O’quv-uslubiy boshqarmasi

O'QUV-USLUBIY BOSHQAMA BOSHLIG'I

11
  • F.I.O. Mamajonov Ikromjon Ganijonovich
  • Telefon nomer: +(998) 97 272-97-55
  • E-mail mamajonov.1976@mail.ru
  • Qabul kunlari: Dushanbadan Shanbaga qadar 14:00-16:00

Boshqarma Аndijon qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar institutining tarkibiy boʼlinmasi hisoblanib, institutda oʼquv jarayonini tashkil etishni amalga oshiradi hamda fakulьtet dekanatlari va kafedralarning oʼquv, ilmiy-uslubiy faoliyatini muvofiqlashtiradi va koʼmak beradi.
Boshqarma institutda oʼquv jarayonini takomillashtirish va yuridik kadrlarni oʼqitish boʼyicha zamonaviy ilgʼor xalqaro yuridik tajribani oʼrganish va bu borada oʼzaro tajriba almashish maqsadida milliy va xorijiy oliy taʼlim muassasalari, taʼlim sohasidagi xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan institut oʼrtasida tuzilgan shartnomalar, kelishuvlar va boshqa hujjatlarga muvofiq mazkur tuzilmalar bilan hamkorlik ishlarini olib boradi.
Boshqarma oʼzining faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va taʼlim sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Аdliya vazirligi va Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining Hayʼatining qarorlari va buyruqlariga, institut Ustaviga, institut Kengashi qarorlari, institut rektorining buyruqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari

Boshqarmaning asosiy vazifasi – oʼquv jarayonini tashkil etish, muvofiqlashtirish asosida oʼquv reja, oʼquv dasturlarini oʼquv jarayoniga tatbiq etish hisoblanadi.
Boshqarma oʼziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) oʼquv jarayonini muvofiqlashtirish yoʼnalishida:
institutda yuridik taʼlim va fanni rivojlantirish sharoitlarida zamonaviy talablar, ilgʼor xalqaro yuridik tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, halol kadrlar tayyorlashda oʼqitishning kredit-modulь tizimi va oʼqitishning zamonaviy usullarini qoʼllagan holda oʼquv jarayonini tashkil etadi;
davlat taʼlim standartlari va malaka talablarini mustaqil taʼlimga asoslangan, nazariy bilimlarni chuqurlashtirishga hamda amaliy va kasbiy koʼnikmalar hamda klinik yuridik taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan, shuningdek mamlakatdagi islohotlarning zamonaviy bosqichi ehtiyojlari va ilgʼor xorijiy tajribani hisobga olgan holda ishlab chiqish faoliyatini muvofiqlashtiradi;
fakulьtet dekanatlari va magistratura boshqarmai tomonidan bakalavriat taʼlim yoʼnalishi va magistratura mutaxassisliklari uchun ishlab chiqilgan dars jadvallarini kelishadi va umumlashtirib tasdiqlash uchun taqdim qiladi;
fakulьtet dekanatlari va kafedralarning oʼquv, ilmiy-metodik yoʼnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, jumladan kelishish uchun taqdim etilgan kafedraning yillik yuklamasini belgilangan meʼyorlarga muvofiqligini koʼrib chiqadi hamda professor-oʼqituvchilarning yillik shaxsiy ish rejasida oʼquv tusdagi tadbirlar, ularning soatlar miqdori koʼrsatilgan holda belgilanishida kafedralarga uslubiy koʼmak beradi;
yangi avlod darsliklari va oʼquv qoʼllanmalarini huquqiy islohotlarni inobatga olib, xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda yaratilish va ularni muntazam yangilab borilishini fakulьtetlar kesimida monitoring qiladi va institut rahbariyatiga takliflar kiritadi;
institutda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash faoliyatini muvofiqlashtiriladi;
talabalarni kursdan kursga oʼtkazish, oʼqishini koʼchirish va qayta tiklash, ularga stipendiya tayinlash toʼgʼrisidagi institut rektori buyruqlari loyihalarini tayyorlaydi;
talabalar kontingentini fakulьtetlar kesimida jamlaydi va umumiy kontingentini yuritadi.
b) kredit tizimi va oʼquv dasturlarini oʼquv jarayoniga tatbiq etish yoʼnalishida:
kredit tizimi talablari hamda xorijiy tajribaga muvofiq dekanatlar va magistratura boshqarmai tomonidan oʼquv rejalari va oʼquv dasturlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
fanlar, ularga ajartilgan soatlar va kreditlar mutanosibligi, mantiqiy izchilligini taʼminlanishini nazorat qiladi;
talabaning har bir fan, semestr, kurs kesimidagi va umumiy kreditlar soni hisobini yuritadi;
kurs uchun belgilangan kreditlarni toʼplay olmagan talabalarning tegishli muddatda qarzdorligini bartaraf etishini nazorat qiladi;
xorijiy oliy taʼlim muassasasilariga akademik almashinuvi doirasida oʼqishi nazarda tutilayotgan talabalarga fanlar boʼyicha kurs (semestr) davomida toʼplagan umumiy oʼzlashtirish koʼrsatkichlari va kreditlari hisobi haqida akademik maʼlumot beradi va xorijda olingan kreditlarni qabul qilish boʼyicha takliflar kiritadi;
talabalarning akademik almashinuvini taʼminlash boʼyicha yetakchi xorijiy ilmiy-taʼlim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish boʼyicha takliflar ishlab chiqadi;
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan akademik mobillik va qoʼshma taʼlim dasturlari yuzasidan tuzilayotgan kelishuv hujjatlarining oʼquv fanlari va taʼlim krediti bilan bogʼliq qismini ekspertizadan oʼtkazib, tegishli xulosalar beradi;
yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlarining mutaxassislarini mashgʼulotlar oʼtkazishga jalb etish ishlarini muvofiqlashtiradi;
yoʼqolgan diplom ilovalari boʼyicha fuqarolarga dublikat tayyorlaydi;
kredit tizimini doimiy ravishda tahlil qiladi va takomillashtirish boʼyicha takliflar kiritib boradi;
v) masofaviy taʼlimni rivojlantirish yoʼnalishida:
masofaviy taʼlim platformasini yuritishni taʼminlaydi va takomillashtirib borish choralarini koʼradi;
masofaviy yuridik taʼlim olish istagi bor fuqarolarni roʼyxatga oladi va oʼqishga qabul qilish boʼyicha tegishli hujjatlar loyihalarini rasiylashtiradi;
boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan hamkorlikda fuqarolarning masofaviy shaklda yuridik taʼlim olishiga oid oʼquv-uslubiy va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratadi;
masofaviy shaklda yuridik taʼlim oluvchilarni oʼquv materiallarini oʼz vaqtida va sifatli oʼzlashtirishini va ishtirokini monitoring qilib boradi;
belgilangan muddatlarda masofaviy kurslarni muvaffaqiyatli oʼzlashtirgan talabalardan imtihonlarni oʼtkazadi va natijalarni eʼlon qiladi;
masofaviy taʼlim shaklida oʼquvchi imtihonlardan muvaffaqiyatli oʼtgan talabalarga oʼqishni tamomlaganligi toʼgʼrisidagi hujjatlarni taqdim etadi;
masofaviy taʼlimda oʼquvchi talabalar kontingentini fakulьtetlar kesimida jamlaydi va umumiy kontingentini yuritadi;
boshqarma faoliyatiga oid statistik maʼlumotlarni muntazam ravishda shakllantiradi.

