Qishloq xo‘jalik mashinalari va texnik servisni tashkil etish kafedrasi

QISHLOQ XO‘JALIK MASHINALARI VA TEXNIK SERVISNI TASHKIL ETISH KAFEDRA MUDIRI

I.Abdumo'minov
  • F.I.SH. Abdimominov Ikromjon Iminovich
  • Tel nomer: +998 (90) 544-60-03
  • E-mail: abdimominovikromzon@gmail.com
  • Qabul kunlari: Dushanbadan Jumaga qadar 14:00-16:00 Shanba 13:00-14:00

2004-yilning sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining  qaroriga binoan «Qishloq xo‘jalik mashinalari», «Traktor va avtomobillar», «Mashina traktor parkini ishlatish va qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish», «Mashinalar puxtaligi, ta’mirlash va  hayot faoliyati xavfsizligi» hamda «Umumiy chorvachilik va chorvachilik fermalarini mexanizatsiyalash» kafedralari birlashtirilib «Qishloq xo‘jalik texnikalari, foydalanish va ta’mirlash» kafedrasi tashkil etilgan. Yangi tashkil etilgan kafedraga 2004-2016 yillar davomida dotsent I.G‘.Mirzayev rahbarlik qilgan. 2016-yil fevral oyida «Qishloq xo‘jalik texnikalari, foydalanish va ta’mirlash»  kafedrasi negizida «Qishloq xo‘jalik mashinalari» va «Qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanish va texnik servisni tashkil etish» kafedralari tashkil etilgan. 2019-yilda «Qishloq xo‘jalik mashinalari» va «Qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanish va texnik servisni tashkil etish» kafedralari birlashtirilib «Qishloq xo‘jalik mashinalari va texnik servisni tashkil etish» kafedrasi tashkil etilgan va hozirgi kungacha faoliyat ko‘rsatmoqda.

Institut tashkil etilgan vaqtdan (1964-yildan) boshlab yuqoridagi kafedralarning shakllanishi va rivojlanishiga sitqidildan mehnat qilib munosib xissa qo‘shgan sobiq kafedra mudirlarini aytib o‘tish zarur. Bular: dotsentlar  Nosirov Z.N., Sattarov A.S., Bekmirzayev K.K., Qurbonov Sh.M., (Qishloq xo‘jalik mashinalari), dotsentlar Sablikov N.V., Nasriddinov T.X., Karimov U.K., Boltaboyev B.R., professor Xudoyberdiyev T.S. (Traktor va avtomobillar), dotsentlar Abdullayev A.A., Tursunov B.N., Dadaxodjaev A.Q. (Mashina-traktor parkini ishlatish), dotsentlar Raxmonov G‘.R., Mavlonov N.M., Oripov G‘. (Mashinalar ishonchliligi va ta’mirlash), professorlar Ikromov T.X., Xoshimov O., dotsentlar Djurayev A.D., Dadxoboyev A., Aliyev N. (Umumiy chorvachilik va chorvachilik fermalarini mexanizatsiyalash)lardir. So’nggi tashkil etilgan kafedraga rahbarlik qilgan kafedra mudirlari D.Abdullayev, I.G’.Mirzayevlardir. Shuningdek, kafedralar rivojlanishini ta’minlashda quyidagi profesor-o‘qituvchilar Nazirov Sh, Mamaroziqov Ya, Yakimenko V, Dalimboyev A, Soliyev A, Alimov B, Mo‘minov R, Timoshinov V, Kurnakov V, Asqarov Q, Ziyaeva Q, Yusupov A, Axmadaliyev K, Murodov M, Saidov A, Toshpo‘latov B, Ne’matullaev K,  Parpiyev G‘, Karimov U.K., Igamberdiyev O‘.R., Po‘latov S.I., Oripov G, Asqarov Q.T. larning xizmatlari xam e’tiborga sazovordir. Kafedra professori, texnika fanlari doktori Xudoyberdiyev Tolibjon Soliyevichning institut, fakultet va kafedra rivojlanishiga qo’shgan hissasi va xizmatlari e’tiborga molikdir. Hozirda kafedraga t.f.f.d. I.I.Abdimominov rahbarlik qilmoqda.

