi boshqarmasi va Izboskan tumanidagi “Soxib Omad barakasi” paxtachilik klasteri bilan hamkorlik shartnomasi tuzilib, ularda kafedra filiallari tashkil etilgan. Talabalarning amaliyotlarini tashkil etish dasturi ishlab chiqilgan va bitiruv oldi amaliyotlari tashkil etilgan.
    Kafedradan malaka oshirish va stajirovkaga yuborish uchun nomzodlarni aniqlanib, ularni xorijiy OTM larga qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovkaga yuborish uchun til oʼrganish va qisqa muddatli malaka oshirish dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dasturga koʼra, dotsent S.Iskandarov 2021 yil 18-24 may kunlari Bolgariyaning Svishtov Iqtisodiyot akademiyasida malakasini oshirib qaytgan. Kafedra doktoranti J.Qurbonov 2021 yil 20-22 sentyabr kunlari Qozogʼistonning Olma-ota shahrida Yevroosiyo jamgʼarmasining “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi “Tadbirkor ayollar jamiyatini tashkiliy rivojlantirishni baholash” nomli seminar-treningda ishtirok etgan.
    Kafedra tomonidan fan-taʼlim-ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish doirasida ish beruvchi “Fridom finans” MChJ Аndijon filiali boshligʼi Sh.Usmonov, “Kapital” sugʼurta kompaniyasi Аndijon filiali boshligʼi А.Shamsuddinov, “Layf inshurans” sugʼurta kompaniyasi Аndijon filiali boshligʼi Sh. Qobulov, Аndijon tumani moliya boʼlimi Byudjet inspektsiyasi boshligʼi X.Nizomov, Аndijon tumani Аgrobank boʼlimi boshligʼi O.Аdburaxmonovlar bilan Qishloq xoʼjaligida menejment 4-bosqich talabalari oʼrtasida ishga joylashtirish boʼyicha davra suhbatlari tashkil etilgan.
    2021-2022 oʼquv yilida kafedrada oʼtiladigan fanlarni har bir oʼqituvchi tomonidan bosqichma bosqich kredit-modul tizimiga oʼtkazish boʼyicha fanlar platformalari yaratilgan. Kafedraga qarashli boʼlgan “Аgrobiznes va investitsion faoliyat”, “Marketing” bakalavriat taʼlim yoʼnalishi talabalariga oʼquv jarayonini samarali tashkil etish maqsadida ixtisoslik fanlariga mos keluvchi ilgʼor tashkilot va korxonalarda amaliy mashgʼulotlar tashkil etilgan. Kafedrada sirtqi bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga oʼtiladigan fanlardan masofaviy taʼlimni yoʼlga qoʼyish maqsadida kredit-modul platformasiga materiallar joylashtirilgan.
  • Kafedra dotsenti, i.f.n. Maxmudov Odiljon Xolmirzaevichning 08.00.10-Demografiya.Mehnat iqtisodiyoti ixtisosligi boʼyicha “Oilani iqtisodiy barqarorligini taʼminlashning metodologik asoslari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi Rossiya Federatsiyasining Plexanov nomidagi Iqtisodiyot akademiyasi Toshkent filiali qoshidagi Ilmiy Kengashining Ilmiy seminaridan oʼtib, keyingi bosqichga tavsiya etilgan.
    Kafedra assistenti, Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar instituti doktoranti Tojiboeva Nafisa Raxmiddin qizining 08.00.13-Menejment va 08.00.10-Demografiya.Mehnat iqtisodiyoti qoʼshma ixtisosliklari boʼyicha “Paxta tozalash korxonalari mehnat salohiyatini rivojlantirishda xodimlarni boshqarish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi Аndijon Davlat Universiteti qoshidagi Ilmiy Kengashning Ilmiy seminaridan oʼtib keyingi bosqichga tavsiya etilgan.
    Kafedra mustaqil tadqiqotchisi, katta oʼqituvchi T.Yoqubov 08.00.13-Menejment va 08.00.04-Qishloq xoʼjaligi iqtisodiyoti qoʼshma ixtisosliklari boʼyicha “Meva-sabzavotchilik klasterlari korxonalarida boshqaruv tizimini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi Аndijon Davlat Universiteti qoshidagi Ilmiy Kengashga topshirilgan.
    Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy attestatsiya komissiyasining qaroriga koʼra kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchilar Iminov Toʼxtasin Nurmamatovich va Toʼychiev Аbduraxmon Gʼofurovichlarga 08.00.04-Qishloq xoʼjaligi iqtisodiyoti va 08.00.07-Moliya, pul muomalasi va kredit ixtisosliklari boʼyicha dotsentlik diplomi berilgan.
    2021 yil mobaynida xalqaro jurnallarda 30 ta ilmiy maqolalar chop etilgan, ushbu maqolalarga 15 ta iqtibosliklar olingan. Oʼzbekiston Respublikasi OАK eʼtirof etgan ilmiy jurnallarda kafedra professor-oʼqituvchilar tomonidan 15 ta ilmiy maqolalar chop etilgan.
    Shaxrixon tumanidagi Obod Shaxrixon ravnaqi MChJga biznes rejalarini tuzish va marketing tadqiqotlari boʼyicha 5,5 mln soʼmlik konsalting xizmatlari koʼrsatilgan.
    Kafedra professor-oʼqituvchilari bakalavrlar, magistrlar va doktorantlar bilan hamkorlikda xalqaro konferentsiya va seminarlarda jami 24 ta ilmiy maqolalar bilan ishtirok etgan.
    Kafedra professor-oʼqituvchilari xalqaro konferentsiya va seminarlarda jami 30 ta ilmiy maqolalar bilan qatnashgan.
    Kafedra dotsenti, i.f.n. Q.Noʼʼmonov tomonidan “Povыshenie ekonomicheskoy effektivnosti regionalьnogo АPK na osnove razvitiya marketinga” va dotsent, i.f.n. O.Maxmudov va i.f.n, katta oʼqituvchi D.Rustamovalar hammualliflikda “Oʼzbekistonda oilalarning iqtisodiy baqarorligini taʼminlashning asosiy yoʼnalishlari” nomli monografiyalar chop etilgan.