F.I.O.
Lavozimi
Telefon raqami
1
Mamajonov Ikromjon
Boʼlim boshligʼi
+998 90 202 97 55
2
Аbdullaev Аzizbek
Uslubchi
+998 90 225 10 45
3
Ismatullaev Islombek
Uslubchi
+998 91 490 02 05
4
Nurmatova Surayyo
Uslubchi
+998 99 142 15 23
5
Muxitdinov Obomuslim
Uslubchi
+998 99 534 87 86
6
Yuldasheva Tursunoy
Dispetcher
+998 99 530 02 80
7
Mamadaliev Jaxongir
Uslubchi(sirtqi)
+998 91 291 12 17
8
Qoʼziboeva Sevara
Uslubchi(sirtqi)
+998 93 446 53 00
9
Moʼminov Muslimjon
Uslubchi
+998 88 161 19 96
10
Iminov Ilxom
Uslubchi
+998 90 208 08 60
11
Tursunboev Qaxramon
Uslubchi
+998 93 417 86 17
12
Mamatqulova Nilufar
Yetakchi mutaxasis
+998 90 543 06 71
13
Maraziqova Gulchexra
Dispetcher
+998 95 100 73 64
14
Nabijonova Dilafruz
Oʼquv ishlari boʼyicha nazoratchi
+998 90 203 26 72
15
Usmonov Ilyosbek
Bosh mutaxasis
+998 97 338 48 55
16
Mirzajonov Jaxongirmizo
Bosh mutaxasis
+998 91 612 85 35
17
Xamidova Sitora
Yetakchi mutaxasis
+998 90 143 44 33
18
Аkbarov Jovoxir
Yetakchi mutaxasis
+998 90 100 88 28
19
Rasulova Dilorom
Dispetcher
+998 99 409 95 57
20
Аxmadjonov Аbdulboriy
Uslubchi
+998 99 313 93 23