O‘simliklar karantini va himoyasi kafedrasi

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI KAFEDRA MUDIRI

sds
  • F.I.SH. Raxmonova Madina Kimsanboevna
  • Tel nomer: +998 (91) 608-76-21
  • E-mail: madinaraxmonova@gmail.com
  • Qabul kunlari: Dushanba, Juma 14:00-16:00

Kafedra 1964-yilda  Andijon qishloq xo‘jalik instituti tarkibida Agronomiya fakulteti tashkil etilgan va  shu fakultet qoshida 1979-yil  «O‘simliklarni himoya qilish» kafedrasi, 2004-yili  2-sentyabrda institut rektorining №260-L asosan yangi  kafedra  o‘z salohiyatiga ega bo‘lgan ikki katta kafedralar negizida «Agrokimyo, tuproqshunoslik  va o‘simliklarni himoya qilish» kafedrasi  tashkil topdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi Vazirligining 2012-yil 3-dekabrdagi 183-sonli buyrug‘iga asosan «Agrokimyo, tuproqshunoslik  va o‘simliklarni himoya qilish» kafedrasi  “O‘simliklar himoyasi va karantini” kafedrasi deb nomlandi.
2018/2019-o‘quv yilidan “O‘simliklarni himoya qilish va qishloq xo‘jalik fitopatologiyasi” kafedrasi tashkil etildi.
2023/2024 o‘quv yilidan “O‘simliklar karantini va himoyasi” kafedrasi tashkil etildi.
“O‘simliklar karantini va himoyasi” kafedrasi mutaxassislik kafedrasi bo‘lib, ta’lim jarayoni bosqichlari bakalavriat: kunduzgi va sirtqi “O‘simliklar  karantini va himoyasi”, “Biotexnologiya (tarmoklar bo‘yicha)” magistratura: “O‘simliklar himoyasi, “O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini”, “O‘simliklar himoyasida monitoring va bashorat”, “Meva sabzavotchilikda biotexnologiya” ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar chiqaradi.
Kafedrada asosan fundamental va amaliy fanlar o‘qitiladi. Joriy o‘quv yilida kafedrada jami 30 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bordi. Jumladan ilmiy darajaga ega bo‘lganlar 11 nafar bo‘lib, kafedra ilmiy salohiyati 36,7 % ni tashkil etdi.

O‘quv ishlar yutuqlari: 2023/2024-o‘quv yili davomida kafedrada professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv yili davomida  40 ga yaqin xalqaro jurnallarda maqolalar,  60 ga yaqin respublika jurnallarida maqolalar, 70 dan ortiq tezis, 3 ta monografiya, 6 ta tavsiya  chop etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan mualliflik huquqini beruvchi 4 ta guvohnoma olingan.

Ilmiy ishlar yutuqlari: O‘simliklar karantini va himoyasi kafedrasi assistenti   “Farg‘ona vodiysi sharoitida gilosning asosiy zararkunandalarini o‘rganish va ular sonini boshqarishning ilmiy asoslari” mavzusida 06.01.09-“O‘simliklarni himoya qilish” ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajaga ega bo‘ldi. Kafedra dotsenti S.A.Mirzayeva, 06.01.09-“O‘simliklarni himoya qilish” ixtisosligi bo‘yicha professor unvonini oldi.

Ma’naviy ishlar: Kafedrada 2023-2024 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari tuzilgan va ularning ijrosi izchil amalga oshirilmoqda. Institutning  ma’naviyat  va ma’rifat  markazi tomonidan  ishlab  chiqilgan  reja  hamda O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan “Axborot soati” materiallari asosida kafedrada har chorshanba kuni “Axborot soati”, har payshanba kuni “Murabbiylik soati” mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

To‘garaklar: Kafedrada “Bioolam” ilmiy to‘garagi faoliyat olib bormoqda.