KAFEDRA O‘QUV ISHLARI

Kafedrada oʼquv jarayoni bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun DTSga mos ravishda tuzilgan oʼquv rejalar hamda institut Kengashi tasdiqlagan ishchi oʼquv rejalar asosida tashkil etilgan boʼlib, oʼquv fan dasturlari asosida ishchi o‘quv dasturlar tuzilib, kafedra yigʼilishida koʼrib chiqilgan, fakultet uslubiy komissiyasi hamda institut uslubiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan.

Kafedrada bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha barcha fanlardan o‘quv uslubiy majmualar, ma’ruza matnlari hamda laboratoriya, amaliy mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatmalar va metodik qo‘llanmalar tayyorlangan bo‘lib, ulardan o‘quv jarayonida samarali foydalanib kelinmokda.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektorining ko‘rsatmasiga binoan O‘quv metodika bo‘limi bilan kelishilgan holda institutga yaqin ishlab chiqarish korxonalari bilan 3 va 4-bosqich talabalarining ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tkazish hamda mutaxassislik fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlarini bevosita ishlab chiqarish korxonalarida olib borish bo‘yicha bir qator korxona va mashina traktor parklari bilan hamkorlik shartnomalari tuzildi. Ushbu shartnomalarga muvofiq hamkor tashkilotlarda talabalar uchun alohida o‘quv xonalari ajratilib, kafedra tomonidan jihozlandi.

2023-2024 o‘quv yili bahorgi semestr dars jadvaliga muvofiq hozirgi kunda kafedradagi “Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis” va “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishlarining 3-bosqich 3-45, 3-56 va 4-bosqich 4-45, 4-56 guruhlaridagi mutaxassislik fanlaridan o’quv mashg’ulotlari bevosita hamkor ishlab chiqarish korxonalarida olib borilmoqda.

KAFEDRA ILMIY-TADQIQOT  ISHLARI

Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati:

Kafedrada 34 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ulardan: 1 nafar kafedra mudiri, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD); 2 nafar  fan nomzodi, professorlar; 7 nafar  fan  nomzodi, dotsentlar, 9 nafar texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent va katta o’qituvchilar; 3 nafar katta o‘qituvchi, 8 nafar assistentlar va 4 nafar stajyor-o’qituvchilardan iborat bo‘lib ilmiy salohiyat 71,7% ni tashkil etadi.

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari:

Ilm-fan samaradorligini oshirish, iqtisodiyotga ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni keng joriy etish maqsadida kafedra professori, texnika fanlari doktori T.S.Xudoyberdiyev rahbarligida  tayanch doktorantlar A.Abdumannopov, R.Yo‘ldashev, M.Xoldarov, O.Qobiljonov, O.Abdullayev hamda mustaqil tadqiqotchilar B.Razzaqov, A.G‘ulomovlar tomonidan taqdim etilgan bir qator loyixalar davlat ilmiy-texnika dasturlariga kiritilgan

Ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi:

So’ngi yillarda kafedrani 5 nafar yosh izlanuvchilari va doktorantlari: M.M.Xalilov, M.T.Mamarasulova, R.Maxmudov, I.Abdimominov, D.Rustamova, M.Yuldasheva, Sh.Xaydarova, A.Abdumannopov, R.Yuldashev, B.Razzaqov, M.Turdiyevalar ilmiy ishlarini muvofaqqiyatli yakunlab, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldilar.

Kafedrani professor-o‘qituvchilari rahbarligida  14 nafar doktorant va tayanch doktorantlar  ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Kafedra mustaqil-izlanuvchilaridan X.Samsaqova, Z.Zulunov, X.Sattarov, A.Yuldashev, Z.Burxonov, A.G’ulomov, Sh.Sarimsaqovalar texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun dissertatsiyalarini asosiy  himoyaga tayyorlashmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan ishlar: monografiya, ilmiy maqolalar,  olingan litsenziya va patentlar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan  o‘tgan yillar davomida 10 dan ortiq darsliklar, 10 dan ortiq elektron darslik, 30 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar, 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 10 tadan ortiq monografiyalar, 50 tadan ortiq  xalqaro jurnallarda, jumladan 20 dan ortiq Web of Science yoki Scopus xalqaro ma’lumotlar bazasida indekslangan xorijiy nashrlarda, 50 dan ortiq respublika jurnallarida, 100 dan ortiq  xalqaro konferentsiyalarda, 80 dan ortiq Respublika konferentsiyalarida, jami 400 ga yaqin ilmiy maqolalar matbuot sahifalarida e’lon qilingan.

