Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi

AGROKIMYO VA TUPROQSHUNOSLIK KAFEDRA MUDIRI

kafedra-6
  • F. I. Sh Ro’ziyev Ikromjon Ergashevich
  • Telefon raqami +998 (90) 385-78-06
  • E-mail ruziyevikrom@tdauaf.uz
  • Qabul kunlari Chorshanba, Payshanba 08:00-16:00

1964-yil Agronomiya fakulteti tarkibida “Agrokimyo va tuproqshunoslik” kafedrasi nomi bilan mustaqil kafedra sifatida faoliyat boshladi.

Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi O’simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti tarkibiga kirib, kafedrada jami 13 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritadi. Kafedra mudiri – Ro’ziyev Ikromjon Ergashevich, PhD, dotsent.

Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi katta o’qituvchisi Jo’raev Alijon  O’zbekiston Respublikasi OAK ning 2022-yil 31-avgustdagi 322/1-sonli bayonnnomasiga asosan qishloq xo’jalik fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi. ( 01№ 007393)

Kafedra dotsenti S.Xusanov 2023-yil noyabr oyida TOEFL iBT xorijiy til bilish darajasi bo‘yicha 80 ball bilan V2 darajasini qo‘lga kiritdi.

Kafedra mudiri, dotsent I.Ro‘ziev va dotsenti S.Xusanovlar xalqaro reytingda kuchli mingtalikka kiritilgan Janubiy Qozog‘iston Respublikasidagi Muxtor Avezov nomli universitetda 14-18 soatlik ma’ruza o‘qib qaytdilar.

Kafedra mudiri, dotsent I.Ro‘ziev  va professor T.Uraimovlar “O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi fidoiysi” ko‘krak nishoni bilan, Kafedra katta o‘qituvchisi M.Yaxyoqulova Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Kafedra mudiri, dotsent I.Ro‘ziev tomonidan Agrokimyo va agrotuproqshunoslik ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Tuproqshunoslik va geologiya” darsligi,  professor T.Uraimov tomonidan Agronomiya, Ipakchilik va tutchilik, O‘rmonchilik, Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Tuproqshunoslik va agrokimyo” fanidan darslik, Agronomiya, Agrokimyo va agrotuproqshunoslik, O‘rmonchilik ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Tuproqshunoslik va agrokimyoning ekologik muammolari” fanidan o‘quv qo‘llanma, Ipakchilik va tutchilik, O‘rmonchilik ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Agrokimyo” fanidan darslik, Ipakchilik, O‘rmonchilik ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Tuproqshunoslik” fanidan darsliklar chop ettirildi.

Kafedrada T.Uraimov rahbarligida “O’zbekiston sharoitida organomineral o’g’itlar va fiziologik faol moddalarni kompleks qo’llash asosida kungaboqar va makkajo’xori yetishtirishning ekologiyalashgan texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi IL-432105783 davlat granti asosidagi 1 mlrd. so’m mablag’lik ilmiy-amaliy loyiha bajarildi.

Bundan tashqari kafedrada dotsenti I.Ro’ziyev rahbarligida issiqxonada  ekologik toza sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan Spinof loyiha bajarib kelinmoqda.

Professor-o’qituvchilarning ismi-sharifi
Ilmiy darajasi va lavozimi
1
I.Ro’ziyev
PhD, dotsent, kafedra mudiri
2
T.Uraimov
q.x.f.n., professor v.b.
3
I.Kimsanov
q.x.f.n., dotsent
4
S.Xatamov
PhD, dotsent
5
X.Mo’ydinov
PhD, dotsent
6
S.Husanov
PhD, katta o’qituvchi
7
A.Jo’raev
PhD, katta o’qituvchi
8
U.Nabiyev
katta o’qituvchi
9
M.Yaxyoqulova
katta o’qituvchi
10
Q.Jo’raeva
assistent
11
D.Numonova
assistent
12
A.Shaxobiddinov
assistent
13
O.Ismatillaeva
stajyor-o’qituvchi
14
A.Mirzaraximov
stajyor-o’qituvchi


		
1
Tuproqshunoslik va organik o’g’itlar
2
Tuproqshunoslik va agrokimyo
3
Tuproqshunoslik va dehqonchilik
4
Tuproqshunoslik
5
Agrokimyo
6
O’zbekiston tuproqlari va ularning evolutsiyasi
7
Tuproqshunoslikda geoaxborot tizimlari
8
Tuproq fizikasi va iqlimshunoslik
9
Tuproqshunoslikda modellashtirish asoslari
10
Tuproq biologiyasi va kimyosi
11
Tuproq bonitirovkasi va xaritalash
12
Meliorativ tuproqshunoslik va tuproq muhofazasi
13
Qishloq xo’jaligida agrokimyoviy xizmat
14
O’g’it qo’llash tizimi
15
Tuproqshunoslikda geoaxborot tizimlari
16
Tuproq bonitirovkasining ilmiy asoslari
17
Agrokimyoviy xaritanomalar tuzish va ulardan foydalanish
18
Sug’oriladigan dehqonchilikda  mikroo’g’itlarni qo’llash
19
Tuproqshunoslik va agrokimyoda barqaror rivojlanish
20
Agrokimyoning nazariy asoslari va zamonaviy muammolari
21
O’zbekiston tuproqlarining agrofizikasi