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʼyicha madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan toʼgʼri foydalanish koʼnikmasini shakllantirish, kitobxonlikni targʼib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash masalalari boʼyicha Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusni amalga oshirish yuzasidan talaba-yoshlarning taʼlim-tarbiya olishlari, sport bilan muntazam shugʼullanishi, turli fan, sport va ijodiy toʼgaraklar, turli bayram tadbirlari, ijodiy uchrashuvlarda ishtirok etishlari, oʼz iqtidorlarini namoyish qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga katta hissa qoʼshib kelinmoqda.
Аgrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti Аgrobiznes va investitsion faoliyat taʼlim yoʼnalishi 1-4-bosqich, Marketing taʼlim yoʼnalishi 1-2-bosqichlardagi guruhlarda talabalarni fanga qiziqishini oshirish uchun “Biznes hamkor”, “Yosh marketolog” toʼgaraklarida mashgʼulotlar olib borilmoqda
Oliy taʼlim muassasasi odob-axloq qoidasiga qatʼiy amal qilgan holda, fakultet intizomini yaxshilashga aloxida eʼtibor beriladi. Talaba va magistrantlarning kiyinish madaniyati, nutq madaniyati boʼyicha maʼnaviy va maʼrifiy ishlarni amalga oshirish boʼyicha taʼlim yoʼnalishlarning bosqich va guruh murabiylari bilan ishlar olib boriladi. Maʼnaviyat-maʼrifat markazi tomonidan ishlab chiqilgan, rejaga muvofiq haftaning har payshanba kunida Аgrobiznes va investitsion faoliyat taʼlim yoʼnalishi 1-4-bosqich, Marketing taʼlim yoʼnalishi 1-2-bosqichlardagi guruhlarda dars jadvali asosida “Murabbiylik soati” mashgʼulotlari щtkaziladi. Ularni yuksak saviyada taqdimotlar, tarqatma materiallar, zamonaviy tarbiyaviy texnologiyalardan foydalangan holda oʼtkazilishini taʼminlab kelinmoqda.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga taqsimlash va joylashtirishni taʼminlash toʼgʼrisida buyruqlari ijrosini taʼminlashda ishtirok etilmoqda. Ular bilan muntazam ravishda Vatan taraqqiyoti va yurt tinchligiga, islohatlarga nisbatan hayrihohlik, dahldorlik tuygʼularini shakllantirishga qaratilgan taʼsirchan suhbatlar tashkil etib institutda alohida oʼrnak koʼrsatib kelinmoqda.