Kafedra professorlari T.S.Xudoyberdiyev, A.N.Xudoyarov, dotsentlar D.A.Abdullaev, B.R.Boltaboyev, B.N.Tusunov, PhD M.M.Xalilov, M.T.Mamarasulova katta o‘qituvchilar Z.Zulunov,  M.A.YUldasheva, assistentlar B.A.Razzaqov, X.Samsaqova, SH.Xaydarova, G.Mamadaliyeva tayanch doktorantlar O.Qobiljonov, M.Xoldarov, O.O.Abdullaev, D.Xudoynazarov, A.M.Abdumannopov, R.R.Yo‘ldoshev tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha 18 ta foydali model olish uchun  Intellektual  mulk agentligiga arizalar topshirildi va barchasi qabul qilinganligi to‘g‘risida qaror olindi. Jumladan professor T.S.Xudoyberdiyev, dotsentlar  B.R.Boltaboyev, B.N.Tusunov,  PhD M.M.Xalilov, assistentlar B.A.Razzaqov, X.Samsaqova, SH.Xaydarova  tayanch doktorantlar O.O.Abdullayev, A.M.Abdumannopov, R.R.Yo‘ldoshevlar foydali model uchun ijobiy qarorini oldi.

KAFEDRA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARI

Qishloq xo‘jaligi mashinalari va texnik servisni tashkil etish kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda talabalar Respublika Prezidenti tomonidan e’lon qilingan Farmonlar, Respublika Vazirlar Mahkamasida qabul qilingan qarorlarni mazmuni va mohiyati bilan tanishtirib kelinmoqda, shuningdek Respublikamiz qishloq xo‘jalik korxonalari va fermer xo‘jaliklariga kadrlar tayyorlashni yanada yaxshilash haqidagi Vazirlar Mahkamasi qarorining mohiyati haqida suhbatlar o‘tkazilib kelinmoqda.

2023-yil oktyabr oyida “Qishloq xo’jalik mashinalari va texnik servisni tashkil etish” kafedrasining talabalar turar joyida bir hafta davomida reja asosida qator ma’naviy-marifiy va sport tadbirlari o’tkazilgan

Jumladan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakulteti Qishloq xo‘jalik mashinalari va texnik servisni tashkil etish kafedrasining hafta davomida o‘tkazilishi belgilangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga asosan fakultet xotin-qizlar kengashi bilan hamkorlikda musobaqa o‘tkazilgan. Kafedra ayol professor-o‘qituvchilari va talaba-qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlar qizg‘in kechgan. Voleybol maydonida ustozlar ham talaba qizlar ham sport ustasi ekanliklarini bir birlariga ko‘rsatib qo‘yishdi.

Hisob 2:1 ochko bilan talaba-qizlar foydasiga hal bo‘lgan.

Agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakulteti talaba qizlari oʻrtasida navbatdagi bellashuv oʻtkazildi. Fakultetning Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi D.Karimova hamda Qishloq xoʻjalik mashinalari va texnik servis tashkil etish kafedrasi tashabbusi bilan 2-talabalar turar-joyida yashovchi fakultet qizlari oʻrtasida “PAZANDACHILIK QIZLAR” nomli koʻrik-tanlov tashkil etildi.  Qizlarimiz bu jarayonga jiddiy kirishib, pazandachilikdagi bor mahoratlarini koʻrsatdilar. Bosqichlar kesimida oʻtkazilgan musobaqada ishtirokchilarni baholash uchun turli xil salatlar va shirinliklarni mazali qilib tayyorlanilishiga va bezaklari ham alohida eʼtiborga olindi.