O‘simliklarlar karantini va himoyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari
F.I.O.
Lavozimi
Ilmiy unvoni, darajasi
1
Rahmonova Madinaxon Kimsanboyevna
Kafedra mudiri, dotsent
q.x.f.f.d
2
Mirzayeva Saidaxon Abdusalomovna
dotsent
q.x.f.n
3
Aliyev SHovvoz Karimovich
dotsent
q.x.f.n
4
Isasheva Umidaxon Anvarjanovna
dotsent
q.x.f.f.d
5
Abdullayeva Xuriyat Zafarbekovna
dotsent
q.x.f.n
6
Usmonov Sanjarbek Paxlovonovich
dotsent
q.x.f.f.d
7
Raximov Mansurjon Mavlonjonovich
dotsent
q.x.f.f.d
8
Turdiyeva Dilfuza Tirkashboyevna
dotsent
 q.x.f.f.d
9
Musayeva Gulbaxor Maksudovna
dotsent
q.x.f.f.d
10
Raximova  Azizaxon Abduxalimdjanovna
Katta o‘qituvchi
q.x.f.f.d
11
Siddiqova Nodira Komildjanovna
Katta o‘qituvchi

12
Aznabakiyeva Dilrabo  Tursunbaevna
Katta o‘qituvchi

13
Qambarova Muxtasarxon Xakimjanovna
Katta o‘qituvchi

14
Rasulov Ulug‘bek SHariboyevich
Katta o‘qituvchi

15
Xolmirzayeva Zulfizar Boxodirjon qizi
Katta o‘qituvchi
q.x.f.f.d
16
Rasulova Marxabo Burxonovna
assistent

17
Ergasheva Xusnidaxon Ibrohimovna
assistent

18
Turdiyeva Gulbaxor Abduvaxidovna
assistent

19
Pattayev Akmaljon Abdusatorovich
assistent

20
Mirzaitova Muqqadamxon Komildjanovna
assistent

21
Davlatova Feruza Anvarovna
assistent

22
Karimov Otabek Kamaldinovich
assistent

23
Tolibjonov Oxunjon Odiljon o‘g‘li
assistent

24
Abduraxmonov  Diyorjon Muhammadali o‘g‘li
O‘qituvchi stajyor

25
Kuziboyeva  Sevara Dilshadbekovna
O‘qituvchi stajyor

26
Abdullayev  Baxodir Olimjon o‘g‘li
O‘qituvchi stajyor

27
SHokirova Xurshida SHavkatjon qizi
O‘qituvchi stajyor

28
Rahimova Madina  Rustamjanovna
O‘qituvchi stajyor

29
Turdiyeva Muribatxon Mashrabovna
O‘qituvchi stajyor

30
Mirzaumarov Mirzabaxrom Mirzatursun o‘g‘li
O‘qituvchi stajyor

Fanlar:
Qishloq xo‘jalik fitopatologiyasi
Umumiy fitopatologiya va mikrobiologiya
O‘simliklar immuniteti
Umumiy entomologiya va zoologiya
Agrobiotexnologiya
O‘simliklarni himoya qilish
Mikologiya
Fitopatologiya
Manzarali o‘simliklar biotexnologiyasi
Karantin begona o‘tlar va ularga qarshi kurash
O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish
O‘simliklar va mahsulotlar karantinida fitoekspertiza
O‘simliklarni kimyoviy himoya qilish
Dorivor o‘simliklarni biologik himoya qilish
Qishloq xo‘jalik entomologiyasi
Issiqxona ekinlarini zararkunandalardan himoya qilish
O‘simliklar  biologik himoya nazariyasi va vositalari
O‘simliklarni himoya qilishning zamonaviy texnologiyalari
O‘simliklarni himoya qilish tizimlari
Issiqxona ekinlarini himoya qilishning ekologik xavfsiz usullari
Fitosanitar monitoring va diagnostika qilish usullari
O‘simlik zararkunanda va begona o‘tlar rivojlanishini bashorat qilish.