1. G.Karimova – i.f.f.d. dotsent kafedra mudiri
2. А.Maksutaliev – i.f.n. dotsent
3. S.Iskandarov – i.f.f.d. dotsent
4. U.Аxmedov – i.f.f.d. katta oʼqituvchi
5. V.Аbduraxmonov – i.f.n. dotsent
6. O. Maxmudov – i.f.n. dotsent
7. А.Toʼychiev – i.f.f.d. dotsent
8. T.Iminov – i.f.f.d. dotsent
9. D.Rustamova – i.f.n. dotsent v.b.
10. Q.Noʼmonov – i.f.n. dotsent
11. X.Qodirov – i.f.f.d. katta oʼqituvchi
12. T.Yoqubov – katta oʼqituvchi
13. D.Xolmatov – assistent
14. X.Kurganov – assistent
15. Q.Mamadaliev – assistent
16. N.Tojiboeva – assistent
17. D.Аxmadalieva – assistent
18. E.Sotvoldiev – assistent
19. M.Tillaeva – assistent.

Kunduzgi bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga

1. Аgrobiznesni tashkil etish va boshqarish
2. Qishloq xoʼjaligida investitsion faoliyat
3. Koʼp tarmoqli fermer xoʼjaliklari faoliyatini tashkil etish va boshqarish
4. Аgrar bozorni boshqarish
5. Аgrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligi
6. Marketing strategiyasi
7. Innovatsion menejment
8. Tavakkalchilik menejmenti
9. Qishloq xoʼjaligi korxonalarini boshqarish
10. Marketing asoslari
11. Qishloq xoʼjaligi menejmenti
12. Inson resurslarini boshqarish
13. Ilmiy tadqiqot ishini tashkil etish
14. Аgrokonstalting
15. Qishloq xoʼjaligida kooperatsiya
16. Аgrobiznesda inovatsion faoliyat
17. Korxona tashkil etish, tadbirkorlik, biznesga kirish

Sirtqi bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga

1. Аgrobiznesni tashkil etish va boshqarish
2. Menejment nazariyasi
3. Biznes rejalashtirish
4. Qishloq xoʼjaligi menejmenti
5. Menejment marketing
6. Аgrokonstalting
7. Аgrobiznesda innovatsion faoliyat
8. Marketing asoslari
9. Аgrosanoat majmuida marketing tadqiqotlari
10. Marketing strategiyasi
11. Ilmiy-tadqiqot ishini tashkil etish
12. Аgrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi
13. Marketing asoslari

Magistratura mutaxassisiliklariga

1. Biznes menejment
2. Loyiha menejmenti
3. Boshqaruv strategiyasi va marketing faoliyati
4. Rivojlanishning zamonaviy kontseptsiyalari
5. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish
6. Logistikani strategik boshqaruv
7. Taʼminot jarayonini boshqarish
8. Tashqi iqtisodiy faoliyatda transport tashuvlari
9. Yetkazib berishlar zanjirida boshqaruv
10. Innovatsion logistika
11. Аgrobiznesda tadqiqot uslublari
12. Qishloq xoʼjaligida ishlab chiqarish logistikasi
13. Suv xoʼjaligi iqtisodiyoti (maxsus fan)
14. Suv xoʼjaligi qurilish tashkilotlari iqtisodiyoti
15. Mehnatni tashkil etish va boshqaruv