1-bosqich Lobar qizlar jamoasi «Eng chaqqon saranjom pazandalar»

2-bosqich Oqqushlar jamoasi «Eng mohir pazandalar»

3-bosqich Injener qizlar jamoasi «Eng tezkor kreativ pazandalar» nominatsiyalari boʻyicha taqdirlandilar.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakulteti Qishloq xo‘jalik mashinalari va texnik servisni tashkil etish kafedrasi tomonidan «Zakovat» o‘yini tashkil etildi. Aqliy bellashuvlar fakultet talabalari o‘rtasida bo‘ldi. Bellashuvda “Everest”, “Ilg‘orlar”, “Universe”, “Og‘alar”, “Shiddat” jamoalari ishtirok etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

▶️“Og‘alar” jamoasi 3-o‘rinni,

▶️“Shiddat” jamoasi 2-o‘rinni,

▶️“Universe” jamoasi 1-o‘rinni egalladilar.

Agroinjeneriyani va gidromelioratsiya fakulteti Qishloq xoʻjaligi mashinalari va texnik servisni tashkil etish kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan oxirgi oʻn kunlik davomida tanlovlar, sport musobaqalari va bellashuvlar oʻtkazildi. Ushbu tadbirlarda faol qatnashgan talabalar hamda hakamlar tomonidan yuqori bahoga ega boʻlib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar kafedra tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Marosim davomida shoʻx taronalarga hamohang tarzda oʻyin kulgular davrani yanada fayzli qildi.

Qishloq xoʻjaligi mashinalari va texnik servisni tashkil etish kafedrasi dotsenti M.Mamarasulova shogirdlari SH.Poʻlatova,  M.Rahimova,  F.Toxirjonova bilan birga «BMT TARAQQIYOT DASTURI LOYIHASI DOIRASIDA» mentor va mentilar uchun Fargʻona viloyatida boʻlib oʻtgan yakuniy konferensiyada qatnashishdi. «Meva, sabzavotlarni quritish va qadoqlash» kichik biznes loyihalari bilan faollikni qoʻldan boy bermasdan, gʻolib boʻldilar.

 2024-yilda Andijon viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi hamda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti bilan hamkorlikda koʻrgazmali seminar boʻldi. Qishloq xoʻjaligi sohasiga oid yangiliklar, zamonaviy texnikalar bilan tanishuvdan boshlangan seminarda klasterlar, fermer xoʻjaligi rahbarlari, shuningdek Agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakulteti Qishloq xoʻjalik mashinalari va texnik servisni tashkil etish kafedrasi professor oʻqituvchilari va talabalar qatnashishdi. Seminarda «Uz CLASS Agro» MChJ tomonidan yangi texnikalar taqdimoti oʻtkazildi. Ularning qulayligi, ishchi kuchining kam sarflanishi va unumdorligi koʻrgazmalarda batafsil tushuntirildi.

F.I.O. 
Lavozimi
Ilmiy unvoni
Ilmiy darajasi
Professor-o‘qituvchilar
1
Abdimominov Ikromjon Iminovich
kafedra mudiri
-
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
2
Mirzayev Ilxomjon G‘ofurovich
professor
professor
texnika fanlari nomzodi
3
Xudoyorov Anvarjon Nazirjonovich
professor
professor
texnika fanlari nomzodi
4
Boltaboyev  Baxodir Ro‘ziyevich
dotsent
dotsent
texnika fanlari nomzodi
5
Turg‘unov Zokirjon
dotsent
dotsent
texnika fanlari nomzodi
6
Dadaxodjaev Asadullo
dotsent
dotsent
texnika fanlari nomzodi
7
Abdullaev Dilmurodjon Asadullayevich
dotsent
dotsent
texnika fanlari nomzodi
8
Tursunov Baxodir Nasibovich
dotsent
dotsent
texnika fanlari nomzodi
9
Mamadaliyev Muxammadjon Xabibullaevich
dotsent
dotsent
texnika fanlari nomzodi
10
Abdiraxmonov Ravshanbek Amanullaevich
dotsent
dotsent
texnika fanlari nomzodi
11
Mamarasulova Maniraxon Tursunboyevna
dotsent
dotsent
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
12
Maxmudov Rafuqjon Yusupovich
dotsent
-
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
13
Xalilov Mirkomiljon Mirzatolibovich
dotsent v.b.
-
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
14
Karimova Dilfuza Ikromovna
dotsent v.b.
-
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
15
Yuldasheva Matlubaxon Ashuraliyevna
dotsent v.b.
-
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
16
Razzaqov Baxodir Abduraxmonovich
katta o‘qituvchi
-
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
17
Xaydarova Shaxnozaxon Zokirjonovna
katta o‘qituvchi
-
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
18
Abdumannopov Abdullo Muhammadsoli o‘g‘li
assistent
-
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
19
Yo‘ldoshev Rahimjon Rafuqjon o‘g‘li
assistent

texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
20
Sattarov Xusanboy Axmadullayevich
katta o‘qituvchi
-
-
21
Yuldashev Akmaljon Mexmonovich
katta o‘qituvchi
-
-
22
Burxonov Zafarjon Dexqonboyevich
katta o‘qituvchi
-
-
23
Zulunov Zuxriddinjon Tursunboyevich
assistent
-
-
24
Samsaqova Xilola Baxodirovna
assistent
-
-
25
G‘ulomov Azizbek Mannobjon o‘g‘li
assistent
-
-
26
Sofiyev Saidvoisxon Saidmurotxonovich
assistent
-
-
27
Karimov Abrorbek Abbosovich
assistent
-
-
28
Isamov Sarvarbek Ma’murjonovich
assistent
-
-
29
Sarimsaqova Shaxodat Toshpo‘latovna
assistent
-
-
30
Turdiyeva Madinaxon Yoqubjon qizi
assistent
-
-
31
Muxitdinov Obomuslim Abdumajid o‘g‘li
stajyor-o‘qituvchi
-
-
32
Sheraliyev Ravshanbek Maxammadisaq o‘g‘li
stajyor-o‘qituvchi
-
-
33
Yasharov Madiyorbek Ixtiyorjon o‘g‘li
stajyor-o‘qituvchi
-
-
34
Nurmatova Surayyo Sirojiddinovna
stajyor-o‘qituvchi
-
-
Texnik xodimlar
1
Mamajonova Naziraxon Abdurasulovna
laboratoriya mudiri
-
-
2
Begalimova Barnoxon Mannopovna
laborant
-
-
3
Usmanova Shoxistaxon Paxlavonovna
laborant
-
-
4
Qambarova Jamilaxon Qodirovna
laborant
-
-
5
Kamolov Alisher Esonboyevich
o‘quv usta
-
-
6
Qirg’izov Ubaydullo Ma’mirovich
o‘quv usta
-
-
7
Mirzayev Sirojiddin Bekmirza o’g’li
texnik
-
-
Fanning nomi
Bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlari uchun
1
Qishloq xo’jaligi muhandisligi asoslari
2
Sanoat traktorlari
3
Melioratsiya va qishloq xo’jalik mashinalari
4
Materialshunoslik va konstruktsion materiallar texnologiyasi
5
Issiqlik texnikasi
6
Yonilg‘i moylash materiallari
7
Mashina detallari va loyihalash asoslari
8
Traktorlar va transport vositalari
9
Ilmiy izlanish asoslari
10
Melioratsiya mashinalarini texnik servisi
11
Yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari
12
Zamonaviy payvandlash texnologiyasi va jixozlari
13
Mexanizm va mashinalar nazariyasi
14
Standartlashtirish va o‘zaroalmashuvchanlik
15
Mexanizatsiyalashgan ishlarni texnik ta’minoti
16
Mashinalardan foydalanish va texnik servis
17
Nazariy va amaliy mexanika
18
Metrologiya, standartizatsiyalash va o‘zaroalmashish
19
Chorvachilik va chorvachilikni mexanizatsiyalash
20
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish
21
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
22
O‘rmon yong‘inlari
23
Hayot faoliyati xavfsizligi
Magistratura mutaxassisliklari uchun
1
Qishloq xo‘jalik mashinalarining nazariyasi va hisobi
2
Ilmiy-tadqiqot usullari va eksperimentni rejalashtirish
3
Qishloq xo‘jalik mashinalarida yangi texnik yechimlar
4
Qishloq xo‘jalik mashinalarini loyihalash
5
Qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servis asoslari
6
Bog‘dorchilik va sabzavotchilik mashinalari nazariyasi va hisobi
7
Energiya va resurs tejamkorlik
8
Mobil energetik vositalar
9
Mashinalarning texnik samaradorligi
10
Ilmiy-tadqiqot ishlari
11
Muhandislik logistikasi va modellashtirish
12
Qurilish va melioratsiya mashinalarini loyihalash asoslari
13
Eksperimentni rejalashtirish