O’zbek tili, pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi

O‘ZBEK TILI, PEDAGOGIKA VA JISMONIY MADANIYAT KAFEDRA MUDIRI

photo_2024-02-22_15-18-11
  • F.I.SH Alijonova Mahbubaxon Rustamjanovna
  • Telefon nomeri +998 (90) 142-83-82
  • E-mail alijonovamahbubaxon@1981
  • Qabul kunlari Juma, Shanba 14:00-16:00

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti tarkibida ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-metodik, tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirib kelayotgan ijtimoiy kafedra sifatida O‘zbek tili, pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi dastlab gumanitar fanlar kafedrasida, keyinchalik 2012-yil 1-dekabrda pedagogika va tabiiy fanlar kafedrasi sifatida faoliyat olib borib, 2015-yil 22-fevralida O‘zbek tili, pedagogika va psixologiya kafedrasi sifatida, keyinchalik 2016-yil avgust oyidan “Pedagogika, psixologiya va jismoniy tarbiya” kafedrasi, 2021-yil avgust oyidan O‘zbek tili, pedagogika va jismoniy madaniyat nomi bilan mustaqil kafedra sifatida faoliyatini boshladi.

Bugungi kunda kafedrada 23 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shundan, 4 nafari dotsent, 1 nafari Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchilar – 5 nafar, assistentlar – 9 nafar,  5 nafar stajor – o‘qituvchi  faoliyat yuritmoqda.

So‘nggi uch yilda kafedrada Ikromjon Mamajonov, Alijonova Mahbubaxonlar dotsentlik, G‘aniyev Doniyorbek fan doktori (PhD) ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 32.1% ni tashkil etadi.

Kafedra institutning  o‘zbek tilini sohada qo‘llash, rus tili, pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat fanlari bo‘yicha mutaxassislar kasbiy bilimlarini shakllantiruvchi kafedra sifatida faoliyat olib bormoqda. Hozirda kasb ta’limi yo‘nalishi agronomiya, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat ta’limi mutaxassislariga tayanch kafedra sifatida ta’lim berib kelmoqda.

Kafedra bo‘lajak mutaxassislarning O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati prinsplari va “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da keltirilgan malakali kadrlar yetishtirishga nisbatan davlat standarti talablari darajasidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda prezidentimiz Sh. M.Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy etilgan “Besh tashabbus”, “Taraqqiyot strategiyasi”  hamda 2023- yil 22- dekabrida Prezident raisligida “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishi” da  qayd etilgan ustuvor vazifalarni dasturilamal sifatida belgilab  olgan ijtimoiy kafedra sifatida faoliyat olib bormoqda.

Kafedrada so‘nggi yillarda professor tomonidan “Kasbiy pedagogika”, “Yurisprudensiya”, “Rus tili” darslik, “Maxsus fanlarni o‘qitishda interfaol metodlar va ularning didaktik imkoniyatlari”, “Использование различнвх типов учбных словарей в учебном процессе при использовании коммуникативных методов обучения русскому языку в учебном процессе в вузе. Проблемы и решения”, “Boshqaruv psixologiyasi”, “O‘zbek tilini sohada qo‘llash”, “Maxsus fanlarni o‘qitishda interfaol metodlar va ularning qo‘llanilishi” nomli o‘quv qo‘llanmalar nashrdan chiqarildi.

O‘zbek tili, pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi professor-o‘qituvchilari
T/r
Ismi, familiyasi, sharifi
Lavozimi
1
Alijonova Mahbubaxon Rustamjanovna
Kafedra mudiri, pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent
2
Ataxo‘jayev Valixoji
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
3
Saidova  Sohiba Mahkamovna
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
4
G‘aniyev Doniyor G‘ofurovich
Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD)
5
Mamajonov Ikromjon G‘anijonovich
Pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent
6
Qambarov Adxamjon Meliboevich
Katta o‘qituvchi
7
Otaboeva Zulfiya G‘ofurovna
Assistant
8
Jalolov Shuxratbek Usmonovich
Assistant
9
Esonov Olimjon Abdullajonovich
Assistant
10
Oxunjonova Faxriniso Arabboy qizi
Assistant
11
Xojibekova Mushtariy Axmadjon qizi
Stajor- o‘qituvchi
12
Salieva Saida Axmadqul qizi
Stajor- o‘qituvchi
13
Tillaboeva Feruza Abdulazizovna
Katta o‘qituvchi
14
Mo‘minova Nodira Maxmudovna
Katta o‘qituvchi
15
Mamatov Ravshan Rustamovich
Katta o‘qituvchi
16
Islomova Sevara Pozilovna
Stajor- o‘qituvchi
17
Mirzayev Mirkomil Qoratoevich
Katta o‘qituvchi
18
G‘aynazarov Bunyod Dilshobekovich
Katta o‘qituvchi
19
Boymirzaev Asadillo Abdulxamidovich
Assistant
20
Nazarova Nilufar Axmedovna
Assistant
21
Usmonov Bobir Komiljon o‘g‘li
Assistant
22
Karimova Sarvinoz Xayrullo qizi
Assistant
23
Mirzakarimov Xayotillo Xosilbekovich
Assistant
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga
1
Pedagogika. Psixologiya
2
Boshqaruv psixologiya
3
Kasbiy psixologiya
4
Rus tili
5
O‘zbek tilini sohada qo‘llanishi
6
Jismoniy madaniyat
 Magistratura mutaxassisliklariga
1
Maxsus fanlar o‘qitish metodikasi
2
Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar
3
Nutq madaniyati